Шрифт ўлчами Ранг Расм

ВИРТУАЛ ҚАБУЛХОНА

ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР

НОРМАТИВ ХУЖЖАТЛАР

Очиқ маълумотлар (бюджет)

ОЧИҚ МАЪЛУМОТЛАР

Фарғона вилояти ҳокими
Бозаров Хайрулло Хайитбаевич

Ижтимоий тармоқлар

Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш мақсадида ажратиладиган имтиёзли кредит ҳисобидан фуқароларга маҳсулот етказиб берувчи таъминотчи корхоналарнинг рўйхати
<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Фарғона вилояти инвестицион салоҳияти

Сайтни бахолаш




Янгиликларга обуна бўлиш

Ҳозир сайтда 63 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси
Ишонч телефонига берилган бахолар


ISROILDA QOMUSIMIZ QABUL QILINGAN KUN NIShONLANDI

×

 2019-12-09 16:21:13    73

PDF юклаш
Чоп этиш


Avval xabar qilganimizdek, Farg‘ona viloyat hokimligi qoshidagi ashula va raqs ansambli Isroilda safar kontsertlarini bermoqda. Or Iud shahridagi katta san’at saroyida ular ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun tantanali ravishda nishonlandi.

   Tadbirda O‘zbekistonning Isroildagi elchisi vazifasini bajaruvchi Maqsudjon Ubaydullaev Konstitutsiyamizning demokratik tamoyillari haqida ma’lumot berdi va yig‘ilganlar orasidagi O‘zbekiston fuqarolarini bu ulug‘ bayram bilan tabrikldi.
  Shuningdek tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi, hokimlik Axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Toshkentdagi anjumanlar saroyida Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun tantanalarida so‘zlagan nutqida ilgari surilgan fikrlarni tahlil qilib vatandoshlarimiz va mehmonlarga etkazdi.
    O‘zbekiston-Isroil, Farg‘ona viloyati-Isroil o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy aloqalarni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faollarga Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘anievning minnatdorchilik xatini topshirdi.  
    Shundan so‘ng Or Iud shahri merining o‘rinbosari Janna Koen O‘zbekistonning ochiq siyosat yo‘lidagi islohotlarini Isroilda diqqat bilan kuzatayotganliklari va ularni qo‘llab-quvvatlajaklarini bildirib, O‘zbekiston fuqarolarini Konstitutsiya qabul qilingan kun bayrami bilan tabrikladi.
   -Biz Shavkat Mirziyoevning mazkur anjumandagi nutqini qiziqish bilan tingladik. Zero, dunyoga tinchlik, hamkorlik va baxtli hayot kerak,-dedi Janna Koen.-O‘zbekiston esa tashqi va ichki siyosati bilan bu yo‘lda qat’iy ekanini namoyon etmoqda.
    San’at saroyi o‘zbek kuylariga yo‘g‘rildi. O‘zbekiston Xalq xofizi Ilhom Ibrohimov, mumtoz qo‘shiqlar ustasi, ansamblning badiiy rahbari Sherali Rahmonov qo‘shiq kuylaganda zaldagilar to‘xtovsiz olqishlab turdilar. Shuni aytish kerakki, bayram tadbiriga Isroilda yashayotgan asli O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan ulkan san’atkorlar ham kelgandilar.
-Men o‘zbek maqomiga Prezident Shavkat Mirziyoev alohida e’tibor berayotganidan g‘oyat ta’sirlandim,-deydi dovudiy ovoz sohibi Abram Tolmasov.-Farg‘onalik yosh san’atkorlar, ayniqsa Muhammmaddoro Shirmonovning dardli nolasi, baland pardalardagi qochirimlari meni maftun etdi. O‘zbekiston maqom va azaliy san’atni rivojlantira olayotgan kamdan-kam davlatlarning biridir. Bugun men uchun yoshligimga, O‘zbekistonga qaytish kuni bo‘ldi.
   -Men mashhur baletmeystr Isaxor Oqilovning qizi Gavhar Oqilovaman,-deydi raqqosa opamiz. - Biz opa-singillar va o‘zimiz tuzgan raqs ansambli bilan dunyo kezdik va har erda o‘zbek san’atini namoyish qildik. Konstitutsiya kuni munosabati bilan bu erga san’atkorlarni yuborgan davlatimiz rahbarlariga, Farg‘ona viloyati hokimligiga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.
Tantanali kechaga shuningdek, Isroilda vaqtincha yashab kelayotgan o‘zbekistonliklarning ham katta guruhi kelgan edi.
    -To‘rt yildan buyon Natapiya  shahridagi “Tanbur” kompaniyasida eksport bo‘yicha direktor bo‘lib ishlayman. Lekin bugungidek bayramda ilk bor qatnashishim.Toshkentda Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan bo‘lgan tantanalarni internet orqali kuzatdim,-deydi Dilshod Eshonqulov.-Prezidentimiz yana bir bor tadbirkorlikni rivojlantirish, uning haq-huquqlari Konstitutsiyamiz moddalari bilan kafolatlanishini eslatdilar. Men bundan ruhlanib, endi Vatanga qaytib, u erda o‘z biznesimni ochish, bu erda topgan daromadimdan investitsiya kiritishga qaror qildim.
  Dilshodjon va uning oila-a’zolari uchun bu yilgi bayram o‘zgacha, hatto tarixiy voqea edi. O‘zi bu kunni Isroilda nishonlagan bo‘lsada, farzandi Prezident maktabining 6-sinf o‘quvchisi, Xalqaro olimpiadalarda 17 bor matematika fanidan g‘olib va sovrindor bo‘lgan Hasanov Javlon Dilshodbek o‘g‘li Toshkentda, anjumanlar saroyida so‘zga chiqib, Prezidentimizga, o‘zbek xalqiga yurt bayrog‘ini hamisha baland ko‘tarishga va’da berdi.
-Men O‘zbekistonning baxtli fuqarosiman,-deydi Dilshodjon Eshonqulov.- Yurtim bugungidek bayramda hatto biz xorijda ishlayotgan fuqarolariga ham quvonchli onlarni sovg‘a qildi.


Or Iud shahri, Isroil.  Farg‘ona viloyat hokimligi Axborot xizmati