Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 225 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODIDA INVESTITSION LOYIHA ISHGA TUSHIRILDI

×

 2020-11-07 17:52:31    450

PDF yuklash
Chop etish


Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov, energetika vaziri o’rinbosari Bahrom Normatov, Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi direktori Habib Latipov va boshqalar neft-gaz sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, modernizatsiya ishlari nafaqat mamlakatimiz iqtisodiyoti rivoji, balki ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo’lida ham muhim qadam ekanini ta'kidladi.

Zavodda amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar 2020-2023 yillarda Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida Gidrokreking, Izomerizatsiya va Vodorod ishlab chiqarish jarayonlarini bosqichma-bosqich joriy etish orqali YEvro-5 standartidagi AI-92 rusumli avtomobil benzini va dizel yoqilg’isi, Djet A-1 aviayoqilg’isi va II-III guruhga mansub moy mahsulotlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish hamda qayta ishlash chuqurligini kamida 92 foizga oshirishga qaratilgan dadil qadamdir.

GDS qurilmasida yangi katalizatorni ishga tushirilishi “Evro 4” va “Evro 5” dizel yoqilg’isini ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning birinchi bosqichidir. Investitsion loyihaning umumiy qiymati 300 million AQSh dollarini tashkil etadi. Loyiha doirasida GDS qurilmasidagi ma'naviy eskirgan katalizatorni yangi zamonaviy va yuqori samarador bo’lgan katalizatorlarga almashtirish maqsadida Frantsiyaning “Axens” kompaniyasidan katalizator olib kelib o’rnatildi. Qurilma “Toyo injiniring korporeyshn” tomonidan qurilgan bo’lib, 1999 yilda foydalanishga topshirilgan va uning loyihaviy quvvati yiliga 1 million 700 ming tonnani tashkil etadi.

Bunday o’zgarishlar zavodda ishlab chiqarilayotgan “Evro 2” dizel yoqilg’isi sifatini kelgusida “Evro 4” va “Evro 5” standartlari talablari darajasiga oshirib, oltingugurt chiqindilarini kamaytirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va tolling operatsiyalarining jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu zavod mintaqamizdagi gigant korxonalardan hisoblanadi. Korxonada kompleks modernizatsiya ishlari oxirgi marta 1997-2000 yillari amalga oshirilgan. Bugungi kunda jami 7 ming nafarga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladi hamda 70 ga yaqin turli neft mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

E'tiborli jihati shuki, bu gal amaliyotga tatbiq etilayotgan ushbu modernizatsiyaning ekologiyaga ijobiy ta'siri katta bo’ladi. Masalan, bugungi kunda avtoulovlar atmosferaga chiqarayotgan zararli chiqindilar taxminan 93 foizgacha bo’lib, “Evro 4” va “Evro 5” yoqilg’isi esa avtomobil chiqindilaridagi mazkur ifloslantiruvchi moddalarni sezilarli darajada kamaytiradi va bu jahon standartlariga to’liq javob berishi bilan ahamiyatlidir.

Farg’ona viloyati hokimligi