Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Qarorga 2-ilova

 2018-01-13 09:25:23    988

PDF yuklash
Chop etish


 

Xalq deputatlari viloyat Kengashining
2018 yil 08 fevraldagi _____________- sonli

qaroriga 2- ilova

 

Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalarining 2018 yilga belgilangan

ISh REJASI

 

Masalaning nomi

Amalga

oshirish muddati

Tadbirlarni amalga oshirish shakli

Mas’ul

ijrochilar

  1. I.   Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi
  2. 1.       

Doimiy komissiyaning 2018 yildagi ish rejasini tasdiqlash yuzasidan doimiy komissiyaning yig’ilishini o’tkazish.

Yanvar

oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari

  1. 2.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 13 yanvardagi “2017 - 2020 yillarda shaharlarda arzon ko’p kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2728-sonli qarori ijrosi yuzasidan Farg’ona, Qo’qon shaharlarida ijrosini o’rganish.

Fevral oyi

O’rganish tashkil etish va yakuni bo’yicha doimiy komissiya yig’ilishida mansabdor shaxslarni eshitish

Doimiy komissiya a’zolari, hududiy hokimliklar

  1. 3.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 18 aprel kungi “Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2895-sonli Qarori ijrosi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’ining hisobotini eshitish.

Mart oyi

O’rganish tashkil etish va yakuni bo’yicha doimiy komissiya yig’ilishida mansabdor shaxslar hisobotini eshitish

Doimiy komissiya a’zolari, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish Farg’ona viloyati xududiy boshqarmasi, Markaziy bank bosh boshqarmasi, viloyat Davlat soliq boshqarmasi

  1. 4.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 17 yanvar kungi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PF-4933-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’ining hisobotini eshitish.

Aprel oyi

Hududlarda o’rganish tashkil etish va yakuni bo’yicha doimiy komissiya yig’ilishida mansabdor shaxslar hisobotini eshitish

Doimiy komissiya a’zolari, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish Farg’ona viloyati xududiy boshqarmasi, Markaziy bank bosh boshqarmasi, viloyat Davlat soliq boshqarmasi

  1. 5.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 1 iyun kungi “Yong’oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3025-sonli Qarorining ijrosi yuzasidan Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi hamda Fermerlar Kengashi Farg’ona viloyati boshlig’ining hisobotini eshitish.

May oyi

Hududlarda o’rganish tashkil etish va yakuni bo’yicha doimiy komissiya yig’ilishida mansabdor shaxslar hisobotini eshitish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi, viloyat fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi,
Savdo-sanoat palatasi Farg’ona viloyat hududiy boshqarmasi, Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi

  1. 6.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 29 may kungi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to’lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5059-sonli Farmoni yuzasidan Farg’ona viloyati Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbari hisobotini eshitish.

Iyun oyi

Hududlarda o’rganish tashkil etish va yakuni bo’yicha doimiy komissiya yig’ilishida mansabdor shaxslar hisobotini eshitish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyati Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, “Farg’ona elektr tarmoqlari hududiy korxonasi” AJ, “Farg’onagaz” xududiy filiali, viloyat Davlat soliq boshqarmasi

  1. 7.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 9 oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo’jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5199-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan viloyat hokimi o’rinbosari hisobotini eshitish.

Iyun oyi

Hududlarda o’rganish tashkil etish va yakuni bo’yicha doimiy komissiya yig’ilishida mansabdor shaxslar hisobotini eshitish

Doimiy komissiya a’zolari, Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi, viloyat fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi, Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi

  1. 8.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 20 apreldagi PQ-2907-sonli “Gaz ta’minoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorining viloyatdagi ijrosi yuzasidan o’rganish olib borish.

Iyul oyi

Hududlarda o’rganishlar olib borish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, “Farg’onagaz” xududiy filiali, Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi, viloyat Davlat soliq boshqarmasi

  1. 9.       

Farg’ona viloyati mahalliy byudjetining 2018 yil
1-yarim yillikda daromadi va xarajati ijrosi haqida viloyat DAVLAT SOLIQ BOShQARMASI va Moliya boshqarmasi boshliqlarining hisobotini eshitish.

Iyul oyi

O’rganish tashkil etish va yakuni bo’yicha doimiy komissiya yig’ilishida mansabdor shaxslar hisobotini eshitish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Moliya, viloyat Davlat soliq boshqarmasi, hududiy hokimliklar

10.  

Farg’ona viloyatining 2017 yil ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi yuzasidan Farg’ona viloyati Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig’ini hisobotini eshitish.

