Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 210 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ISHONCH G’AYRATIMIZGA G’AYRAT QO’SHADI

×

 2020-10-05 17:32:22    149

PDF yuklash
Chop etish


Aslida cho’lning odamiga yetadigani bo’lmaydi. Mehnatkash, samimiy, dilkash, shukurni ko’p aytdigan bo’lishadi ular. Boshida oq durra ro’moli, yengilgina nimcha kostyum kiyib yuradigan, butun yurtga  O’zbekiston Qahramoni deya dong taratgan  Lolaxon opa ham cho’lning qizi. Opa dehqonchilikning paxta, g’alla yetishtirishning usta mirishkori .

          Bugun Oltiariq tumani viloyatimizda birinchilardan bo’lib davlatga paxta sotish shartnomaviy yillik rejasini bajardi. Xushxabarning qanoti bo’ladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov tumanliklarni muborakbod etish maqsadida eng avvalo “Nurliobod” fermer xo’jaligi raisi Lolaxon Murotova dala shiyponiga tashrif buyurdi.

           -  Dehqonni qachon yuzi yorug’ bo’ladi. Bahorda xirmon g’allaga to’lganda , kuzda paxta rejasi bajarilganda. Bugun men Sizlarni shunday kunda kutib olayotganimdan mamnunman. Es hayolimiz bugun paxtani yig’ib terib olishga qaratilgan. Hali birinchi terimga tushmagan paxtazorlarimiz turibdi. Oilaviy bo’lib paxta terayotgan terimchilar 10 million so’mdan daromad qilishdi. Paxta koni foyda bo’lib qoldi, -deydi fermer opa viloyat rahbari bilan dildan suhbatlashar ekan.

       Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov fermer xo’jaligi dalasida bo’lib yetishtirilgan mo’l  hosilning agrotexnikasi haqida, suvchidan tortib mexanizatorlar faoliyatiga  baho berdi. Aslida cho’l yer bo’lgan hududni unumdor yerga aylantirish bu insondan  mehnat,  peshona teri va matonatni talab etadi.

-2006 yildan buyon “Nurliobod” xo’jaligining  rahbariman. Oila, aka-ukalarim, qo’yingki hayotimda nima aziz narsa bo’lsa shu yerda.  124 nafar  ishchi-xodimlar barchamizning mehnatimiz mahsuli shu dalada. Avval aytganimdek, qumlik yer bo’lgan. Shamol bo’lsa odam bo’yi qum uyilib ketardi. Shukr, mehnat va yerga mehr - muhabbat bois obod va fayzli maskanning egasi bo’lib turibmiz. Mehnatlarimiz rohatda. Davlatimiz rahbarining doimiy e'tibori va g’amxo’rligini sezib turamiz va bunga munosib bo’lishga harakat qilamiz,- deydi Lolaxon opa Murotova.

Suhbat davomida viloyat hokimi fermer xo’jaligi a'zolariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan qiziqdi, muammo va masalalarni birgalikda hal etishga kelishib olindi. An'anaga ko’ra yillik shartnomaviy rejani bajargan fermer xo’jaligi a'zolariga sovg’alar tuhfa etildi.         

  

   Farg’ona viloyati hokimligi

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube