Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 188 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MAHALLIYLASHTIRISH DASTURI KORXONAGA KATTA IQTISODIY NAF BERMOQDA

×

 2020-10-29 21:00:34    121

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyatida amalga oshirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Bugungi kunda viloyatda elektr-energiya ta'minotini yanada yaxshilash, xizmat ko’rsatish sifatini oshirish borasida muayyan ishlar bajarilmoqda.

Korxona ehtiyoji hamda davlat dasturlari ijrosini ta'minlash uchun zarur bo’lgan mahsulotlarning mahalliylashtirilishiga atigi uch oy kifoya qildi. Qisqa muddat ichida jamiyatning o’z mablag’i va tajribali mutaxassislarining tezkor sa'y-harakatlari bilan yangi ishlab chiqarish tsexlari foydalanishga topshirildi.

Mazkur loyihalar asosidagi temir-beton tayanchlar tayyorlash tsexining kengaytirilishi, metall qurilmalar va SIP armaturalari ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilgani yillar davomidagi muammolarga chek qo’ydi.

Qiymati 1,6 mlrd.so’m bo’lgan yangi innovatsion loyihaning ishlab chiqarishga joriy etilgani SIP simlarini temir-beton tayanchlarga mahkamlash uchun zarur bo’ladigan turli xildagi armaturalarga bo’lgan talabni to’liq qoplashi bilan birga, jamiyatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Bu mahsulotlarning mahalliylashtirilishi korxonaga yillik jami 20 milliardga yaqin foyda keltiradi.

Yangi ishlab chiqarish tsexlarining foydalanishga topshirilishi natijasida 60 ga yaqin ishchi o’rinlari yaratildi.

Viloyat rahbari loyihalar bilan birma-bir tanishar ekan, jamiyat rahbari Dilshod Jalilov istiqbolli loyihalarning yaqin kelajakdagi samarasi, eksport salohiyati hamda rejalashtirilayotgan polimer izolyatorlar va metall anker tayanchlari ishlab chiqarish loyihalari haqida gapirib berdi.

Viloyat hokimi sohada belgilangan vazifalarni o’z muddatida sifatli bajarish hamda qishki mavsumda elektr energiyasi uzluksizligini ta'minlash muhim vazifa ekanligini ta'kidladi.

Farg’ona viloyati hokimligi