Avgust oyi

O’rganish tashkil etish va yakuni bo’yicha doimiy komissiya yig’ilishida muhokama etish

Doimiy komissiya a’zolari, Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi

11.  

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016 yil 29 dekabr kunidagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2707-sonli qarori ijrosi yuzasidan viloyatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Farg’ona viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig’i hisobotini eshitish.

Sentyabr oyi

Hududlarda o’rganishlar olib borish va yakuni bo’yicha doimiy komissiya yig’ilishida mansabdor shaxslar hisobotini eshitish, Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish Farg’ona viloyati xududiy boshqarmasi, hududiy hokimliklar

12.  

Iqtisodiyot tarmoqlariga chet el investitsiyalarini va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat hokimining o’rnbosari hisobotini eshitish.

Noyabr oyi

Hududlarda o’rganishlar olib borish va yakuni bo’yicha doimiy komissiya yig’ilishida mansabdor shaxslar hisobotini eshitish, Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, hamda masalaga daxldor viloyat boshqarmalari

II. «Ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari» doimiy komissiyasi

  1. 1.       

Doimiy komissiyaning 2018 yildagi ish rejasini tasdiqlash yuzasidan komissiyaning yig’ilishini o’tkazish.

Yanvar oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

O.Otaqulov,

Doimiy komissiya a’zolari

  1. 2.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 13 yanvardagi “2017 - 2020 yillarda shaharlarda arzon ko’p kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2728-sonli qarori ijrosi yuzasidan Farg’ona, Qo’qon shaharlarida ijrosini o’rganish

Fevral oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish va yig’ilishda muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, Markaziy bank bosh boshqarmasi, hokimlarning qurilish masalalari bo’yicha o’rinbosarlari

  1. 3.       

“Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infektsiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining viloyatda ijro etilishi yuzasidan viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’ining hisobotini eshitish.

Fevral oyi

Hududlarda o’rganish tashkil etish va doimiy komissiya yig’ilishida muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi

  1. 4.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 29 martdagi “O’zbekiston Respublikasi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-2857-sonli qarorining ijrosi yuzasidan hududlarda o’rganishlar olib borish.

Mart oyi

Doimiy komissiya yig’ilishida muhokama qilishva viloyat Kengash sessiyasiga taklif kiritish.

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi, Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi viloyat Kengashi

  1. 5.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 14 fevraldagi “Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tadbirlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2773-sonli qarorining ijrosi yuzasidan hududlarda monitoring olib borish.

Mart oyi

Doimiy komissiya yig’ilishida muhokama qilish.

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi, “Dori-darmon” ochiq aktsiyadorlik birlashmasi, Savdo-sanoat palatasi Farg’ona viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat Davlat soliq boshqarmasi

  1. 6.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
1 dekabrdagi PF-5270 sonli “Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonning ijrosini hududlarda o’rganish.

Aprel oyi

Doimiy komissiya yig’ilishida muhokama qilish.

Doimiy komissiya a’zolari, Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi viloyat Kengashi, viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi,  Bandlik bosh boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi

  1. 7.       

2017-2018 o’quv yili bitiruvchilarini amaliyot o’tashlari uchun korxonalarga biriktirish va keyinchalik ishga joylashishiga ko’maklashish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida monitoring olib borish.

May oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish va yig’ilishda muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, Ta’lim muassasalari, Bandlik bosh boshqarmasi, Markaziy bank bosh boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi

  1. 8.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi PQ-2705-sonli “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaror ijrosi yuzasidan hududlarda o’rganishlar tashkil etish

May oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish va yig’ilishda muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi viloyat Kengashi, viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi, Bandlik bosh boshqarmasi va “Nuroniy” jamg’armasi

  1. 9.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2016 yildagi PQ-2639 sonli “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo’yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to’g’risida”gi Qarorini tumanlarda ijrosini amalga oshirilishi bo’yicha O’zbekiston, Rishton, Toshloq va Quva tumanlari hokim o’rinbosarlari va tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlarini eshitish.

Iyun oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, Markaziy bank bosh boshqarmasi, viloyat “Mahalla” hayriya jamoat fondi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi.

10.  

Doimiy komissiya tomonidan 2018 yil 1-yarim yillikda olib borilgan ishlar, ish va media rejalarni bajarilishi yuzasidan doimiy komissiya a’zolarining hisobotlarini tayyorlash vatinglash.

Iyun oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish va yig’ilishda muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari

11.  

2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” viloyat dasturini 6 oyi davomida bajarilishi yuzasidan viloyat Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig’ining axborotini tinglash.

