Шрифт ўлчами Ранг Расм

ВИРТУАЛ ҚАБУЛХОНА

ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР

НОРМАТИВ ХУЖЖАТЛАР

Очиқ маълумотлар (бюджет)

ОЧИҚ МАЪЛУМОТЛАР

Фарғона вилояти ҳокими
Бозаров Хайрулло Хайитбаевич

Ижтимоий тармоқлар

Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш мақсадида ажратиладиган имтиёзли кредит ҳисобидан фуқароларга маҳсулот етказиб берувчи таъминотчи корхоналарнинг рўйхати
<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Фарғона вилояти инвестицион салоҳияти

Сайтни бахолаш




Янгиликларга обуна бўлиш

Ҳозир сайтда 83 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси
Ишонч телефонига берилган бахолар


Rishton kulolchiligi Quddusda

×

 2019-12-09 16:12:07    47

PDF юклаш
Чоп этиш


    Uchta dinning muqaddas ziyoratgohlari bir joyda bo‘lgan Quddus shahri bilan tanishar ekanmiz, sayyoxlar gavjum bo‘lgan eski shaxar ko‘chalarining biridagi do‘konga kirib qoldik. Sotuvchi qo‘li qo‘liga tegmas, hali u, hali bu sopol buyumlarni pullardi. Shu lahza bizga ko‘zi tushdi-yu tatalab-tirnab rus tilida “Sizlar O‘zbekistondanmisizlar?”- deya so‘radi. Biz hozirgina Al-Aqsa masjidida bo‘lib, juma namozini o‘qib chiqayotgan, boshimizda Marg‘ilonning qalampir nusxa do‘ppisi qo‘ndirilgan edi. Nazarimda sotuvchi bizni do‘ppimizdan tanidi.
 - Ha, biz O‘zbekiston, Farg‘onadanmiz, - derdik quvonib.
 - Rishton degan joyni bilasizmi? – so‘radi u ham biz O‘zbekistondan ekanimizdan xursand bo‘lib.
 – Bu buyumlar Rishtondan keltirilgan. Qarang, qanday jozibador. Ziyoratchi va sayyohlar yoqtirib sotib oladilar.
   

   Suhbatimizning salom-aligidan qolgan qismi tarjimonimiz yordamida kechdi. Biz yurtimizni, ustazodalar yaratgan naqshinkor sopol idishlarni ta’rifu tavsif etayotgan isroillik sotuvchini faxr bilan tinglar edik. U biz aynan Farg‘ona viloyatidan, Rishton esa viloyatimizdagi bir tuman ekanligi haqida eshitgach, bizga nisbatan yana mehri toblanib ketdi. Bildikki, u biznesidan xursand, daromadi ham o‘ziga ma’qul. So‘ng unga savollar yog‘dirdik. Aynan kim Rishtondan bu
buyumlarni olib keladi, bir oyda qancha savdo qiladi, o‘zi Rishtonda bo‘lganmi...

  
 - O‘zbekistonga borish orzuim, lekin vaqt topolmayapman. Do‘konni bir o‘zim yuritaman. Bir kun berkitsam mijoz kamayadi. Men sotayotgan Rishton sopol buyumlarini esa o‘zini toshkentlik deb tanishtirgan Murod ismli yigit olib kelib tarqatadi. Quddusda Rishton ustalari mahsulotlarini sotadigan bir men emas. Bozorim chaqqon, shuning uchun ha deb qanday, qancha mol olib kelding, deb so‘rayvermayman.
Rafael aka do‘kon taxtalariga terib qo‘yilgan choynak, lagan, naqshinkor lavhalar, anor shaklidagi buyumlarni bir-bir ta’riflab ketdi.
- Barchasi xaridorgir, - dedi u quvonchini yashirmay. – Tirikchiligim shularning savdosidan.
Men ayrim ma’lumotlardan boxabarman. Ammo viloyat statistik hisobotlarida Rishton kulolchilik maxsulotlarini Isroilga eksport qilinayotgani haqidagi ma’lumotni uchratmaganman.
       Balki Rafael aka aytganidek, bular Toshkent shaxri tadbirkorlari orqali Isroilga keltirilayotgandir. Ammo bu masalada Farg‘ona, Rishon tadbirkorlari, ustazodalarining o‘zlari shug‘ullansalar uning savdo hajmi yanada osharmidi...
Nima bo‘lganida ham qudduslik do‘kondorlar Rishton kulolchiligining targ‘ibotchilariga aylangani qanchalar quvonchli.


Muhammadjon Obidov, Quddus shahri, Isroil.