Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Noyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 159 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O‘quvchilarga viloyat hokimi sovg‘asi

×

 2018-09-20 12:05:09    227

PDF yuklash
Chop etish


Bag‘dod tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktab partalarini yangilash uchun 1 milliard 30 million so‘mlik jihozlar viloyat hokimi sovg‘asi sifatida tuhfa etildi.

Bunday e’tibor va rag‘bat soha fidoyilarini behad mamnun etib, yangi-yangi ezgu tashabbuslarni amaliyotga joriy etishga undaydi.

Yangi o‘quv yili bag‘dodlik o‘quvchilar uchun bu kabi ko‘plab xushxabarlarni taqdim etgani bilan ahamiyatlidir. Investitsiya va “Obod qishloq” dasturlari asosida tumandagi 600 nafardan ziyod o‘quvchi bilim oladigan 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1 milliard 178 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada bilim dargohining tashqi ko‘rinishi, sinf xonalari, faollar zali, oshxona zamonaviy mezonlar bo‘yicha yangilandi. Maktab hovlisiga asfalt yotqizilib, hudud to‘liq obodonlashtirildi.

Bu yil 1-sinfga qabul qilingan 60 nafar o‘g‘il-qizlarga ta’lim-tarbiya berishni boshlagan Sayyora Roziqova, Odina Xoliqova singari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining quvonchi cheksiz. Boisi ustozlar dars va amaliy mashg‘ulotlarni mukammal darajada olib borishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo. Ta’lim muassasasi ingliz, nemis tillarini o‘qitishda ham juda katta salohiyatga ega bo‘lib, buning samarasi sifatida o‘quvchilar o‘z iqtidorlarini bir necha tillarda namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

Oyjamol Hotamova iste’dodli rassom sifatida tuman, viloyat miqyosidagi ko‘plab tanlovlarda faol ishtirok etib keladi. Ayni paytda maktabda tashkil etilgan rassomchilik to‘garagida uning munosib izdoshlari tarbiyalanayotgani e’tiborga sazovordir.

Bugungi kunda 750 nafar ertangi kun egalari tahsil olayotgan 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida hayotga tatbiq etilgan yana bir ezgu tashabbus tahsinga loyiq. Gap shundaki, “O‘zaro almashlab o‘qiymiz” shiori ostida maktabda ko‘chma kutubxona tashkil etilib, qisqa vaqt ichida o‘quvchilar o‘zaro almashtirib o‘qiyotgan badiiy adabiyotlar 50 tadan 300 donaga etdi. Hozircha Said Ahmad, O‘tkir Hoshimov, Tohir Malik kitoblari hamda Boburning “Boburnoma” asari eng ko‘p o‘qilgan badiiy asarlar sifatida e’tirof etildi. Sardorbek Abduxalilov, Husnida O‘rinboevalar eng kitobxon o‘quvchilar sifatida tan olindi. O‘tgan yili bilimlar bellashuvida ingliz tili fanidan tumanda g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichida qatnashgan 9-sinf o‘quvchisi Gulmira Abdujalilova, eng ko‘p o‘quvchilari oliy ta’lim muassasasiga kirgan nemis tili fani o‘qituvchisi Laylo Ne’matovaga eng sara kitoblar sovg‘a tariqasida topshirildi.

Ota-onalar bilan o‘zaro maslahatlashib, har kuni bir soatni “Kitobxonlik soati” sifatida e’lon qildik,-deydi maktab direktori Sohiba Berdalieva. – Bugungi kunda ko‘plab ota-onalar o‘zlarining sevimli kitoblariga eng ezgu tilaklarini yozib, kutubxonamizga olib kelishmoqda.

Ta’lim muassasasida o‘qituvchi hamda o‘quvchilar o‘rtasida innovatsion g‘oya va texnologiyalar tanlovi ham e’lon qilingan bo‘lib, faol ishtirokchilar, g‘oliblar haqida maktab miqyosida nashr etiladigan “Iqtidor” gazetasida keng yoritib boriladi.

Bag‘dod tumani xalq ta’limi bo‘limi tomonidan esa yaqin istiqbolda yana shu singari ko‘plab ezgu tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda.

 

 Botir MADIYOROV