Iyul oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish va yig’ilishda muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi

12.  

Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa, moddiy yordam pullari va kompensatsiya to’lovlarining berilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli to’g’risida viloyat Moliya boshqarmasi boshlig’ining hisobotini tinglash.

Iyul oyi

Doimiy komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, Markaziy bank boshqarmasi, viloyat “Mahalla” hayriya jamoat fondi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi.

13.  

Ijtimoiy - ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish maqsadida fuqarolar o’rtasidagi sha’riy nikohlar hamda ajrimlarga barham berish bo’yicha Farg’ona va Quvasoy shaharlari, Toshloq, Farg’ona va Oliariq tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada bosh imom xatiblarning hamkorlikdagi ishlarini o’rganish

Avgust oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish.

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat bosh imom xatibi, viloyat “Mahalla” hayriya jamoat fondi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va ta’lim muassasalari

14.  

O’zbekiston Respublikasining “Voyaga etmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida”gi Qonunining viloyatda ijro etilishi yuzasidan voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha viloyat komissiyasi mas’ul kotibining axboroti.

Sentyabr oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, ta’lim muassasalari, viloyat “Mahalla” hayriya jamoat fondi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi

15.  

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
6 may kungi “Aholi bandligini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2960-sonli qarorining ijrosi yuzasidan hududlarda olib borilgan ishlar va o’rganishlar natijasi yuzasidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’ining axborotini eshitish.

Sentyabr oyi

Davra suhbati tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, viloyat “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Markaziy bank bosh boshqarmasi, viloyat Davlat soliq boshqarmasi, viloyat Moliya boshqarmasi

16.  

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017 yil 04 oktyabrdagi “Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo’yicha Parlament komissiyasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi KQ-252-III-sonli qarorining ijrosi yuzasidan hududlarda o’rganishlar olib borish va natijasi yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi muhokamasi kun tartibiga kiritish

Sentyabr oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi viloyat Kengashi, ta’lim muassasalari, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi.

17.  

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabr kungi “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3305-sonli Qarori asosida davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Farg’ona viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig’i hisobotini eshitish.

Oktyabr oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, Maktabgacha ta’lim, viloyat Moliya boshqarmasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish Farg’ona viloyati xududiy boshqarmasi, viloyat “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Savdo-sanoat palatasi

18.  

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
12 sentyabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3268-sonli qarorining ijrosi yuzasidan hududlarda o’rganishlar olib borish va natijasi yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi muhokamasi kun tartibiga kiritish

Dekabr oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi viloyat Kengashi, viloyat “Mahalla” hayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg’armasi

III. “Yoshlar siyosati va sog’lom avlodni tarbiyalash masalalari” doimiy komissiyasi

  1. 1.       

Doimiy komissiyaning 2017 yildagi faoliyati yakunlari hamda 2018 yildagi ish rejasini tasdiqlash yuzasidan doimiy komissiyaning yig’ilishini o’tkazish.

Yanvar oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari

  1. 2.       

Voyaga etmaganlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi hamkorliklar o’rnatish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida.

Fevral oyi

Doimiy monitoring olib borish, doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat IIB, viloyat “Mahalla” hayriya jamoat fondi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi

  1. 3.       

Aholini diniy-ekstremistik oqimlar ta’siriga tushishi mumkin bo’lgan omillarni aniqlash, mavjud muammolarni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish to’g’risida.

Mart oyi

O’rganishlar olib borish, doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat IIB, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi

  1. 4.       

Oliy va o’rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda maktablarda o’quvchi-talabalarning davomati qay darajada ekanligini nazorat qilish maqsadida, “Davomat tadbirlari” tashkil etish va ta’lim sifatini yanada yaxshilash bo’yicha ishlarni olib borish to’g’risida

Doimiy, reja asosida

Monitoring, nazorat-taxlil

Doimiy komissiya a’zolari, mutassaddi tashkilot va korxonalar

  1. 5.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining2017 yil
1 dekabrdagi PF-5270-sonli “Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoning ijrosi to’g’risida.

Aprel oyi

O’rganishlar olib borish, doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi

  1. 6.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 iyuldagi “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi
PQ-3137-sonli Qarori ijrosi to’g’risida.

May oyi

O’rganishlar olib borish, doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi

  1. 7.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2707-sonli qarorining tumanlardagi ijrosini o’rganish to’g’risida.

Iyun oyi

O’rganishlar olib borish, doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi

  1. 8.       

Ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida “Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar”, “Informatsion xurujlarning yoshlar ongiga ta’siri”, “Ommaviy axborot vositalari va yoshlar tarbiyasi” mavzularida davra suhbatlari, seminarlar o’tkazish.

Iyul oyi

Seminar va davra suxbatlari o’tkazish

Doimiy komissiya a’zolari, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, ta’lim muassasalari

  1. 9.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-sonli “Hududlarning jadal ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora - tadbirlar to’g’risida”gi Qarorini tumanlarda ijrosi to’g’risida.

Iyul oyi

O’rganishlar olib borish, doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari, mutassaddi tashkilot va korxonalar

10.  

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 6 may PQ-2960-sonli Qarori ijrosini joylarda olib borilgan o’rganishlar yakuni to’g’risida

Avgust oyi

O’rganishlar olib borish, doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari, tegishli viloyat boshqarma va tashkilot rahbarlari

11.  

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo’yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining Farg’ona, Quvasoy shaharlarida va Quva, Farg’ona, Yozyovon tumanlaridagi ijrosi to’g’risida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’ining hisobotini eshitish to’g’risida.

Sentyabr oyi

Doimiy komissiya tomonidan tanqidiy o’rganishlar olib borish hamda muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, shahar, tuman hokimliklari 

12.  

O’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishning ahvoli to’g’risida olib borilgan o’rganish yakunlari to’g’risida.

Sentyabr oyi

O’rganishlar olib borish, doimiy komissiya yig’ilishini tashkil etish

Doimiy komissiya a’zolari, ta’lim muassasalari, Bandlik bosh boshqarmasi

13.  

Yoshlar masalalari va tibbiyot tizimini takomillashtirish bilan bog’liq qonunlarni ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etish va takliflarni taqdim qilish

Oktyabr oyi

Amaliy faoliyat, monitoring, nazorat-taxlil

Doimiy komissiya a’zolari

14.  

Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan nogiron o’quvchilarga berilayotgan ta’lim sifati va ularga ko’rsatilayotgan ijtimoiy-homiylik yordamining ahvoli to’g’risida

Noyabr oyi

O’rganishlar olib borish, doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari, mutassaddi tashkilot va korxonalar

15.  

Xususiy tibbiyotni jadal rivojlantirish, ona va bola salomatligini asrash, sifatli va zamonaviy tibbiy yordam ko’rsatish, kasalliklarni barvaqt aniqlash, hududlardagi aholining turmush darajasini yaxshilash yuzasidan keng jamoatchilikdan takliflar olish.

Dekabr oyi

Amaliy faoliyat, monitoring, nazorat-taxlil

Doimiy komissiya a’zolari, mutassaddi tashkilot va korxonalar

IV. “Sanoat, transport, qurilish, kommunal masalalari va aholiga xizmat ko’rsatish” doimiy komissiyasi

  1. 1.       

Doimiy komissiyaning 2018 yildagi ish rejalarini tasdiqlash yuzasidan doimiy komissiyaning yig’ilishini o’tkazish.

Yanvar oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari

  1. 2.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 12 yanvarda “«Urgut», «G’ijduvon», «Qo’qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida”gi 4931-sonli Farmonning Qo’qon shahridagi ijrosini o’rganish va muhokama qilish.

Fevral oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish va yig’ilishda muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, Viloyat hokimligi, tegishli viloyat boshqarma va tashkilot rahbarlari

  1. 3.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yilning 22-23 iyun kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan yig’ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini o’rganish va muhokama qilish.

Mart oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat hokimligi va tegishli boshqarma va tashkilot rahbarlari

  1. 4.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo’yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to’g’risida”gi Qarorini hamda aholiga ko’p-qavatli uylar qurib topshirilishini viloyatdagi ijrosini o’rganish, muhokamalar o’tkazish va Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritish. (viloyat xokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, viloyat Davlat arxitektura va qurilish nazorati boshqarmasi bilan hamkorlikda)

Aprel oyi

Doimiy komissiya yig’ilishida ko’rib chiqish, xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasiga kiritish

Doimiy komissiya, Farg’ona viloyat xokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, viloyat “Qishloqqurilishbank”, viloyat teleradiokompaniyasi, viloyat Davlat arxitektura va qurilish nazorati boshqarmasi

  1. 5.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 21 apreldagi “2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-2916-sonli qarorining viloyatdagi ijrosini o’rganish va muhokama qilish.

