Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
YANGI O’ZBEKISTONNING KELAJAGI MAKTABDAN BOSHLANADI
2020-09-30 21:48:32 182
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 1 oktyabr - O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi. Bayram tadbirida soha fidoyilari, olimlar, parlament va hukumat vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, hududlardagi o’qituvchi, ziyolilar marosimni studiyalardan kuzatib bordi.
Viloyat Tadbirkorlar markazida ustoz-murabbiylar Yurtboshimizning ta'lim fidoyilariga yo’llagan tabrigini hayajon bilan tingladilar. E'tirof etish joizki, bu yilgi tabrik murojaat tarzida bo’lib o’tdi.
– Biz har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijalarga erishgan bo’lsak, bu yutuqlarda sizlarning beqiyos hissangiz borligini doimo minnatdorlik bilan e'tirof etamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev tadbirga yig’ilgan o’qituvchi va ziyolilarga murojaatini boshlar ekan.
- Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma'naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak, - dedi Prezident. - Bu o’lmas meros hamisha yonimizda bo’lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag’ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta'lim tizimini ana shunday ruh bilan sug’orishimiz kerak.
O’qituvchi va murabbiylar bayrami munosabati bilan imzolangan farmonga ko’ra, xalqimiz ozodligi va farovon hayotini ta'minlash yo’lida fidokorlik ko’rsatib, milliy ta'lim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo’shgan Abdulla Avloniy, Mahmudxo’ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani ma'lum qilindi.
- Yurtboshimizning murojaati menga cheksiz faxr bag’ishladi, -deydi Qo’qon shahridagi 12-“Mehribonlik uyi” murabbiyi, “Shuhrat” medali sohibasi Ma'mura Mavlonova. - Bu yilgi pandemiya bilan bog’liq qiyin sharoitda biz ustoz, murabbiylar bor kuch-g’ayratimizni safarbar etgan holda an'anaviy hamda onlayn tarzida o’quvchilar qalbiga ilm-ma'rifat ulashmoqdamiz.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozarov so’zga chiqib, joriy yilda viloyatimizda ta'lim sohasida erishilgan yutuqlar va rejalar haqida gapirdi. Kirish imtihonlarida Oltiariq hamda Bag’dod tumanlaridagi maktab bitiruvchilarining 95 foizdan ortig’i oliy o’quv yurti talabasi bo’lgani, kelgusi yilda tuman, shaharlarning har birida o’ntadan tayanch maktablar tashkil etilishini ta'kidlab o’tdi.
Bayram munosabati bilan bir guruh ta'lim fidoyilari mamlakatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.
Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.
Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube