Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 255 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BESHARIQDA YANGI TURAR-JOY BINOLARI QAD ROSTLAYDI

×

 2020-11-07 17:34:09    160

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimiz shahar-tumanlarida kun sayin bunyodkorlik ishlari avj olmoqda. Bunga Beshariq tumani misolida ham guvoh bo’lish mumkin. Hozirda 220 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilayotgan hududda ehtiyoj va talablardan kelib chiqib yangi turar-joy binolari qad rostlamoqda.

Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov bu yerda bo’lar ekan, nuroniylar bilan kengashdi, quruvchilar bilan suhbatlashdi.

Aholi zich bo’lgan hududda turar joylarga extiyoj yuqori. Ana shularni hisobga olib, ko’p qavatli uylar bunyod etishga kirishilyapti. Viloyat rahbari mazkur uylarning loyihalari bilan yaqindan tanishib, tadbirkorlar sarmoyasini jalb etish hisobiga arzon va sifatli uylar qurish haqida tavsiyalar berdi.

Yangi qurilayotgan uylar “Dala Hamid Olimjon” mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan. U yerda jami 10 ta 5 qavatli, shundan 2 ta 40 xonadon, 8 ta 20 xonadonga mo’ljallangan uylar quriladi. Kelgusida massivda infratuzilma ob'ektlari qurilishi rejalashtirilgan. Qulaylik tomoni shundaki, bu uylar elektr, gaz, suv, kanalizatsiya ta'minotida muammo bo’lmaydi.

- Kelgusida bunday uylarni qurishga e'tiborni kuchaytiramiz. Uy-joyga ehtiyoji bor oilalarni, yosh oilalarni ko’p qavatli uylar qurish hisobiga ta'minlaymiz, - dedi viloyat hokimi.

Mazkur hududda aholi soni ko’payib bormoqda. Shu bois, yangi mahalla fuqarolar yig’ini tashkil etilib, unga “Nurli hayot” deya nom berishga tuman mas'ullari ishtirokida kelishib olindi.

Shundan so’ng yangi binolarni qurilishiga start berildi. Kelajakda bu yerda turli ijtimoiy ob'ektlar, istirohat bog’i va boshqa aholiga xizmat ko’rsatish joylari ham barpo etilishi belgilandi. Eng muhimi bu kabi qurilishlar natijasida yoshlar, ayniqsa, umumta'lim maktablari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarni ish bilan ta'minlashga erishilyapti.

Farg’ona viloyati hokimligi