Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 496 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA 2 TA HUDUDDA "YOSHLAR DAFTARI" HAMDA "AYOLLAR DAFTARI" SHAKLLANTIRILMOQDA

×

 2020-10-20 11:34:46    160

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida 43 mingdan ortiq yordamga muhtoj va kambag’al oilalardagi ishsizlarning bandligini ta'minlash va manzilli qo’llab-quvvatlash borasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 13 ming 661 tasi mahalliy kengashlarning qarorlari bilan kambag’allik darajasidan chiqarildi. 59 mingta ijtimoiy himoyaga muhtoj va ko’p farzandli oilalar, nogironligi bo’lgan shaxslar, yolg’iz qariyalar, o’z daromadini yo’qotgan vaqtincha ishsiz bo’lgan shaxslarga iste'mol tovar mahsulotlari, dori vositalari hamda naqd pullar sektor a'zolari va mahalla fuqarolar yig’inlari xodimlari tomonidan yetkazib berildi. 35 ming 830 ta oilalarning 142 ming 620 nafar a'zolariga 31 milliard 376 million so’m miqdorida moddiy yordam mablag’lari tarqatildi.

Ayni kunlarda joylarda bu yo’nalishdagi ishlar tizimli davom ettirilmoqda. Umuman olganda, “temir daftar” har bir ehtiyojmand oilaga kirib borib, ularni ijtimoiy himoyalash va manzilli yordamlashishda muhim o’rin tutmoqda. Endilikda davlatimiz rahbarining topshirig’i asosida muhtoj ayollar va yoshlar istiqomat qiladigan oilalargacha kirib borishi bo’yicha yangi ish tartibi belgilandi. Mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” shakllantiriladigan bo’ldi. Ayni kunlarda viloyatda Marg’ilon shahri va Beshariq tumani tanlab olinib, tajriba sifatida bir qator ishlar boshlab yuborildi.

Farg’ona shahrida “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni shakllantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag’ishlangan matbuot anjumanida jarayon xususida ma'lumotlar berildi.

Viloyat hokimi o’rinbosari Fayzullo Qosimov, Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati bo’lim boshlig’i Abdulaziz Mo’minov, “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot institutining xodimi Gulnoza Mardiyeva va boshqalar yangi tashkil etilayotgan yoshlar va ayollar daftarlari kasb-hunar o’rgatish, bandlikni ta'minlashda manzilli yondashuvni kuchaytirishga xizmat qilishini alohida ta'kidladi.

Hozirda ishchi guruhlar tomonidan Marg’ilon shahri va Beshariq tumanida ishsiz yoshlar bo’yicha alohida hamda ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo’yicha daftarlarning ro’yxatlarini shakllantirishda xatlov ishlari olib borilmoqda. Hozirga qadar 7 mingdan ortiq yoshlar va ayollar ro’yxatga olinib, elektron bazaga kiritilmoqda.

– Pandemiya davrida “Temir daftar” ehtiyojmand oilalarni manzilli qo’llab-quvvatlashda katta samara berdi, – deydi viloyat hokimi o’rinbosari F.Qosimov. – Endilikda bu ezgu sa'y-harakatlarning qamrovi yanada kengayib, ishsiz yoshlar va ayollarning turmush sharoiti o’rganib chiqilmoqda. Daftarlar shakllantirilganidan so’ng, ularning bandligini ta'minlash, kasb-hunar o’rgatish kabilarga e'tibor qaratiladi. Masalan, Marg’ilonda hunarmandchilik orqali ko’plab ish o’rinlari yaratish hamda daromad manbaini topish mumkin.

Matbuot anjumanida OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.