Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

ISTIQBOLLI LOYIHALAR – FAROVONLIKNI TA’MINLAYDI

 2017-04-17 14:11:24    905

PDF yuklash
Chop etish


viloyatimizda qishloq xo’jaligining 9 ta sohasini rivojlantirish bo’yicha keng    ko’lamli sa’y-harakatlar amalga oshirilyapti

 

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan meva-sabzavotchilik, asalarichilik, baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, chorvachilik, echkichilik, terini qayta ishlash hamda uzumchilik sohalarini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilayotgani bejiz emas.

Ta’kidlash joizki, qishloq xo’jaligining 9 ta sohasini rivojlantirish bo’yicha joriy yilda viloyatimizda 481 ta loyihalarni ishga tushirish belgilangan. Bu loyihalarni amalga oshirish uchun 240 mlrd. so’m talab etilishi hisob-kitob qilinib, uning 139,7 mlrd. so’mi tijorat banklari kredit mablag’lari hisobiga ro’yobga chiqarilishi rejalashtirildi. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi viloyatimizda 4533 ta yangi ish o’rinlari yaratilishini ta’minlaydi.

Hozirgi kungacha qariyb 100 ta loyiha amaliyotga joriy etilib, birgina qoramolchilik tarmog’ida hayotga tatbiq etilgan loyihalar 63 tani tashkil etdi. Sabzavotchilik sohasida 13 ta loyiha amalga oshirilgan bo’lsa, parrandachilik va uzumchilik yo’nalishlarida 9 tadan loyihalar ro’yobga chiqarildi. O’z navbatida asalarichilik, baliqchilik va terini qayta ishlash bo’yicha ham loyihalar amalga oshirilishi ta’minlandi. Buning uchun 42,2 mlrd. so’m mablag’lar sarflanib, 750 ga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi.

Shu kunlarda viloyatimizda 2017 yilda meva-sabzavot mahsulotlari etishtirishni keskin ko’paytirish va eksport salohiyatini oshirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar Dasturi doirasidagi muhim yumushlar ijrosiga kirishilgan. Bu yil viloyatimizda 2 mln. 405 ming tonna meva-sabzavot, poliz mahsulotlari etishtirish rejalashtirilgan bo’lib, hozirda fermer, dehqon xo’jaliklari va aholi tomonidan ekinlarni ekish va parvarishlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, viloyatda meva-sabzavot mahsulotlarini yig’ish, qayta ishlash, sifatli qadoqlash, saqlash imkoniyatiga ega bo’lgan 3 ta logistik markazlar barpo etilishi ko’zda tutilayotgani ham e’tiborga sazovordir.

– Ayni paytda “Big agro logistik” MChJ qurilishi uchun 2,5 gektar er ajratilib, zamonaviy loyiha asosida qurilish ishlari olib borilyapti,-deydi Quva tumani hokimligi iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo’limi boshlig’i Xolmuhammad Rahimov. – Belgilangan rejaga ko’ra 2000 tonna sig’imga ega muzlatgichli omborxona, 2500 tonna qishloq xo’jaligi mahsulotlarini kalibrovkalash, 12 ming dona tara-qadoqlash tsexi qurilishi joriy yilning iyun oyiga bitkazilishi zarur. Dastur doirasida 27 gektar maydonda intensiv ravishda gilos bog’ini barpo etish ham ko’zda tutilgan.

Joriy yilning o’zida uzumchilik yo’nalishida 29 ta loyiha doirasida 157 gektar uzumzor barpo etish rejalashtirilyapti. Birinchi chorakning o’zida 9 ta uzumchilik xo’jaliklari tashkil etildi. Ayni kunlarda viloyatimizda barcha toifadagi uzumzorlar maydoni 6887 gektarga etdi. Shundan 6141 gektar maydonda xo’raki, 21 gektarda kishmishbop va 725 gektarda sanoatbop turdagi uzum navlari parvarishlanmoqda. 

– Farg’ona tumanining hosildor erlarida barpo etgan uzumzorlarimiz 600 gektarga yaqinlashdi, – deya suhbatimizni davom ettiradi “Mindonobod agrosanoat” agrofirmasi rahbari Mo’minjon Mamadaliev. – Dastur bo’yicha yana 110 gektar erda sanoatbop uzum navlarini etishtirish bo’yicha bog’ barpo etish ishlari jadallik bilan davom ettirilyapti.

Shuningdek, mazkur agrofirma qoshida yillik quvvati 3000 tonna bo’lgan uzumni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona tashkil etish loyihasi ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Tajriba tariqasida korxonada tayyorlangan uzum shartbatlari eksport qilinib, bugungi kunda mutaxassislar tomonidan xorijlik hamkorlar bilan jahon bozoridagi talab va taklifni o’rganish ishlari olib borilmoqda.

        Xulosa o’rnida aytganda, qishloq xo’jaligi tarmoqlarida hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar yurt obodligi va xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.