Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 334 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Davra suhbati: Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor

×

 2018-02-19 14:42:45    234

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning joriy yil 25 yanvar kuni “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 3 fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu sohadagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, ilg‘or xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, mavjud kasb-hunar kollejlarining moddiy bazasidan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlash maqsadida viloyatda qanday ishlar olib borilmoqda? Bu savollarga javob topish hamda bu ikki huquqiy hujjat mazmun-mohiyatidan aholini keng xabardor qilish maqsadida “Farg`ona haqiqati” muxbiri mas’ul mutasaddilar bilan suhbatlashdi.


Ilhomjon NOSIROV, viloyat hokimining o‘rinbosari:

– Bu ikki huquqiy hujjatga ko‘ra, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi faoliyatini takomillashtirish nimadan iborat bo‘ladi? Avvalo, ushbu tizimning to‘liq me’yoriy hujjatlari ishlab chiqiladi va o‘rta-maxsus ta’lim markazi to‘g‘risida va o‘rta-maxsus ta’lim to‘g‘risidagi Nizomlar hayotga tatbiq etiladi. SHu tariqa maktabda ta’lim olgan farzandlarimizning o‘rta-maxsus ta’lim tizimida saboqlarni davom ettirishlari uchun imkoniyat yaratildi. Bu imkoniyatlar birinchi navbatda ularning kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini rivojlantirish, mahorat va malakasini chuqurlashtirishga qaratilgan. 

Mutaxassis ishga olinayotganda u o‘sha doiradagi bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi zarur. Afsuski, keyingi yillarda ba’zi mutaxassisliklar ish beruvchining talabiga mos kelolmadi. Bu o‘z-o‘zidan ishsizlik holatining paydo bo‘lishiga olib keldi. O‘rta-maxsus bilimni puxta o‘zlashtirmasligi oqibatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar ham ro‘y berdi. Tasniflagich bo‘yicha mavjud bo‘lgan kasblar o‘ylab ko‘rilmay, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini inobatga olmay belgilanar edi. 

Yurtimizda kichik biznesni taraqqiy ettirish borasida turli xil yo‘nalishlarda investitsiyalar kiritilib, korxonalar, qo‘shma korxonalar, xususiy va kichik biznes sub’ektlari faoliyati taraqqiy etmoqda. Bu yo‘nalishdagi byurokratik to‘siq va g‘ovlar bartaraf qilindi. Asosiy maqsad ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda daromadni yaxshilashga qaratilgan.

Bugun 10-sinfda tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilganda ta’limdagi bu islohotni yurak-yurakdan ma’qullayaptilar. Kasbga munosabatni ota-onalar ham to‘g‘ri hisoblaydi. Bir necha tumanlarda yoshlar bilan ko‘rishganimizda ularning tadbirkorlik tashabbuslarini eshitib quvondik. Bir qancha tengdoshlari, yaqinlarini ish bilan ta’minlashni mo‘ljallagan yoshlar bor. Bu ularning sanoat, tadbirkorlik, hunarmandchilik va boshqa yo‘nalishlardagi qobiliyatlarini namoyon qilayotgani, ularning mehnatga munosabatini yuksaltirayotganidan dalolat beradi.

Yana bir muhim o‘zgarishlardan biri bu san’at va madaniyat, sport yo‘nalishlaridagi kasb-hunar kollejlarining maktab-internatlarga aylantirilishidir. Viloyatimizda ham Qo‘qon amaliy san’at kolleji O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi, Farg‘ona san’at kolleji Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashgan maktab-internatga aylantirilishi, Farg‘ona Olimpiya zaxiralari kollejining shu tartibda tashkil etishini ta’kidlab o‘tish joiz. 

Endi o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida standartlar ishlab chiqilishi, qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Ta’lim yo‘nalishlari tasniflagichidan kelib chiqib yo‘nalishlarni to‘g‘ri tanlab olishimiz zarur. Bu farmon va qaror mazmunida ana shu xususiyatlar mavjud ekanligi bilan ahamiyatlidir.


Qodirjon ISHANOV, viloyat hokimligining o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi boshlig‘i:

– Qarorda professional rahbarlar va pedagog kadrlarni tanlash hamda ular bilan kasb-hunar kollejlarini ta’minlash, malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirish, shuningdek, mehnatini rag‘batlantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etish vazifasi ham yuklatildi.

