Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 339 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRI HAR TOMONLAMA RIVOJLANISHI KERAK

×

 2020-11-11 11:55:43    209

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahri kun sayin o’zgarayotgan bo’lib, bir biridan muhtasham inshootlar qad rostlayapti. Bunyodkorlik ishlari vaqtni ham shoshirib qo’yayotgani rost.

Bugunga kelib bosh pudratchi tashkilot - “Qilich bunyod” mas'uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 16 qavatli bino qurib bitkazilmoqda. Turar-joy binolari Turkiya texnologiyasi asosida quyma temirbeton va gazobetondan barpo etildi. Bu ularning xavfsiz hamda zilzilaga chidamliligini ta'minlaydi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

16 qavatli binodagi xonadonlar 2 va 3 xonali bo’lib, kommunikatsiya tarmoqlari, oshxona, yuvinish xonasi va boshqa shart-sharoitlar uy egalari uchun qulaylik yaratadi. Ko’plab yurtdoshlarimiz bu yerda ish bilan band bo’lmoqda. Hozirda 1 kv metr 4,2 mln. so’mga to’g’ri kelmoqda. Viloyat rahbari xonadonning 1 kv metrini 3,6 mln.so’mga tushirish, turk arxitektorlarini jalb etgan holda 6 gektar yer maydonida tashkil etiladigan massivni bosh loyihasini qayta ishlab chiqish, 20 ta xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan shu kabi uylar qurilishini teng boshlash va kelgusi yil foydalanishga topshirishni ta'minlash topshirig’ini berdi.

Shaharning Qashqar ko’chasida Prezident maktabi bunyod etilyapti. Loyihaning umumiy qiymati 68 mlrd 900 million so’mni tashkil etadi. Quvvati 168 o’ringa ega. YEr maydoni esa 2 gektardan ziyod. Joriy yil yakuniga qadar qurilish ishlari yakunlanishi rejlashtirilgan. Ayni paytda ishlar jadal olib borilmoqda. O’g’il-qizlar ta'lim-tarbiyasi uchun bu yerda barcha imkoniyatlar yaratiladi.

Viloyat rahbari qurilish jarayonini ko’rib, hudud atrofiga daraxtlarni ko’proq ekish, qurilish ishlarini shoshmasdan, sifatli qilib yakunlash bo’yicha quruvchilarga ko’rsatma va topshiriqlar berib o’tdi.

Shu kuni viloyat rahbari O’zbekiston - Koreya xalqaro universitetida ham bo’ldi. Mehmonlarga oliygoh va undagi yo’nalishlar to’g’risida ma'lumotlar berildi. Ikki davlatning o’zaro hamkorlik aloqalari ta'lim yo’nalishida ham muhim ahamiyat kasb etayotgani e'tirof etildi. Viloyat hokimi ushbu universitet haqida boshqa viloyatlar xabardor emasligini ta'kidlab, OAV orqali reklamani ko’paytirish zarurligini aytdi. Dars mashg’ulotlari qay tartibda olib borilishi bilan qiziqdi.

Samimiy muloqotda viloyat hokimligi universitetga doimo yordam uchun tayyor ekanligi yana bir bor ta'kidlandi.

“Fergana Global textile” qo’shma korxonasi “Aviasozlar” ko’chasida joylashgan. Loyiha qiymati 510 mlrd. so’mni tashkil etadi. 1500 nafardan ortiq ish o’rni yaratilgan. Korxona yiliga 14 ming tonnagacha kalava ip ishlab chiqarish imkoniga ega. Bundan tashqari, bu yerda bo’yalgan ip va trikotaj matolar tayyorlanadi.

Viloyat rahbariga mutasaddilar tomonidan korxonani klasterga aylantirish jarayoni haqida ma'lumotlar berildi. Korxonani 2-bosqich loyihasini yil yakuniga qadar ishga tushirish topshirildi.

