Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 482 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMINING FURQAT TUMANIGA TASHRIFI

×

 2020-10-20 08:51:36    146

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona viloyati hokimi Hayrullo Bozarov Furqat tumaniga tashrif buyurib, viloyat sektorlari rahbarlari bilan birgalikda hududda olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif tumanning Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh bo’lgan eng chekka hududlarini o’rganishdan boshlandi. “Qolgandaryo” massivi hududidagi fermer xo’jaliklarida paxta yig’im-terimining borishi, terimchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlariig holati, ekinlarni suv bilan ta'minlash jarayonlari bilan tanishar ekan, viloyat rahbari qishloq xo’jaligi sohasida oldinda turgan navbatdagi vazifalar to’g’risida kerakli tavsiya va ko’rsatmalar berdi.

Etishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay terib olish, terimchilar uchun yetarli sharoitlarni yaratish, ish haqlarini o’z vaqtida berish, majburiy mehnatga yo’l qo’ymaslik masalalariga alohida urg’u berildi.

Viloyat hokimi ixtiyoriylik asosida mavsumda ishtirok etayotgan terimchilar bilan uchrashib, ular bilan samimiy suhbatlashdi. Terimchilarga kuch-quvvat tilab, esdalik sovg’alarini topshirdi.

Bu yil Furqat tumanida 6 ming gektar maydonda kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun 14 ta otryadlar tashkil qilinib, mavjud 28 ta zamonaviy haydov traktorlari mavsumga taxt qilib qo’yilgan. Viloyat hokimi Mashina traktor parkida bo’lib, haydov traktorlarining kuzgi shudgorlash mavsumiga tayyorgarligini o’rgandi, qishloq xo’jalagi xodimlari, traktor haydovchilari bilan suhbatlashdi.

Furqat tumanidagi hunarmandlik maktabi, ustoz-shogird an'anasi nafaqat viloyatimizda, butun respublikada ham ko’pchilikka ma'lum. O’zbekiston Xalq ustasi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Muxammadali Yunusov asos solgan va rivojlanib borayotgan naqqoshlik va hunarmandchilik maktabini yanada rivojlantirish maqsadida yer maydoni ajratilib, qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Viloyat hokimi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, usta va quruvchilar bilan suhbatlashdi.  

Shundan so’ng viloyat hokimi va sektorlar rahbarlari tumanda faoliyat ko’rsatayotgan “Anteks” MChJga qarashli ip yigiruv fabrikasida bo’lib, ish jarayoni, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati bilan tanishdilar. 

Viloyat rahbari tumandagi “Istiqlol” kichik sanoat zonasida bo’lganida gugurt, iste'mol sodasi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Mavjud imkoniyatlardan jumladan, bo’sh turgan binolardan samarali foydalanish, sanoat zonasida ichki iste'mol bozori va eksport uchun mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan ko’rsatmalar berdi.  

Furqat tumanida 1500 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari mavjud. Tadbirkorlarning murojaatini tezkorlik bilan hal etish, ularga ko’makchi va suyanch bo’lish maqsadida tashkil etilgan “Tadbirkorlar uyi” faoliyati bilan tanishish jarayonida viloyat hokimi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan ko’rsatmalar berdi.

Farg’ona viloyati hokimligi