Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 233 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILON MEHMONLARNI QARSHI OLDI!

×

 2020-11-11 17:36:30    156

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov tashabbusi bilan bugun Namangan viloyatidagi 26-sonli Mehribonlik uyi rahbari Dilorom Abdurahimova boshchiligida muassasaning bir guruh tarbiyalanuvchilari Farg’ona viloyati, xususan Marg’ilon shahriga tashrif buyurdilar.

Mehmonlar shahardagi “Pur Siddiq” ziyoratgohida o’zbekona urf odat – non, nuz va karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.

Ziyoratchilarning keti uzilmaydigan majmuadagi o’zgacha fayz, shukuh, ayniqsa, son-sanoqsiz kabutarlar parvozi o’quvchi yoshlar e'tiborini o’ziga maftun ayladi.

Navbatdagi manzil – “Ijodkorlar bog’i” mehmonlarga o’z bag’rini ochdi. Bog’ qo’ynida joylashgan O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov nomidagi memorial muzeyda yoshlar shoirning bosib o’tgan hayot va ijod yo’li bilan yaqindan tanishdilar. 

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tashrif yakunida shahrimiz ko’rkiga ko’rk qo’shib turgan Hunarmandlar markazida bo’lib, Marg’ilonning milliy hunarmandchilik asarlari, nafis va betakror atlasu adraslar jilosidan o’zgacha hayratga to’ldilar.

Marg’ilon shahar hokimligi Axborot xizmati