Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 339 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TADBIRKORLAR MASALASI O’Z HUDUDIDA HAL ETILSA MAQSADGA MUVOFIQ BO’LADI

×

 2021-01-12 10:11:43    126

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov haftalik ish kunini viloyat “Tadbirkorlar uyi”da an'anaviy tadbirkorlar bilan uchrashishdan boshladi.

Viloyat rahbarining yuzma-yuz suhbatlari orqali shahar-tumanlardagi tadbirkorlarning mushkuli oson bo’lib, yangi-yangi istiqbolli loyihalar, tashabbuslar hayotga tadbiq etilishiga erishilyapti.

Navbatdagi qabulda 80 ga yaqin tadbirkor va ishbilarmonlarning murojaatlari o’rganib chiqildi.

Viloyat rahbari bilan uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan zamonaviy issiqxona tashkil etish, debitor qarzdorlikni undirish, davlat xususiy sherikchilik asosida bog’cha tashkil etish, xususiy klinikani kengaytirish, gipermarket qurish, o’quv markazi tashkil etish, yoshlar markazi qurish uchun yer maydoni ajratish, kadastr hujjatlarini tayyorlashda ko’mak, chorva hayvonlariga ozuqa uchun ekin maydoni ajratish, buzilgan bino inshootlari uchun kompensatsiya to’lab berish, xususiy sport maktabi ochish uchun imtiyozli kredit olish kabi masalalar atroflicha ko’rib chiqildi.

E'tiborlisi shundan iboratki, viloyat rahbari bilan uchrashuvga ishtirokchilarning soni kundan-kunga ortib boryapti. Ular tomonidan bildirilayotgan innovatsion g’oya va loyihalar viloyat iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga egaligi bilan ajralib turibdi. Mana shunday tadbirkorlik sub'ektlari bilan shahar-tumanlarda faoliyat yuritayotgan “Tadbirkorlar uyi” mutasaddilari ham muntazam shug’ullanishlari talab etiladi. Shundagina biz ko’zlagan maqsadimizga tezroq erishamiz, dedi viloyat hokimi.

Ma'lumot uchun, shu kunga qadar viloyat, shahar va tumanlardagi “Tadbirkorlar uyi”ga jami 2397 ta tadbirkorlik sub'ektlaridan turli masalalar bo’yicha murojaatlar kelib tushdi. Shundan, 1494 tasi (63 foiz) ijobiy hal etildi, 580 tasi (24 foiz) tadbirkorga kerakli maslahatlar berildi. Shuningdek, 323 tasi (13 foiz) tegishli boshqarma va tashkilotlar tomonidan o’rganilib, ularning yechimi bo’yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar ko’rilmoqda.

Farg’ona viloyati hokimligi