Avtomashinalar uchun ehtiyot qismlar tayyorlovchi “UzSUNGWOO” qo’shma korxonasi dadil rivojlanish yo’lidan bormoqda. Bu yerda yuqori sifat - muntazam daromad manbai deb baholanadi. Ko’plab yurtdoshlarimiz ish bilan band. Viloyat hokimi korxonadagi ishlab chiqarishlar, istiqboldagi rejalar bilan tanishdi.

Farg’ona shahridagi “Sayqal” korxonasi faoliyati ayniqsa, vodiy viloyatlarida yaxshi tanish. Bu yerda nogironlik aravachalari ishlab chiqariladi. Tadbirkor Abdurahmon Niyozov birgina bu bilan cheklanib qolgani yo’q. Xorijlik hamkorlar bilan yangi ishlab chiqarishlarni ham yo’lga qo’ymoqda.

Toshdan qog’oz ishlab chiqarayotgan tadbirkor, tuproqdan gilam tayyorlayapman desa, siz ham hayron qolishingiz aniq. Abdurahmon Niyozov bu mahsulotdan qurilish ishlarida foydalanish o’z samarasini berishini aytib o’tdi.

Shu yerda viloyat rahbari eronlik va xitoylik investorlar bilan ham suhbatlashdi. Hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikrlar almashildi. Korxonadagi muammolar bo’yicha mutasaddilarga topshiriq berildi.

Farg’ona shahridagi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturidagi yangi loyihalar bilan ham tanishildi.

Tadbirkor Alisher G’ofurov mashinalarga ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etayotganligini aytib o’tdi. U bank bilan bog’liq xisob ishlarida, xususan, uskunalar narxlarini belgilashda muammo borligini ma'lum qildi va ushbu masala o’rganib chiqilib, hal etilishi belgilandi.

Shahar sektorlar rahbarlariga aholi bandligini ta'minlash uchun loyihalarni ko’paytirish, ularni tezroq ishga tushirish zarurligi yuzasidan topshiriqlar berildi.

“Farg’ona issiqlik elektr markazi” AJ ham yirik sanoat korxonalaridan biri. Uning vazifasi shahardagi yirik sanoat korxonalarini hamda aholi xonadonlarini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta'minlashdan iborat. Jamiyat 1956 yilda tashkil topgan. 6 ta qozon agregati, 6 ta turbogeneratorlar bor. 800 nafardan ortiq ishchi–xodimlar mehnat qilishmoqda.

Viloyat hokimi korxonadagi o’zgarishlar, yangi quvvatlarni ishga tushirish jarayonlarni, loyihalarni ko’zdan kechirdi. Yangi quvvatlarni qish mavsumiga ishga tushirishni tezlashtirish lozimligi aytib o’tildi.

Shu kuni viloyat hokimi Qirguli mavzesida “Nefchi” sport majmuasi faoliyati bilan ham tanishdi. Stadion holatini yaxshilash, klub a'zolari, havaskor o’yinchilar hamda tomoshabinlarga qulay shart-sharoitlar yaratilishi zarurligi ta'kidlandi. Taklif va tafsiyalar o’rtaga tashlandi.

Karantin sharoiti yumshatilgach, shahardagi “Hayvonot bog’i” ham keluvchilar uchun yana ochildi. Hozirda bu yerga ota-onalar o’z farzandlarini olib kelib, ularning tasavvur va dunyoqarashlarini boyitishmoqda.

Viloyat rahbari mazkur joy bilan yaqindan tanishib, uning bugungi holatini o’rgandi. Respublikamizdagi mashhur polvonlardan biri Tursunali polvon olib kelingan hayvonlar, ularning pavarishi bilan bog’liq qiziq ma'lumotlarni aytib o’tdi. “Hayvonot bog’i” faoliyatini yanada jonlantirish, ko’klamzorlashtirish yuzasidan Xayrullo Bozarov shahar mutasaddilariga topshiriqlar berdi.

Kun yakunida “Yoshlik” suv sporti markazi ham borib ko’rildi. Uni rivojlantirish bo’yicha mas'ullar takliflar tayyorlashlari zarurligi aytib o’tildi.

Farg’ona viloyati hokimligi