Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 360 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“SOG’LOM HAYOT SARI – 5000 QADAM”

×

 2020-10-29 17:11:08    175

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda viloyatimizning barcha shahar-tumanlarida “Sog’lom hayot sari – 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafonlari o’tkazilmoqda.

Shuni alohida ta'kidlash zarurki, marafon karantin qoidlariga to’liq amal qilingan holda tashkil etilyapti. Jumladan, Dang’ara tumanida ham tuman tibbiyot birlashmasi, jismoniy tarbiya va sport bo’limi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, bolalar va o’smirlar sport maktabi bilan hamkorlikda aholi vakillari, yoshlar, korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ommaviy yurish marafoni o’tkazildi.

Marafon tuman markazida joylashgan istirohat bog’idan boshlanib, ishtirokchilar tumanning “Muqimiy”, “Ziynat”, “Alisher Navoiy” va “Istiqlol” ko’chalari bo’ylab yurib, tuman bolalar va o’smirlar sport maktabi futbol o’yingohida ertalabki badantarbiya mashg’ulotlarini bajardilar.

Quvasoy shahrida o’tkazilgan tadbirda 1000 nafarga yaqin aholi vakillari qatnashdi. Tadbir davomida yurish marafoni, ertalabki sog’lomlashtirish va badantarbiya mashqlari, stol tennisi, erkaklar o’rtasida futbol, ayollar o’rtasida volleybol musobaqalari ham o’tkazildi.

Quva tumanida bo’lib o’tgan yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashqlarida 500 nafardan ziyod o’z salomatligiga befarq bo’lmagan turli yoshdagi hamyurtlarimiz ishtirok etdi.

Aktsiya Yozyovon va Farg’ona tumanlarida ham uyushqoqlikda o’tkazildi.

Farg’ona viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati