Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Fevral 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

JANUBIY KOREYADA O‘ZBEK BIZNES MARKAZI OCHILDI

×

 2018-11-12 11:21:06    269

PDF yuklash
Chop etish



YAqinda O‘zbekistonga, xususan Farg‘ona viloyatiga Janubiy Koreya delegatsiyasi tashrif buyurgan edi. O‘zbek-Koreys hamkorligi haqida bergan axborotlarimizda har tomonlama aloqalarning mustahkamlanib borayotganligi borasida aytib o‘tgan edik. Jumladan, Farg‘ona viloyati hamda Koreya Respublikasining ayrim viloyatlari, shaharlari o‘rtasida allaqachon iqtisodiy, madaniy, oldi-sotdi va boshqa hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qator qo‘shma korxonalar qurilishi boshlangan.
Joriy yilning 9 noyabr kuni Koreyaning Incheon viloyatining Songdo shahrida O‘zbek-Koreya biznes markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bunda Farg‘ona viloyatidan jami 19 nafar, 15 ta madaniyat xodimlari, 3 ta viloyat hokimligi xodimlari va guruh rahbari Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Muhsinxo‘ja Abdurahmonov ishtirok etdilar.
Tadbirda Koreya diplomatik korpusi diplomatlari, boshqa davlat elchilari ham qatnashdilar. Ochilish marosimiga O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi Vitaliy Vasilevich Fen ham taklif qilingan.
SHuningdek, ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasiga qiziqishi bo‘lgan yoki avvaldan ishlab kelayotgan, kelajakda ishlamoqchi bo‘lgan tashkilotlar ham ishtirok etdilar.
Tadbirda Farg‘ona viloyatidan M.Abdurahmonov so‘zga chiqdi. Anjumanda ishtirok etgan koreyalik hamda o‘zbekistonlik san’atkorlarning chiqishlari barcha qatnashchilarga zavq ulashdi hamda do‘stlik aloqalarining kuchayishiga xizmat qildi.
Biznes markaz shu kuni Koreyaning “KOIMA” nomli degan importyorlar tashkilotiga a’zo bo‘ldi. 8000 ta importyor korxona “KOIMA” ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, bir yilda chet davlatlardan 500 million dollar mahsulot import qiladi. Tashkilot bir yillik umumiy import qiladigan summasining 5% ini O‘zbekistondan import qilishni o‘z zimmasiga oldi.
San’atkorlarimiz Koreyada o‘zbek diasporasi, ya’ni shu erda yashayotgan, ishlayotgan, o‘qiyotgan insonlar uchun Gangnam rayonida joylashgan “Hoji bobo” o‘zbek restoranida konsert qo‘ydilar.
11 noyabr kuni esa Koreyaning “Sungdu” erkin iqtisodiy zonasining majlislar zalida o‘zbek diasporasi va Koreya respublikasi fuqarolari uchun yana konsert namoyish etildi.
Koreyada o‘zbek biznes markazining ochilishi viloyatimiz eksport salohiyatining ortishiga, ishlab chiqarishning rivojlanishiga, tadbirkorlarning yangi texnologiyalar bilan sohani taraqqiy ettirishlariga keng yo‘l ochadi.
Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati