Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 194 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Rishton tumani: Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘lishi zarur

 2018-02-05 15:07:22    133

PDF yuklash
Chop etish


Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichda davom ettirmoqda. Bu Harakatlar strategiyasi besh yilga mo‘ljallangan bo‘lib, xalqimiz va davlatimiz hayotida yangi davrni – taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Undan ko‘zlangan maqsad bitta – turmushimiz yanada farovon, mamlakatimiz yanada qudratli bo‘lishi zarur.

Davlatimiz rahbari taklifi bilan 2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili sifatida nomlandi. Odamlarning murojaatlari bilan ishlashni yaxshilash, dardi-o‘yi, orzu-niyatini tinglash maqsadida Prezidentning Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonasi tashkil etildi. Bugun kunda yurtimizda har bir kun inson manfaatini ta’minlash, fuqarolar haq-huquqlarini kafolatli himoya etish, ularga qulay yashash va mehnat sharoitlarini yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Aynan mamlakatimiz rahbarining ezgu tashabbusi bilan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini o‘rganish, shu hududda yashovchi keng aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazish maqsadida qariyb o‘n kun davomida Respublika ishchi guruhi tomonidan Rishton tumanida izchil sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. ta’kidlash o‘rinliki, mazkur ishchi guruh Rishton tumanidagi mahallalar va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish uchun tashkil etilgan.      
         2018 yilning 26-31 yanvar kunlari Rishton tumanidagi mahallalar va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan 68 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘rganilib, 11 ming 946 ta xonadonga uyma-uy kirib chiqildi.

O‘rganish jarayonida turli yo‘nalishlarda jami qariyb 6,5 mingta muammolar aniqlandi. Xususan:

- oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit bo‘yicha 45 ta;

- tabiiy gaz va suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlash bo‘yicha 471 ta;

- elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha 164 ta;

- ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha 225 ta;

- yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq 169 ta;

- ko‘mir ta’minoti bo‘yicha 426 ta;

- maktabgacha ta’lim tizimi bilan bog‘liq 60 ta;

- xalq ta’limi tizimi bilan bog‘liq 47 ta;

- sog‘liqni saqlash tizimi bilan bog‘liq 1026 ta;

- ishga joylashtirish bo‘yicha 1390 ta;

- bank krediti bilan bog‘liq 384 ta;

- huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid 20 ta;

- tadbirkorlik bo‘yicha 58 ta;

- uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 400 ta;

- moddiy-yordam bo‘yicha 701 ta;

- boshqa masalalar bilan bog‘liq 910 ta muammolar aniqlangan.

Rishton tumanida faoliyat olib borayotgan 13 ta ishchi guruhlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida aniqlangan 1503 ta muammolar yoki fuqarolarning umumiy murojaatlarining 23 foizi joyida bartaraf etildi.

Ayni jarayonda qolgan 4993 ta masalalar tegishli viloyat boshqarma va tuman tashkilotlariga o‘rnatilgan tartibda hal qilish uchun etkazilib, o‘tgan 6 kun mobaynida 2734 ta (umumiy murojaatlarning 42 foizi) muammolar hal etilishi ta’minlandi.