Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 325 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON TUMANIDA “EZGULIK” MAVZESI QURILISHI BOSHLANDI

×

 2020-11-12 09:37:53    168

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda keng ko’lamda bunyodkorlik, yaratuvchilik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu kabi bunyodkorlik ishlari natijasida shahar-tumanlarimizning ko’rkiga ko’rk qo’shilishi bilan birgalikda aholi ehtiyojini qondirish, turmush sharoitlarini yaxshilash, og’irini yengil qilishga erishilyapti. Hududlardagi ko’p qavatli turar joy binolari qurilishi esa odamlarning uy-joyga bo’lgan talab va ehtiyojlarini qondirish masalalariga ijobiy yechim topishga xizmat qiladi.

O’zbekiston tumani “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig’ini hududida 200 xonadonli 10 ta ko’p qavatli turar joy binolari qurilishi boshlandi. Shuningdek, ushbu mavzeda zamonaviy xususiy klinika, matematika va xorijiy tillarga ixtisoslashgan xususiy nodavlat maktab tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov tumandagi yangi qurilayotgan turar joy mavzesida bo’lib, qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Dastavval, nuroniylar, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari bilan samimiy suhbatlashdi, Prezidentimiz boshchiligida xalqimiz uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, xususan, aholining uy-joyga bo’lgan talab va ehtiyojini qondirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida so’z yuritdi.

- Qurilishlar qancha ko’p bo’lsa, aholiga shuncha qulay sharoit yaratiladi va ayni paytda yangi ish o’rinlari paydo bo’ladi, bu esa yoshlar bandligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega, - dedi viloyat hokimi.

Jamoatchilik vakillari yangi turar joy mavzesini “Ezgulik” deb nomlash taklifini bildirdilar. Viloyat hokimi ushbu taklifni ma'qulladi.

Shu kuni yangi qad rostlayotgan uy-joy binosiga dastlabki tamal poydevori quyildi. Keksalar va barcha yig’ilganlar duoga qo’l ochib, qurilayotgan yangi uylar xalqimizning yaxshi kunlariga nasib etishini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik bardavom bo’lishini, bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlari yanada rivoj topishini tiladilar.