Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 132 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KORONAVIRUS: BIZ UNGA QARSHI QANDAY KURASHYAPMIZ

×

 2020-09-01 17:43:52    145

PDF yuklash
Chop etish


Birinchi sentyabr kuni koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish bo’yicha viloyat muvofiqlashtiruvchi shtabining yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan gapirib, koronavirus bo’yicha xavf-xatar manbai shundoqqina yon-atrofimizda yurgani, shu bois barchamiz doimo ogoh va hushyor bo’lishimiz zarurligini ta'kidladi.

Viloyatda 2-10 sentyabr kunlari kuniga ikki smenada oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test sinovlarini muvaffaqiyatli o’tkazish rejalashtirilgan. Imtihonlarni belgilangan karantin tartib-qoidalari asosida o’tkazish uchun viloyatning Farg’ona, Marg’ilon va Qo’qon shaharlari hamda So’x tumanida 6 ta stadion tanlab olingan. Shu maqsadda Farg’ona shahridagi “Istiqlol”, Qirgulidagi “Neftchi” stadionlari, Marg’ilon va Qo’qon shaharlari hamda So’x tumanidagi markaziy stadionlarda barcha sharoitlar yaratildi.

Imtihon o’tkazilishi rejalashtirilgan har bir stadionga maxsus jihozlangan va tez tibbiy yordam ko’rsatishga ixtisoslashgan 3 tadan reanimobil avtomashinalari ajratilib, stadionlarda har soatda dezinfektsiya ishlarini amalga oshirish belgilandi. Viloyat transport boshqarmasiga hududlardan abituriyentlarni imtihonga o’z vaqtida yetib kelishini ta'minlash va test sinovlaridan so’ng xavfsizlik choralarini ko’rgan holda yashash manziliga eltib qo’yish maqsadida avtobuslar ajratish, abituriyentlarga qulay bo’lishi uchun bekatlarda maxsus to’xtash joylarini tashkil etish vazifasi topshirildi.

Yig’ilishda Shuhrat G’aniyev yana bir bor viloyat aholisiga murojaat qildi.

—Koronavirus bilan bog’liq xavf-xatarlar hali to’liq bartaraf etilgani yo’q. U hamon inson sog’lig’i va hayoti uchun jiddiy zarar yetkazish manbai bo’lib qolmoqda,— dedi viloyat rahbari. – Virusni to’xtatuvchi bitta kuch bor, u ham bo’lsa, karantin qoidalariga qat'iy amal qilish. Afsuski, keyingi kunlarda taksi xizmatlari, jamoat transportlarida oddiy gigiyena talablariga amal qilmaslik, dezinfektsiya, antiseptik vositalardan foydalanish, ijtimoiy masofa saqlashga rioya etmaslik, eng yomoni niqob taqmaslik kabi salbiy holatlar ko’p kuzatilmoqda.

Bunday salbiy holatlarga qarshi kurashish birgina viloyat shtabi zimmasidagi vazifa emas. Bu borada jamoatchilik nazorati, har bir hamyurtimizda shaxsiy mas'uliyat va javobgarlik tuyg’usi kuchli bo’lishi muhim ahamiyatga ega.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bugungi kunda koronavirusga chalingan bitta bemor uchun kuniga millionlab mablag’ sarflanyapti. Bu raqamlarni shahar-tuman, viloyat miqyosida aniq hisob-kitob qilsak, qanday katta mablag’ kelib chiqishini tasavvur qilish qiyin emas, albatta. Kasal tuzaladi, undan ba'zi asoratlar qolishi yomon.

Yana bir gap. Kasallik bolalar va o’smirlarga yuqmaydi, degan tushuncha mutlaqo yolg’on. Hayotiy tajriba va amaliyot ushbu virus bolalar va o’smirlarda uchrashi, ularning organizmiga ham jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini isbotlamoqda.

Afsuski, bozorlarimizda, odamlar gavjum bo’ladigan joylarda karantin talablariga rioya etilishi umuman unutilib qo’yilyapti. Aziz farg’onaliklar, kelinglar, bu borada belgilangan tartib-qoidalarga jiddiy amal qilib, oilamiz, nuroniylar va farzandlarimizni asraylik. Unutmang, pandemiya yurtimizdan tezroq daf bo’lishi va yana to’kis hayotga qaytishimiz, eng avvalo, o’zimizga bog’liq.

Husan MAMAJONOV, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i:

— Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, tibbiyot sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, ilmiy markazlar, olimlar koronavirusning oldini olishda gigiyena qoidalariga to’liq rioya etish, niqob taqish eng samarali usul ekanligini ta'kidlayotganliklari bejiz emas.

Hamyurtlarimiz ana shu oddiy, lekin muhim tartiblarga amal qilish orqali birinchi navbatda o’zi, oilasi va yaqinlarini ushbu xavfdan asragan bo’ladi. Bu kunlar biz tibbiyot xodimlariga o’ziga xos sinov va tajriba maktabi bo’lmoqda. Karantin talablariga qat'iy rioya etish bilan hamyurtlarimiz bizning ishimiz ancha yengil bo’lishiga yordam bergan bo’ladilar.

Ahmadjon YaKUBOV, viloyat sanitariya-osoyishtalik nazorati markazi rahbari:

— Viloyat hokimligi tomonidan faoliyatimizni bugungi kun talablari asosida tashkil etish uchun barcha sharoitlar muhayyo etildi. Belgilangan tartibda viloyatning barcha hududlarida muntazam ravishda dezinfektsiya ishlari olib borilib, aholi o’rtasida tushuntirish-targ’ibot tadbirlarini olib bormoqdamiz. Afsuski, ba'zi hamyurtlarimiz pandemiya go’yoki unga va oilasiga taalluqli emasdek beparvolik qilmoqda. Xavf-xatar bilan yuzma-yuz bo’lganda esa kech bo’lishi mumkin.

Shu bois viloyatimiz aholisini yana bir bor belgilangan karantin talablariga so’zsiz rioya etish orqali sog’lig’i va hayotini asrashga chaqiramiz. Yurtimizda yana yaxshi kunlar, bayram shodiyonalari davom etishi uchun bugun mas'uliyatliroq bo’lishimiz zarur.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati