Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 324 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TUMAN KENGASHI SESSIYASIDA

×

 2020-10-05 19:41:50    504

PDF yuklash
Chop etish


Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashining o’n to’qqizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Uni tuman Kengashi raisining o’rinbosari T.Soliyev ochdi va olib bordi.

Sessiyaga xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, iqtisodiy sohadagi tashkilot rahbarlari, masalaga dahldor korxona va muassasa rahbarlari hamda OAV vakillari taklif etildi.

Sessiya kun tartibiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2020 yil 24 sentyabr kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash natijalari, shuningdek, reyting natijalariga asosan yil yakuniga qadar va kelgusi yilning birinchi yarmida erishiladigan maqsadli ko’rsatkichlardan iborat aniq chora-tadbirlar, muddatlar va mas'ul ijrochilar aks ettirilgan amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo’yicha tuman sektor rahbarlarining axboroti kiritildi.

Dastlab sessiya ishtirokchilari tuman hokimi, 1-sektor rahbari Abduqahhor Djurabayevning axborotini tingladilar.

Axborot beruvchi mamlakatda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish, aholi bilan muloqot tizimini yo’lga qo’yish, aholi turmush darajasi va bandligini oshirish, hududlarni jadal va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta'minlashda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilish maqsadida Davlatimiz rahbarining 2020 yil 1 maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to’g’risida”gi PQ–4702-son qarori qabul qilingani, unga ko’ra tumanlar va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini har yili reyting baholash tizimi joriy etilganiga to’xtalib o’tdi. Shu bilan birga joriy yil 24 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko’rsatkichlari natijasiga ko’ra Toshloq tumani yashil toifaga kiritilib, “Yaxshi” baholangan 48 ta shahar va tumanlar qatorida qayd etilganligi ta'kidlandi.

Shuningdek, Prezidentimiz topshirig’iga asosan “Yashil xudud” deb topilgan 48 ta tuman va shaharlar, shu jumladan Toshloq tumanining ham barcha iqtisodiy ko’rsatkichlarini , joriy yil yakuniga qadar 30 foizga oshirib bajarish borasida belgilab olingan barcha zaruriy chora-tadbirlar bilan yig’ilganlarni tanishtirib o’tdi.

Shundan so’ng tuman prokurori, 2-sektor rahbari A.Xudoyberganov, shahar IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari F.Bektoshev, tuman soliq inspektsiyasi boshlig’i, 4-sektor rahbari Q.Bekmirzayevlarning kun tartibidagi masala yuzasidan axborotlari tinglandi.

Shuningdek, sessiyada viloyat hokimining o’rinbosari, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i Saidmurod Aminjonov kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Sessiyada ko’rilgan masala yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shu bilan xalq deputatlari tuman Kengashining 19-sessiyasi o’z ishini yakunladi.