Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 335 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O‘zbekiston Qur’on musobaqasi – 2018. Muqaddas kalom fazilati dillarga jo

×

 2018-02-07 16:01:38    200

PDF yuklash
Chop etish


Shu kunlarda respublikamizning barcha viloyatlarida masjidlarda faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblar va ularning noiblari, Qur’oni karim qiroati bo‘yicha iqtidori bo‘lgan yurtimiz fuqarolari o‘rtasida Qur’oni karim musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Viloyatimizda ham Qur’oni karim musobaqasining 19 ta shahar-tumanlar bo‘yicha hududiy bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi, jami 1244 nafar ishtirokchilar ro‘yxatga olindi.

Quvasoy shahar “Islom” jome’-masjidi old maydoni bayramona bezatildi. Masjid hududlarida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Masjidga 1-hudud bo‘yicha Farg‘ona, Quvasoy shaharlari, Quva, Farg‘ona va So‘x tumanlaridan 205 nafar musobaqa ishtirokchilari, 600 nafardan ziyod tinglovchilar yig‘ildilar.

Musobaqa ikki yo‘nalishda hifz (Qur’oni karimni to‘liq yod olish), tilovat (go‘zal va ravon qiroat qilish) bo‘yicha olib borilmoqda.

-Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkillangan mazkur musobaqa xalqimizning diniy qadriyatlarimizga bo‘lgan yuksak ehtiromining bir ifodasidir,- deydi Quvasoy shahar bosh imom-xatibi Alisher Naimov.- Darhaqiqat, bu musobaqa nafaqat ishtirokchilar, balki yuzlab, minglab tinlovchilarning ma’naviyatini, ma’rifatini ziyoda qiladi. Qolaversa, har bir musobaqa o‘tayotgan masjidlar o‘zining sharqona uslubdagi me’moriy echimi, yaratilgan shart-sharoitlari bilan kishi e’tiborini tortadi. Ishtirokchilarning ma’naviyati, kiyinishi, odobi, o‘zini tutishi kabi talablar ham inobatga olindi. O‘ylaymizki, musobaqa natijalari juda quvonarli bo‘ladi.

-Quva tumanidan tinglovchi sifatida keldik, - deydi mehnat faxriysi Odilxon Yo‘ldoshev.- Nuroniylarimiz ko‘zlarida sevinch yoshlari bilan musobaqa ishtirokchilarini duo qilishyapti. Bir paytlar ota-bobolarimiz muqaddas kalomni o‘qish tugul, qo‘llariga olishga ham hayiqadigan zamonlarni ko‘rishgan. Barcha nuroniylar nomidan muhtaram Prezidentimizning islom diniga berayotgan e’tibori uchun cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

Marg‘ilon shahar “Xonaqoh” jome’ masjidida o‘tkazilgan Qur’on musobaqasida hududda istiqomat qiluvchi 127 nafar ishtirokchilar va mingdan ziyod tinglovchilar jam bo‘lishdi. Erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan  bahsda Muhammadyusuf Madaminov, Olimxon Jalilov, Abdulxay Qoraboev, Rahmatulloh Normatov, Muhammadsodiq Olimov singari muqaddas kalom hifzi va qiroati bo‘yicha bilimga ega bo‘lgan yurtdoshlarimiz o‘z iqtidorlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Qo‘shtepa tumani “Muborak” jome’ masjidida ayollar o‘rtasidagi Qur’on musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshloq, YOzyovon va Qo‘shtepa tumanlaridan tashrif buyurgan Mushtariybonu Sobirjonova, Nafisaxon Jabborova, Fotimaxon Toshmatova, Nazokatxon Sodiqova, SHoiraxon Mamatova singari 57 nafar xotin-qizlar Qur’oni karim suralarini go‘zal qiroat bilan o‘qidilar.

Musobaqaning shahar-tuman bosqichlari 7 ta hudud bo‘yicha Qo‘qon shahar “Degrezli”, Oltiariq tumani “SHoh Tolib”, Buvayda tumani “Salmoni Forsiy” masjidlarida, O‘zbekiston tumani “Umid” to‘yxonasida bo‘lib o‘tmoqda.

               

Ma’mura ABDURAHIMOVA,

Dilnavoz QO‘LDOSHEVA,

“Farg‘ona haqiqati” maxsus muxbirlari.

Surat muallifi Sherzod Qoraboev.