Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Xalq deputatlari viloyat kengashining yigirma to‘qqizinchi qo‘shma sessiyasi

×

 2018-02-22 17:13:09    155

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq deputatlari viloyat va mahalliy Kengash deputatlari, shahar-tuman hokimlari, xotin-qizlar qo‘mitasi raislari, maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiralari, sog‘liqni saqlash va huquqiy idoralar vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Sessiyani Kengash raisi, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev ochdi va olib bordi.

Kun tartibida uchta masala muhokamaga qo‘yildi.

Dastlabki masala – 14 fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishdagi topshiriqlar – maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda xususiy va davlat sherikchiligi asosidagi muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hisobiga bolalar qamrovini ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlandi.

Unda joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarining ahvoli, sohadagi ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Viloyat rahbari tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlargacha e’tibor qaratdi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, maktabgacha ta’lim tizimini puxta shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi”da bu xususiyatlar aniq va batafsil aks etgan. Jumladan, ushbu xaritani mahalliy Kengashlarda muhokama etish, maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish, bunga mas’ul rahbarlarning hisobotlarini eshitib borish zarurligi qayd etib o‘tildi.

Hozirgi kunda viloyatda maktabgacha ta’lim muassasalari va ularning filiallari soni 866 tani, bolalar o‘rni 92,8 mingtani, ularga qatnovchi bolalar soni 91,3 ming nafarni, maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni qamrab olish 33,8 foizni tashkil etmoqda. SHuni inobatga olgan holda viloyatda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish, foydalanilmayotgan ob’ektlar ro‘yxatini shakllantirish, qurilish-ta’mirlash yumushlarini sifatli bajarish, muassasalarning oziq-ovqat ta’minotini rivojlantirish kabi muhim masalalarga ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida joriy yil 2 fevral kuni Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon va unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi haqida  ham so‘z yuritildi.

Ushbu Farmon asosidagi chora-tadbirlarni qamrab olgan “yo‘l xaritasi” bilan sessiya qatnashchilarini viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sayyora Alimova batafsil tanishtirib o‘tdi.

5 yo‘nalish, 29 bandni o‘z ichiga olgan mazkur xaritada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, muammolarini aniqlash va  viloyatda mavjud 23850 nafar nogironligi belgilangan ayollarni ijtimoiy muhofaza qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va tadbirkorlikka jalb etish, ayollar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, onalik va bolalik, reproduktiv salomatlik, tibbiy madaniyatni mustahkamlash va boshqa shu singari ustuvor masalalar ta’kidlab o‘tildi.

Kun tartibidagi so‘nggi masala – dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlarning arzonligi, ularning erkin muomalasini ta’minlash haqida bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda 14 fevral kuni tasdiqlangan “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosini ta’minlash muhim vazifalar sirasiga kiradi. Qaror ijrosini tashkil etish maqsadida tuzib chiqilgan “yo‘l xaritasi”da bu boradagi chora-tadbirlar to‘la aks ettirildi. Viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Nosirov ushbu “yo‘l xaritasi” bilan barchani tanishtirdi.

Qayd etib o‘tilganidek, erkin iqtisodiy zonalar va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish, ijtimoiy dorixonlarni joylashtirish va qurishni takomillashtirish, dori-darmonlarning yangi turlarini ishlab chiqish va yaratish, narx-navosini trartibga solish, ularni standartlashtirish, sifatini oshirish, xarid qilish va import o‘rnini qoplash, sohada yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilishni ta’minlash kabi yo‘nalishlarda barcha daxldor idora va tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Viloyat hokimi tomonidan shahar-tuman hokimlariga kun tartibidagi  masalalar ijrosi yuzasidan tegishli vazifalar yuklatildi.

Ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Madaminjon SOLIJONOV.

Shamsiddin QORABOEV olgan surat.