May oyi

Doimiy komissiya yig’ilishida ko’rib chiqish

Doimiy komissiya, viloyat hokimligi, tegishli mas’ul tashkilotlar

  1. 6.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 10 yanvardagi PQ-2724-sonli "Aholiga transport xizmati ko’rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo’lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to’g’risida"gi qarorining Marg’ilon shahar va Yozyovon, Furqat tumanlaridagi ijrosini o’rganish.

Iyun oyi

Doimiy komissiya yig’ilishida ko’rib chiqish, xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasiga kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, shahar va tuman hokimliklari, O’zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligining viloyat hududiy bo’limi

  1. 7.       

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 10 yanvardagi “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlarni Beshariq, Bag’dod va Uchkuprik tumanlarida o’rganish va muhokama etish.

Iyul oyi

Qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish va muhokama etish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat uy-joy va kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmasi

  1. 8.       

Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunkatsiya va kommunal xo’jalik ishlari bo’yicha O’zbekiston, Dang’ara va Furqat tumanlari hokimlarining mas’ul o’rinbosarlarining birinchi yarim yllikda amalga oshirgan ishlar hisobotlarini eshitish.

Avgust oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat hokimi o’rinbosarlari

  1. 9.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016 yil 5 martdagi “2016-2020 yillarda meva sabzavot va go’sht-sut mahsulotlarining hom-ashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2505-sonli qarorining Buvayda, Quva tumanlari va Farg’ona shahridagi ijrosni o’rganish va muhokama qilish.

Sentyabr oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat hokimi o’rinbosarlari

10.  

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016 yil 21 dekabrdagi PQ-2687-sonli "2017-2019 yillarda to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida"gi Qarorining Farg’ona viloyatidagi ijrosini o’rganish.

Oktyabr oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, Iqtisodiyot va xududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasi

11.  

Farg’ona viloyatidagi yirik sanoat korxonalarida Farg’ona politexnika institutining professor o’qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy-texnologik ishlanmalarni, innovatsion g’oyalarlarni ishlab chiqarishga joriy etishga doir masalalar va yangi turdagi mahsulotlar turlarini ishlab chiqarishga bag’ishlangan ko’rgazmali seminar tashkil etish.

Noyabr oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish va yig’ilishda muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat hokimi o’rinbosarlari

12.  

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2015 yil 5 maydagi «2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida»gi PQ-2343-son qarori ijrosini Marg’ilon va Quvasoy shaharlarida bajarilishini o’rganish va muhokama qilish. (viloyat hokimligi mas’ul xodimlari bilan birgalikda)

Noyabr oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat hokimligi, Iqtisodiyot va xududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasi, “Farg’ona elektr tarmoqlari hududiy korxonasi” AJ

13.  

Aholiga kommunal xizmat ko’rsatishni yaxshilash borasida Farg’ona viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida viloyatning mas’ul rahbarlarining hisobotini eshitish va muhokama qilish.

Dekabr oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari, Viloyat hokimi o’rinbosarlari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari

14.  

“Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili”da Farg’ona viloyatida korxona, tashkilot va oliy o’quv yurtlari o’rtasida ishlab chiqilgan eng yaxshi innovatsion loyixani aniqlash va ishlab chiqarishga joriy etishga ko’maklashish

Dekabr oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat hokimligi, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda, oliy o’quv yurtlari

V. “Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari” doimiy komissiyasi

  1. 1.       

Doimiy komissiyasining 2017 yildagi faoliyati yakunlari va 2018 yildagi ish rejalarini tasdiqlash yuzasidan doimiy komissiyaning yig’ilishini o’tkazish.

Yanvar oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari

  1. 2.       

Hududlarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish Respublika Komissiyasi hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2017 yil 12 dekabrda bo’lib o’tgan yig’ilishidagi qo’shma qarorida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini o’rnatish.

Fevral oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish va yig’ilishda muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi

  1. 3.       

Og’ir va o’ta og’ir jinoyatlar oshgan Qo’qon shahri, Beshariq, Furqat, Uchko’prik, Bag’dod va Quva tumanlarida mavjud holatni o’rganish va sektorlar kesimida tahlil qilish.

Mart oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Adliya boshqarmasi

  1. 4.       

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda qonunning mazmun-mohiyatini targ’ib etishga oid tadbirlarni bajarilishi holatini o’rganish.

Doimiy

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, tegishli mas’ullar

  1. 5.       

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi Farg’ona viloyat kengashi tomonidan yoshlar va voyaga etmaganlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni Oltiariq va  Quva tumanlarida o’rganish, shu masalada seminarlar o’tkazish.

Mart oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat IIB, XTB, O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi boshqarmalari

  1. 6.       

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi viloyat kengashi tomonidan “Mening mahallamda jinoyat sodir etilmasligi kerak” shiori ostida olib borilayotgan ishlarning holati hamda 2017 yilda jinoyat oshgan mahallalarda bajarilgan ishlar muhokamasi.

Aprel oyi

Komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat “Mahalla” hayriya jamoat fondi

  1. 7.       

Prezidentimizning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida Toshloq va Beshariq tumanlarida olib borilayotgan ishlarni o’rganish.

Aprel oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, Toshloq va Beshariq tuman hokimliklari

  1. 8.       

Farg’ona davlat universitetida “Korruptsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar o’tkazish.

Iyun oyi

Seminar tashkil etish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Adliya boshqarmasi

  1. 9.       

O’zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o’tash tartibi to’g’risida”gi Qonuni ijrosi bo’yicha viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan vazifalarning holati va samaradorligi yuzasidan komissiyada hisobotni eshitish.

Iyun oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiyasi a’zolari, viloyat IIB

10.  

Bandlikni ta’minlash dasturi, noqonuniy mehnat migratsiyasini oldini olish, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida So’x, Farg’ona va Dang’ara tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish.

Iyun oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi

11.  

Chorshanba “Yong’inlar profilaktikasi kuni” doirasida viloyatda olib borilayotgan ishlar yuzasidan viloyat IIB YoXB boshlig’ining hisobotini eshitish

(viloyat IIB boshqarmasi binosida)

Iyul oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish va yig’ilishda muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat IIB YoXB boshqarmasi

12.  

“Faol tadbirkorlik, innavatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturini ijrosini ta’minlash hamda unda belgilangan vazifalarni targ’ib etish maqsadida turli davra suhbatlari, tadbirlar o’tkazish.

Iyul oyi

Farg’ona shahri, Yozyovon, Toshloq tumanlari hokimliklari bilan hamkorlikda

Doimiy komissiya a’zolari

13.  

O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonunini Qo’qon shahri, Oltiariq tumanida ijro etilishini o’rganish va muhokama qilish.

Avgust oyi

O’rganishni tashkil etish va ishchi guruh tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari

14.  

O’zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy hizmatlar to’g’risida”gi Qonuni ijrosi bo’yicha Furqat, Buvayda tumanlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini tahlil qilish va o’rganish.

Sentyabr oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish va yig’ilishda muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari

15.  

“Deputat so’rovi qanday bo’lishi kerak?” Doimiy komissiya tomonidan shahar va tumanlar mahalliy kengashlari deputatlari ishtirokida mazkur mavzuda seminar tashkil etish.

Oktyabr oyi

Seminar o’tkazish

Doimiy komissiya a’zolari, tegishli mas’ullar

16.  

O’zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonunini Quva tumani va Quvasoy shahrida ijro etilishini o’rganish, muhokama qilish hamda kengash sessiyasiga kiritish. (viloyat IIB, “Nuroniy ” jamg’armasi viloyat bo’limi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi viloyat Kengashi hamda Ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat bo’limi hamkorligida)

Noyabr oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat IIB, “Nuroniy ” jamg’armasi viloyat bo’limi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat IIB hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi

17.  

Viloyatdagi sog’liqni saqlash muassasalarida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, hududlarda dori-darmonlar savdosining holatini o’rganish va sessiyaga kiritish.

Dekabr oyi

Ishchi guruh tuzish va o’rganishni tashkil etish

Doimiy komissiya a’zolari, tegishli mas’ullar

18.  

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarni aholi o’rtasida keng targ’ib qilib borish. (Har bir deputat joylarda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini aholiga etkazish maqsadida targ’ibotlarni amalga oshirishi lozim.)

Yanvar-dekabr

Aholi bilan seminar, davra suhbati va uchrashuvlar tashkil etish

Doimiy komissiya a’zolari, tegishli mas’ullar

19.  

“Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari” doimiy komissiyasi faoliyatining dolzarb jihatlarini ommaviy axborot vositalari va rasmiy veb-saytlarda yoritib borilishini ta’minlash.

Yanvar-dekabr

O’tkaziladigan tadbirlarni OAV orqali yoritish va yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini sharhlovchi maqolalar chop etish

Doimiy komissiya a’zolari, tegishli mas’ullar

VI. “Agrar, suv xo’jaligi masalalari va ekologiya” doimiy komissiyasi

  1. 1.       

Tanqidiy taxlil, Qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik mezoni bo’yicha doimiy komissiyaning
2017 yildagi faoliyati yakunlari va 2018 yildagi ish rejalarini tasdiqlash.

