Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Noyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Qaror ijrosi: Muammolarga ijobiy yechim topilishi tadbirkorlikni rivojlantirishda muhimdir

 2018-10-15 18:21:18    150

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini ko‘rib chiqish, ularni amalga oshirish,  ishlab chiqarish ob’yektlari, yer uchastkalari, kredit mablag‘larini ajratish,  yalpi hududiy mahsulot hajmi va sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish hamda xizmatlar sohasini rivojlantirish bugungi kunning ustuvor vazifasi sifatida belgilangan.

Joriy yilning 11 sentyabrida “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori aynan ana shu vazifalarni bajarishga qaratilganligi bilan muhimdir.

Xabaringiz bor, viloyatimizda mazkur qaror ijrosini ta’minlash, bu sohadagi loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularni amalga oshirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida hududiy ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda. Ishchi guruhi a’zolarining joylarda ishbilarmonlar vakillari bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lishi esa to‘planib turgan masalalar yechilishiga xizmat qilyapti.

Beshariq tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammo, taklif va loyihalarini o‘rtaga tashladilar.

Suhbatlar davomida parrandachilikka ixtisoslashtirilgan korxonalar  rahbarlari va tadbirkorlar tomonidan eskport, ozuqa jamg‘arish, yer berish, shuningdek, buzib tashlangan dorixonalarga joy ajratish masalalari ko‘tarildi.

2017 yilda tashkil topgan “Aziz-Kamron” MCHJ rahbari Muxtorjon Allaberdiev meva, aniqrog‘i yong‘oq eksporti bilan shug‘ullanadi. 2018 yilda 150 ming dollarlik 23 tonna yong‘oq eksporti amalga oshirilgan bo‘lsa, hozir u yana 1 million 200 ming dollarlik, ya’ni 200 tonna uchun buyurtma olgan.

– Shuning uchun yong‘oqzor tashkil etish niyatim bor, – deydi jamiyat rahbari Muxtorjon Allaberdiev. – Serhosil yong‘oq ko‘chatlari ikki-uch yildayoq meva beradi. Shunda mening boshqa viloyatlardan yong‘oq izlab yurishimga chek qo‘yilardi, viloyatimizda ham yong‘oqchilik yanada rivojlanardi. Shuningdek, respublika ishchi guruhiga rossiyalik investorlarni jalb qilgan holda, tumanimizda suv qadoqlash, qog‘oz ishlab chiqarish, meva-sabzavotlarni qayta ishlash kabi loyiha va takliflarimni ham aytdim. Bu tashabbuslarning amalga oshirilishi beshariqliklarning ish bilan ta’minlanishi demakdir.

 O‘zbekiston tumanida o‘tkazilgan muloqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu tumanda ham kredit olish, yer-joy ajratish masalalari tadbirkorlar oldida ko‘ndalang turibdi.

Uchrashuvda mehmonxona qurish, ekoturizmni rivojlantirish loyihalari va boshqa ko‘plab tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi alohida ta’kidlandi.

“Abduqahhor Mamatqulov” fermer xo‘jaligi Jahon bankidan kredit olib, Germaniyadan naslli qoramollar olib kelmoqchi. Fermer xo‘jaligi rahbari Abduqahhor Mamatqulovning ta’kidlashicha, 250 ming AQSH dollarlik 96 bosh zotdor mollar keltirilishi kredit bilan bog‘liq bo‘lib turibdi.

Sovuq kunlar tushib qoldi, qishgacha qoramollarni keltirib olishim judayam katta ahamiyatga ega, – deydi fermer – Ishchi guruhiga kreditimni tezlashtirib berish masalasini aytdim. Belorussiyadan texnikalar keltirishim kerak. Har bir o‘tayotgan kun men uchun g‘animat.

Uzumchilik yo‘nalishini bog‘dorchilik yo‘nalishiga o‘tkazish, “Har bir oila ­–tadbirkor” dasturi bo‘yicha kredit olish, issiqxona qurish masalalari Furqat tumanida uyushtirilgan suhbatlar davomida ko‘zga tashlandi.

“Hikmat avtosavdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 3 milliard so‘mlik avmobil savdo majmuasini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Qo‘shni O‘zbekiston, Beshariq tumanlari aholisi uchun ham  majmuada avtosalon, avtoservis, savdo do‘koni, avtoyuvish xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Tuman markaziga ko‘rk bag‘ishlaydigan, dasturga kiritilgan, katta magistral yo‘lda joylashgan, qo‘shimcha 20 ta ish o‘rni yaratiladigan bu katta avtosalon binosi foydalanishga tayyoru, birgina hujjat – “O‘zavtosanoat” kompaniyasining dillerlik shartnomasini ololmasdan turibdi. Majmuani shu sabab ishga tushirmagan bo‘lsa ham tadbirkor bankdan olgan kreditini to‘lashga majbur.

– 3 milliard so‘mlik investitsiya kiritish loyihasining 2,5 milliard so‘mi bank krediti edi, – deydi tadbirkor O‘. Tolipov. – 2017-2018 yil dasturiga kiritilgani uchun ob’ektni tezroq bitkazishga harakat qildik. Navbahor shaharchasi markazidagi bu binomiz bitta hujjat tufayli foydalanishga topshirilmay turibdi, 60 million bankka kreditni to‘layapmiz.

 Farg‘ona shahrida tashkil etilgan uchrashuvda ham tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan muammolarga ijobiy echim topishga harakat qilindi.

Sog‘lomlashtirish maskani qurilishi, dehqon xo‘jaligi hududidan joy ajratilishi, farmatsevtika mahsulotlari uchun xom ashyo – spirtni Farg‘onada tayyorlashga ruxsat berilishi kabi masalalar bilan chiqqan tadbirkorlarga qonun doirasida mumkin bo‘lgan barcha imtiyoz va yordamlar berilishi aytib o‘tildi.

Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hududiy ishchi guruhi tomonidan endi shahar va tumanlarda ko‘tarilgan masalalar natijasi bilan shug‘ullanishga kirishiladi.


Sohiba ABDURAHMONOVA.