Bundan buyon o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim beradigan o‘quv muassasalarining kelajagi hududlardagi sanoat, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari bilan belgilanadi. Endi kollejlar tor ixtisoslikda emas, ko‘p tarmoqli bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi. O‘quvlar 11-sinfni yakunlagandan so‘ng to‘liq shartnoma asosida bo‘ladi. Kam ta’minlangan oilalarning farzandlari bepul davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadilar. Qarorda 2017-2019 yillarda hozirda kollejda o‘qiyotgan yoshlarning ta’lim olishi davlat byudjetidan moliyalashtirishi belgilab berilgan. 2019 yildan boshlab esa o‘quv jarayoni tadbirkorlik sub’ektlari, ota-onalar, buyurtmachilarning mablag‘laridan shakllangan daromadlarga asoslanadi. Pulli xizmat ko‘rsatish, konsultativ markazlar, til o‘rgatish markazlari va yoshlarni hayotga tarbiyalash bo‘yicha sohalarni tashkil etish bunda ayniqsa qo‘l keladi. Kollejlarning ko‘p tarmoqli bo‘lishi ko‘zda tutilayotganidan maqsad shu aslida. Viloyatimizga kirib kelgan innovatsiyalar, yangi ishlab chiqarish liniyalari, yangi korxonalarda malakali mutaxassisga ehtiyoj tug‘ilishi bilan shu kadrni tayyorlash faoliyati amalga oshiriladi va bu buyurtmachi mablag‘idan moliyalashtiriladi.


Ahmadjon YUNUSOV, viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i:

– Mazkur qarorda vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar yuklatildi. Xususan, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va markazlar faoliyati va yo‘nalishlarini belgilashda quyi tizimga taalluqli ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish kiritish lozim. Hududiy ta’lim markazlari tomonidan bildirilgan takliflar yuridik tashkilotlar va adliya tizimi vakillari hamkorligida o‘rganib chiqiladi hamda yuridik jihatdan asosli ekanligi tahlil qilinadi. o‘z navbatida qaror ijrosini ta’minlash borasida aholining taklif va ehtiyojlari inobatga olinadi.


Saidbek DAVLATOV, viloyat bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi boshlig‘i:

– Hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmasi, viloyat bandlik boshqarmasi hamda markazimiz hamkorligida 2019 yilning 1 mayidan boshlab mutaxassisliklar va kasblar bo‘yicha kelishilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga kiritish belgilangan. Bunda mehnat bozoridagi talab va taklif e’tiborga olinadi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tishi belgilangan Farg‘ona shahar imkoniyati cheklangan shaxslarga ixtisoslashtirilgan respublika kasb-hunar kolleji hamda Farg‘ona sanoat kolleji faoliyatida 2018-2021 yillarda kasb egalari va mutaxassislarini tayyorlash konsepsiyasini ishlab chiqdik. Masalan, imkoniyati cheklangan shaxslarga ixtisoslashtirilgan respublika kasb-hunar kollejida asosiy mutaxassisliklar milliy hunarmandchilikning badiiy yo‘nalishlari asosida shakllantirildi. Farg‘ona sanoat kollejida esa hududdagi yirik sanoat korxonalari bilan bitimlar imzolash asnosida kadrlar tayyorlash masalasiga urg‘u berildi. Yaqin kelajakda viloyatimizda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining tayyorlov, til o‘rgatish, bandlikka ko‘maklashish markazlaridan biri faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti.


Ma’rufjon TURDIMATOV, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i:

– Tabiiyki, 10-11-sinfda o‘qitish tizimi joriy etilganidan buyon akademik litsey va kasb-hunar kollejlarimizda bo‘shab qolgan o‘qituvchilarimizni ish bilan ta’minlash, ularga sharoit yaratib berishni maqsad qilganmiz. Bu jarayon o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi, viloyat bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘rganilib, tegishli chora-tadbirlar olib borilyapti. Pedagoglarimizni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tavsiya etishda viloyat hokimligining amaliy yordamidan keng foydalanilyapti. Ularni umuta’lim maktablariga ishga qabul qilish jarayonlari  e’tiborimizdagi masalalardan biridir.


Narimonjon SODIQOV, viloyat moliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i:

– Prezidentimizning mazkur qaroriga asosan jarayonni moliyalashtirish manbalari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Bu borada vazirlik va idoralarning tegishli tarmoqlariga kadr tayyorlovchi ta’lim muassasalarining to‘lov-shartnomadan tushgan mablag‘lari, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga hamda qonun hujjatlarida qayd etilgan boshqa manbalarga asoslanib ish yuritiladi. Shuningdek,  o‘qish jarayoni tadbirkorlik sub’ektlari, korxona-tashkilotlar va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa  manbalar hisobidan moliyalashtirishi ham mumkinligi belgilandi. Kasb-hunar kollejlariga iqtisodiy salohiyatini oshirish maqsadida maslahat berish, noshirlik, ekspertlik, ishlab chiqarish va innovatsion xizmatlar ishini amalga oshirishga ruxsat berildi. Bu mablag‘lar hisobidan texnika va laboratoriya jihozlari sotib olish, innovatsion parklar qurish imkoniyati yaratiladi.

 

Davra suhbatini

Madaminjon SOLIJONOV yozib oldi.

Foto: uzagrokimyohimoya.uz