Yanvar oyi

Doimiy komissiya yig’ilishida ko’rib chiqish

Doimiy komissiya raisi A.Raxmatillaev va komissiya  a’zolari

  1. 2.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha qabul qilingan harakatlar strategiyasi dasturi loyihasining keng jamoatchilik o’rtasida targ’ibot qilish.

Fevral oyi

Doimiy komissiya yig’ilishida ko’rib chiqish 

Doimiy komissiya a’zolari

  1. 3.       

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni talablaridan kelib chiqib, Qishloq va suv xo’jaligi masalalariga oid virtual qabulxonaga qilingan murojaatlarni Quvasoy shahar, Quva, Toshloq, tumanlari misolida o’rganish.

Mart oyi

Natijasini doimiy komissiya yig’ilishida ko’rib, chora-tadbir belgilash

Doimiy komissiya a’zolari

  1. 4.       

O’zbekiston Respublikasi Perezidentining
2017 yil 13 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi kuni” bayram tadbirida belgilangan vazifalaridan kelib chiqqan holda, “Qishloq xo’jaligining mavjud imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish, sohada iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish, ilm-fan yutuqlari va innovatsion yangiliklarni tizimli joriy etish va oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3432-sonli qarori ijrosini  Beshariq, Furqat, Dang’ara, Farg’ona va Yozyovon tumanlarida o’rganish va muhokama qilish. (viloyat Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi, Viloyat fermerlar, dexqon va aholi tomorqalari Kengashi hamkorligida)

Aprel oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi va viloyat fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi

  1. 5.       

O’zbekiston Respublikasining “Veterinariya to’g’risida”gi va “Naslchilik to’g’risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan Bog’dod, Quva, Qo’shtepa, Toshloq, Rishton va O’zbekiston tumanlarida o’rganishlar olib borish, doimiy komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish (viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi, viloyat fermerlar, dehqon va aholi tomorqalari Kengashi bilan birgalikda)

May oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi va viloyat fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi

  1. 6.       

“Agrar sektordagi tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari: muammolar va ularni hal qilish yo’llari” mavzusida viloyat Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasida konferentsiya o’tkazish. (viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi, viloyat fermerlar, dehqon va aholi tomorqalari Kengashi bilan birgalikda)

Iyun oyi

Konferentsiya o’tkazish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi

  1. 7.       

“Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash, ekin maydonlaridan foydalanishning kafolati” mavzusida Sirdaryo-So’x irrigatsiya xavzalari boshqarmasida seminar trening o’tkazish.

Iyul oyi

Seminar trening o’tkazish.

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi, Sirdaryo-So’x irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi, viloyat fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi

  1. 8.       

O’zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi hamda “Ekologik nazorat to’g’risida”gi Qonuni va qonunosti hujjatlari asosida Quvasoy shahri va Beshariq tumanlaridagi o’zini o’zi boshqarish organlarida tashkil etilgan Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha jamoatchilik komissiyalari ish faoliyatini o’rganish, muhokama qilish hamda Kengash sessiyasiga kiritish. (viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, O’zbekiston ekologik harakati Farg’ona viloyati hududiy bo’linmasi bilan birgalikda)

Avgust oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi

  1. 9.       

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 9 oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo’jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PF-5199-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan viloyatda olib borilayotgan ishlarni tanqidiy o’rganish.

Sentyabr oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muhokama qilish va Kengash sessiyasiga taklif kiritish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi hamda viloyat fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi

10.  

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2018 yil 2 fevraldagi “2018 yil mavsumida ekin maydonlarini suv bilan kafolatli ta’minlash va suv tanqisligi salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlar to’g’risida”gi 74-sonli qarori ijrosi yuzasidan viloyatda belgilangan tadbirlarni bajarilishi va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tanqidiy o’rganish.

Sentyabr oyi

Doimiy komissiya yig’ilishida ko’rib chiqish

Doimiy komissiya a’zolari, Sirdaryo-So’x irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi hamda shahar va tuman irrigatsiya bo’limlari

11.  

Viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi, Viloyat fermerlar, dehqon va aholi tomorqalari Kengashi rahbarlarining hisobotlari eshitib borish.

Oktyabr oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish va yig’ilishda muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari, viloyat Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi, viloyat fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi

12.  

2018 yil “Faol tadbirkorlik innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilgan tadbirlarni ijrosi bo’yicha tumanlarda bajarilayotgan ishlarni o’rganib, amaliy yordam ko’rsatish.

