Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Noyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Hayotiy va ilmiy tajriba uyg‘unligi: Paxtachilikda zamonaviy yondashuv samarasi

×

 2018-10-15 18:15:45    174

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani mirishkorlari viloyatimiz va mamlakatimizda birinchi bo‘lib davlatga paxta topshirish shartnoma rejasini bajardilar.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligi, xususan, paxtachilik sohasiga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida ko‘plab ezgu tashabbuslar hayotga tatbiq etilyapti.

Bu kabi hayotbaxsh islohotlar samarasi sifatida viloyatimiz qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida bir qator istiqbolli tashabbuslar ro‘yobga chiqarilayotgani e’tiborga sazovordir.

Ma’lumki, joriy dehqonchilik yilida Rishton tumanida paxtachilikda yangi innovatsion g‘oya – klaster usuli asosida faoliyat olib borildi. Paxtachilik sohasining kelajagi sifatida qaralayotgan ushbu usul dastlabki yilning o‘zidayoq juda katta samara berishi natijasida Rishton tumani mirishkorlari ana shunday ulkan yutuqqa erishdilar.

2018 yilgi dehqonchilik yilida tumanda 324 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 6245 gektar yerga baraka urug‘i qadalgan edi. Erta bahordan zamonaviy mezonlar bo‘yicha agrotexnik tadbirlar olib borilib, barcha fermer xo‘jaliklarida mo‘l hosil etishtirildi. Tumanda 113 ta yig‘im-terim otryadi shakllantirildi va 22 ish kunida belgilangan davlat shartnoma rejasi yuz foizga bajarildi.

Qabul punktlariga yetkazib berilgan  13 ming 341 tonnadan ortiq sifatli sanoat xom ashyosi to‘liq birinchi navga  topshirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, birinchi terimning o‘zida yuzdan ortiq fermer xo‘jaliklari shartnoma rejasini uddalashdi. Tumandagi 20 ga yaqin fermer xo‘jaliklari 40 sentnerdan, 40 dan ziyod fermer xo‘jaliklari 35-38, 50 tadan ko‘proq fermer xo‘jaliklari 30-34 sentnerdan hosil olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Klaster – paxtachilik tarmog‘ining yangi istiqbolini ta’minlaydi,-deydi “RusO‘zbekteks” MCHJ ta’sischisi Magomed Kostoev. – YAqin kelajakda Rishton paxta tozalash zavodi hududida yog‘-moy kombinati, chorvachilik kompleksi, sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi, to‘quvchilik fabrikasi singari bir necha sanoat korxonalarini qurishni rejalashtirganmiz. Bunday loyihalarni amalga oshirish orqali tumanda minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Ayni kunlarda M. Topiboldiev MMTPda 18 ta, T. Ahmedov MMTPda 19 ta, “Yoshlik” MMTPda 13 ta, “Mehnatobod” MMTPda 13 ta, “To‘da” MMTPda 11 ta fermer xo‘jaliklari tumanda birinchilardan bo‘lib shartnoma rejasini bajargan xo‘jaliklar sifatida munosib rag‘batlantirildi.

“YOshlik nurafshon dalasi” fermer xo‘jaligi a’zolari qariyb 15 gektar erda parvarishlangan paxtadan rejadagi 29,4 o‘rniga 40 tonnadan ziyod hosil yig‘ib olib, shartnoma rejasini 150 foizga bajarishga erishishdi.

Bu yildan g‘o‘za ekinlari zararkunandalariga qarshi kimyoviy ishlov berish, biologik va kimyoviy usuldan samarali foydalanish borasida o‘ziga xos yangiliklar joriy etildi,-deydi fermer biz bilan suhbatda. – Mazkur jarayonda qishloq xo‘jaligi sohasi olimlari va ixtisoslashgan ilmiy markazlar mutaxassislari bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bizning erlarimiz Markaziy Farg‘onaning dehqonchilik uchun biroz noqulay hududida joylashgan. Ammo qisqa muddat mobaynida har gektar erdan olinadigan hosildorlikni o‘rtacha 6-7 sentnerga oshirishga muvaffaq bo‘ldik. Bunday natija barchamizni behad quvontiradi, albatta.

E’tibor va rag‘bat yutuqlar samarasini ta’minlovchi muhim omildir. Paxta yig‘im-terimi mavsumida tumanda kuniga o‘rtacha 11-12 ming nafargacha terimchilar ishtirok etishdi. Ularga birinchi terim uchun har bir kilogramm paxtaga 800 so‘m, ikkinchi terimga 900 so‘mdan haq to‘lab berildi. Rishtonlik fermerlar dalasiga qo‘shni Bag‘dod, Buvayda tumanlaridan ham hasharchilar o‘z ixtiyorlari bilan terimga kelishdi.

“Otaxonboy bog‘i” fermer xo‘jaligi rahbari Ilyosbek Nazarov tumandagi yosh fermerlar sirasiga kiradi. Fermer xo‘jaligi a’zolari joriy yilda 24,9 gektar erda “Namangan-77” navli urug‘lik paxta etishtirishdi. Birinchi terimning o‘zida har gektar erdan olingan hosil salmog‘i 32 sentnerni tashkil etib, reja 102,5 foizga bajarildi. Daladagi hosilni hisob-kitob qilgan xo‘jalik a’zolari har gektar erdan qo‘shimcha yana 10 sentnerdan hosil olish orqali hosildorlikni 40 sentnerdan oshirishni mo‘ljallab turishibdi.

Fermerning qayd etishicha, dalalarida ikkinchi terim ham xuddi birinchi terim singari  ochilib turibdi. U paxtachilik tarmog‘idan oladigan sof daromadi hisobiga chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik va asalarichilikni yanada rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Rishton tumani fermer xo‘jaliklari erishgan ulkan yutuq viloyat hokimi SHuhrat G‘aniev tomonidan yuksak e’tirof etilib, bu tajribadan viloyatimizning barcha tumanlari va fermer xo‘jaliklari ibrat olishlari zarurligini ta’kidladi. Tuman  hokimligi tomonidan esa rejani 130 foizdan oshirib bajargan 10 nafar ilg‘or fermerlarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Rishton tumani fermer xo‘jaliklari daladagi hosilni chamalab, yana 5 ming tonna paxta hosili yig‘ishtirib olish yuzasidan murojaatnoma qabul qildilar.

Zaylobiddin YIGITALIEV,

Botir MADIYOROV,

“Farg‘ona haqiqati” maxsus muxbirlari.