Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 351 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“VILOYAT HOKIMI KUBOGI”NING DASTLABKI CHORAK FINALCHILARI MA'LUM BO’LDI

×

 2021-01-27 22:49:46    166

PDF yuklash
Chop etish


Farg’onada bo’lib o’tayotgan futbol bo’yicha “Viloyat hokimi kubogi-2021” xalqaro turnirining dastlabki chorak finalchilari aniqlandi.

Bugun, 27 yanvar kuni “A” va “V” guruhlarida so’nggi tur bahslari bo’lib o’tdi.

“A” guruhida Farg’onaning “Neftchi” jamoasi 3 o’yinda 3 g’alaba bilan guruh g’olibi bo’lishdi. Bugungi bahsda “Neftchi” “Andijon-2” ustidan 5-1 hisobida ishonchli g’alaba qozondi.

So’nggi uchrashuvda Uychining “Paxtakor-79” jamoasi bilan 1-1 hisobidan durang o’ynab, guruh bosqichida 4 ochko jamg’argan Qirg’izistonning “Nur Batken” jamoasi, to’plar nisbatiga ko’ra ikkinchi o’rinni egallab, chorak finalga yo’llanma oldi. 

Farg’onaning “Istiqlol” jamoasi “V” guruhidagi barcha uchrashuvlarda g’alaba qozonib, yuz foizli natijani qayd etdi. Anvar Berdiyev shogirdlari so’nggi turda “Navbahor-2” klubini 1-0 hisobida mag’lub etishdi.

Oldingi turda mag’lubiyatga uchragan “Turon” jamoasi ham so’nggi turda g’alaba qozonib, 6 ochko bilan “V” guruhida ikkinchi o’rinni egalladi va chorak finalga yo’llanma oldi. Yaypanliklar uchinchi turda Andijon viloyatining “Uz Tong Xong Ko” klubini 1:0 hisobida mag’lub etishdi.

Ertaga “S” va “D” guruhlarida so’nggi tur o’yinlari o’tkaziladi.