Noyabr oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish va yig’ilishda muhokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari


 

VII. “Reglament va deputatlik odobi masalalari” doimiy komissiyasi

  1. 1.       

Doimiy komissiyasining 2017 yildagi faoliyati yakunlari va 2018 yildagi ish rejalarini tasdiqlash yuzasidan doimiy komissiyaning yig’ilishini o’tkazish.

Yanvar oyi

Doimiy komissiya yig’ilishini tashkil qilish

Doimiy komissiya a’zolari

  1. 2.       

Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarining doimiy komissiyalari har oyda bir marotaba komissiya yig’ilishini o’tkazish va belgilangan ish rejani bajarilishi va boshqa faoliyatlari taxlilini olib borish va yig’ilish bayonlarini rasmiylashtirib borilishi yuzasidan Qo’qon, Rishton va Quva tumanlarida o’rganishlar olib borish.

Aprel oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muxokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari

  1. 3.       

Mahalliy Kengashlar va ularning doimiy komissiyalari o’z qarorlarining ijrosiga oid masalalarni Kengashlar sessiyalari va doimiy komissiyalar majlislarida muhokama qilib borish, mahalliy Kengashlar va ular tomonidan doimiy komissiyalar qarorlarini ijrochilarga o’z vaqtida etkazish, jo’natilgan qarorlar ijrosi yuzasidan esa tegishli axborotlarni talab qilib olib, taxlil qilib borilishi; Mahalliy Kengashlarda deputatlik so’rovi yuborish, ular yuzasidan javoblar olish hamda muhokama qilish amaliyotini ham takomillashtirib borish, mahallliy Kengashlarning deputatlari o’zlari tomonidan tegishli tuzilmalarga jo’natilgan har qanday murojaatni deputatlik so’rovi sifatida talqin qilib borilishi Marg’ilon va Farg’ona shaharlari, O’zbekiston va Furqat tumanlarida o’rganishlar olib borish.

Iyun oyi

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muxokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari

  1. 4.       

“Yoshlarga oid davlat siyosati” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni asosida qonunosti hujjatlarini ijrosi yuzasidan Quvasoy shahri, Oltiariq va Dang’ara tumanlari kesimida monitoringlar va muhokamalar o’tkazish hamda Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritish.

Iyul oyi

Monitoring va muxokamalar o’tkazish

Doimiy komissiya a’zolari viloyat “Mahalla” jamoat fondi, “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi,  O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat Ma’naviyat va targ’ibot markazi

  1. 5.       

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining Marg’ilon shahri, Quva, Uchko’prik tumanlarida ijro etilishini o’rganish va muhokama qilish hamda yarim yillik va yil yakuni bo’yicha Kengash sessiya kun tartibiga kiritish. (Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar havfsizligini ta’minlash masalalari doimiy komissiyasi bilan birgalikda)

Avgust va dekabr oylari

Hududlarda o’rganishlar tashkil qilish va taxlil qilish

Doimiy komissiya a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar havfsizligini ta’minlash masalalari doimiy komissiyasi a’zolari

  1. 6.       

2018 yil - “Faol tadbirkorlik innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili”da Xalq deputatlari viloyat, tumanlar va shaharlar Kengashlarining deputatlarining faoliyatini tanqidiy o’rganish, o’z hududlarida saylovchilar bilan uchrashuv jadvaliga asosan uchrashuvlarni tashkil etilishi, ko’tarilgan masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilash ijrosi yuzasidan Toshloq va Uchko’prik tumanlarida deputatlik nazorati o’rnatilganligi yuzasidan o’rganishlar olib borish.

Doimiy

O’rganishlar olib borish, komissiya yig’ilishida muxokama qilish

Doimiy komissiya a’zolari

  1. 7.       

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlar faoliyatini o’rganish va viloyat Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish

Sentyabr oyi

Xududlardagi deputatlar faoliyatini o’rganib, viloyat Kengashi sessiyasiga kiritish

Doimiy komissiya a’zolari

  1. 8.       

Viloyatda yoshlar bilan ishlash, ular o’rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni Farg’ona, Qo’qon shaharlari va Qo’shtepa tumanlarida o’rganish va Kengash sessiyalariga kiritish.

Noyabr oyi

Olib borilayotgan ishlarni o’rganish va joylarda seminar va davra suxbatlari tashkil qilish.

Doimiy komissiya a’zolari, O’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi va viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, viloyat IIB, viloyat “Maxalla” jamoat fondi, “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat Ma’naviyat va targ’ibot markazi