Шрифт ўлчами Ранг Расм

ВИРТУАЛ ҚАБУЛХОНА

ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР

НОРМАТИВ ХУЖЖАТЛАР

Очиқ маълумотлар (бюджет)

ОЧИҚ МАЪЛУМОТЛАР

Фарғона вилояти ҳокими
Бозаров Хайрулло Хайитбаевич

Ижтимоий тармоқлар

Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш мақсадида ажратиладиган имтиёзли кредит ҳисобидан фуқароларга маҳсулот етказиб берувчи таъминотчи корхоналарнинг рўйхати
<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Фарғона вилояти инвестицион салоҳияти

Сайтни бахолаш




Янгиликларга обуна бўлиш

Ҳозир сайтда 152 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси
Ишонч телефонига берилган бахолар


Bosh Qomusimiz-huquq va erkinliklar kafolati

×

 2019-12-06 16:22:55    83

PDF юклаш
Чоп этиш


Farg'ona shahridagi Prezidentimizning viloyat Xalq qabulxonasi binosida “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarning huquq va erkinliklari, huquqiy, demokratik jamiyat kafolati” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari, talaba-yoshlar, adliya, prokuratura xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Konstitutsiyamiz xalqimiz qo'lga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlar, mamlakatimizning barqaror taraqqiyot yo'liga chiqib olishida mustahkam zamin bo'layotir. Unda inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan.
Konstitutsiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi printsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolati bo'lib xizmat qilmoqda.
Anjumanda Farg'ona viloyati hokimi Shuhrat G'aniev so'zga chiqib, Bosh qomusimizning jamiyatda tutgan o'rni haqida so'z yuritib, yoshlarga uning mazmun-mohiyatini mukammal o'rganish kerakligini ta'kidladi. -Konstitutsiya fuqarolarning huquq va majburiyatlari majmuasidir, -dedi viloyat hokimi. -Uni bilib va amal qilib yashash insonning kundalik turmushi va oilaviy farovonligining kalitidir. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, xususan Konstitutsiyamizning muhim jihatlarini yoshlarimizga bolaligidan boshlab o'rgatish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Tadbirda Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning demokratik huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta'minlashdagi ahamiyati, Bosh qomusimizning xalqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi haqida ma'lumot berildi.
Farg'ona viloyati hokimligi Axborot xizmati