Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 211 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Viloyat hokimi Xayrullo Bozarovning sayyor qabulida: MUROJAATGA E’TIBOR - INSONGA E’TIBOR DEMAKDIR

×

 2020-11-12 17:19:05    144

PDF yuklash
Chop etish


Shubhasiz aytish kerakki, bugun davlat va hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlarning zamirida inson va uning farovon hayoti mujassam. Ijro hokimiyati, uning bo‘lim va boshqarmalarining asosiy vazifasi uni hayotga tadbiq etishdan iborat ekanligi ham hech kimga sir emas. Marg‘ilon shahrida jismoniy va yuridik shaxslar bilan o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabul avvalida viloyat hokimi Xayrullo Bozarov so‘z olib, bugun har bir mutasaddi rahbar sidqidildan xalqning xizmatida bo‘lib, o‘zining sadoqati va burchini shu orqali namoyish etishi zarurligini ta’kidlab o‘tdi.


Viloyat hokimining sayyor qabulida viloyat hokimligining barcha bo‘lim va boshqarmalari, huquq-tartibot idoralari, davlat va tijorat banklari mutasaddi rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Murojaatlar orqali xalqimizning kayfiyati, shart-sharoiti va albatta olib borilayotgan islohotlarga munosabatini bilish mumkin. Shu kuni viloyat hokimining qabulida 127 nafar jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishdi. Ular asosan Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlari, Toshloq, Quva, Qo‘shtepa va Yozyovon tumanlari fuqarolari edi.



Bugun fuqarolar murojaatlariga munosabat tubdan o‘zgardi. Viloyat hokimi qabulida aholi tomonidan bildirilgan 102 ta ariza va shikoyatlarning 28 tasi o‘z o‘rnida ijro organlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ijobiy hal etildi. Qolganlari esa ijro uchun nazoratga olindi.



Shu o‘rinda aytish joizki, viloyat hokimi qabulida bo‘lgan fuqarolarning aksariyat murojaatlari o‘z hududlari kesimida hal etilishi mumkin. Qachonki, murojaatchi ham, ijrochi ham qonun ustuvorligi asosida faoliyat yuritsalar. Bularning barchasi har ikki tamon uchun noqulaylik, ortiqcha vaqt va kuch sarflashga olib kelmaydi.

Viloyat hokimining sayyor qabulida ijtimoiy hayotimizning barcha sohalari bo‘yicha xususan, uy-joy olish, imtiyozli kredit, moddiy ko‘mak, ish bilan ta’minlash, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishga doir masalalar yuzasidan, bundan tashqari boshqa sohalarga doir taklif va mulohazalar ham bildirildi.



- Murojaatga e’tibor insonga, uning dardu tashvishiga bo‘lgan e’tibordir. Bugun hamyurtlarimiz tomonidan tushgan barcha masalaga alohida mas’uliyat bilan qarash zarur, uning ijrosi esa har birimizning faoliyatimizga berilgan baho bo‘ladi. Maqsadimiz esa bitta - xalqimizni o‘z hayotidan, turmushidan, mehnat faoliyatidan rozi bo‘lib yashashga sharoit, sog‘lom muhit yaratishdan iboratdir,- dedi viloyat hokimi qabul yakunida.

Viloyat hokimining hududlardagi sayyor uchrashuvlari davom etmoqda.



Farg‘ona viloyati hokimligi.