Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 181 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA TASHABBUSI: JURNALISTLARNING XALQARO KONFERENSIYASI O’TKAZILDI

×

 2020-02-22 18:43:19    143

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona jurnalistika tarixiga yana bir muhim voqelik yoziladigan bo’ldi. Bugun Farg’ona shahrida "Jamiyat va ommaviy axborot vositalari" mavzuida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.    



       Unda qo’shni Qirg’iziston respublikasining Batken va O’sh viloyatlari, Tojikiston respublikasining Sug’d viloyati jurnalistlari va O’zbekistonning yirik OAV rahbarlari, O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi  raisi hamda Andijon, Namangan viloyatlarining jurnalistlari ishtirok etishdi.
100dan ortiq OAV vakillariga mezbonlik qilgan konferensiya Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati va O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan o’tkazildi.

       Xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov ishtirok etib, konferensiya qatnashchilariga viloyat hokimi Shuhrat G’aniyevning tabrigini yetkazdi va uning ishiga muvaffaqiyat tiladi.



        Seminar dasturidan o’rin olgan jamiyatda ochiqlik, so’z erkinligini ta'minlashda ijtimoiy tarmoqlarning ishtiroki, jurnalist tekshiruvida qonun va amaliyotning uyg’unligi, OAVlarning jamiyat yangilanishiga ta'siri, siyosat va jurnalistika, internet jurnalistikaning zamonaviy tendensiyalari, global siyosatda axborotning o’rni kabi g’oyat dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar eshitildi. Ular yuzasidan o’zaro fikr almashildi, taklif va mulohazalar bildirildi.     



Sherzodxon Qudratxo’jayev, O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor – OAV va internet jurnalistikasi uchun chegara bo’lmasligi kerak. Bugun amaliy ishlar, O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’iziston davlatlari hamkorligidagi "Teleko’priklar"ni tiklash, 3 tilda chiqadigan gazetalar chop etish, internet OAV o’rtasida yangi loyihalar haqida batafsil gaplashdik, aniq rejalar belgiladik.



Ahmadjon Meliboyev, O’zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dotsenti – Jurnalistlarning faoliyatini erkinlashtirishga doir davlat va hukumat tomonidan keyingi 3 yilda katta ishlar qilindi. Bosma va elektron OAV larning bugun siyosat maydonida asosiy kuch sifatida ko’rishimiz mumkin. Qo’shni davlatlardagi hamkasblarimiz bilan hamkorlikni kuchaytirishi kerak. Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati va O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashabbusi maqsad tomon qo’yilgan qadam bo’ldi.           



        Sohiba Shokirova, “O’sh sadosi” gazetasi bosh muharriri– Bugungi konferensiyaning jurnalistlar uchun ahamiyati juda katta. Tadbir nafaqat soha yangiliklaridan xabardor qilishga, balki o’zaro tajriba almashishga imkon yaratayotgani e'tiborga molik.  



Konferensiyada O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi S.Hakimov, Tashqi ishlar vazirligi “Dunyo” axborot agentligi direktori S.Suyarov, O’zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori o’rinbosari J.Meliqulov, Farg’ona viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari M.Obidov , “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari bosh muharriri S. Shukurov,  “Daryo.uz” sayti Namangan viloyat muxbiri  A.Abduvaliyev va boshqalar mamlakatimizda matbuot va so’z erkinligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ommaviy axborot vositalarining xalqlar do’stligini mustahkamlashdagi o’rni haqida fikr –mulohazalar bildirishdi.



Farhod Jo’rayev, Tojikistonning "Sug’d haqiqati" viloyat gazetasi bosh muharriri – O’zaro samimiy suhbat, erkin fikr almashishga asoslangan konferensiya qardoshlik rishtalarimiz mustahkam, urf-odatlarimiz o’xshash ekanligidan dalolat beradi. Tashkilotchilarga shunday imkoniyat yaratib berganliklari uchun minnatdorlik izhor qilamiz.



        Konferensiya ishtirokchilari shu kuni Farg’ona shahrida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.



 Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

Facebook, Telegram, Veb sayt,YouTube