Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTON TUMAN KENGASHINING O’N IKKINCHI SESSIYASI

×

 2020-10-05 19:55:58    180

PDF yuklash
Chop etish


Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining o’n ikkinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Uni tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Sufhonjon Soliyev ochdi va olib bordi.

Sessiyaga xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, iqtisodiy sohadagi tashkilot rahbarlari, masalaga dahldor korxona va muassasa rahbarlari hamda OAV vakillari taklif etildi.

Sessiya kun tartibiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2020 yil 24 sentyabr kuni videoselektor yig’ilishi topshiriqlari ijrosi bo’yicha tumanning barcha ko’rsatkichlarini “yaxshi” baho ko’rsatkichlarga olib chiqishga qaratilgan takliflardan, yil yakuniga qadar va kelgusi yilning birinchi yarmida erishiladigan maqsadli qo’rsatkichlardan iborat aniq chora-tadbirlar, muddatlar va mas'ul ijrochilar aks ettirilgan amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo’yicha tuman sektor rahbarlarining axboroti kiritildi.

Dastlab sessiya ishtirokchilari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sufhonjon Soliyevning axborotini tingladilar.

Axborot beruvchi mamlakatda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish, aholi bilan muloqot tizimini yo’lga qo’yish, aholi turmush darajasi va bandligini oshirish, hududlarni jadal va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta'minlashda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilish maqsadida Davlatimiz rahbarining 2020 yil 1 maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to’g’risida”gi PQ–4702-son qarori qabul qilingani, unga ko’ra tumanlar va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini har yili reyting baholash tizimi joriy etilganiga to’xtalib o’tdi. Shu bilan birga joriy yil 24 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko’rsatkichlari natijasiga ko’ra Rishton tumani "o’rta" baholanganligi alohida qayd etib o’tdi.
Tuman hokimi o’z so’zida Prezidentning yuqoridagi ma'ruzasida qayd etib o’tilgan ishlar va vazifalarni sektor rahbarlari bilan birgalikda amalga oshirib, 2020 yil yakuni bilan tumanni “o’rta” hudud toifasidan “yaxshi” hudud toifasiga chiqarish uchun zarur barcha choralarni ko’rilishini ta'kidladi.

Shundan so’ng tuman prokurori, 2-sektor rahbari Sherzodjon Mavlonov, tuman IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari Ziyohiddin G’ofurov, tuman soliq inspektsiyasi boshlig’i, 4-sektor rahbari Dilshodjon Rahimov hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumanidagi qabulxonasi mudiri Sohibjon Dadaboyevlarning kun tartibidagi masala yuzasidan axborotlari tinglandi.

Axborotlar yuzasidan muzokaralarda tuman Kengashi deputatlari Bahodir Ermatov, Saidjon Ahmedovlar qatnashdilar.

Shuningdek, sessiyada viloyat hokimining o’rinbosari, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Muhsinxo’ja Abdurahmonov kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Sessiya ishida viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Yusufjon Husainov ishtirok etdi.

Sessiyada ko’rilgan masala yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shu bilan xalq deputatlari tuman Kengashining 12-sessiyasi o’z ishini yakunladi.