Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Xalqaro hunarmandlar festivali:

×

 2018-11-14 11:03:15    107

PDF yuklash
Chop etish



LATIF SHAHARNING HAYRATOMUZ MO‘‘JIZALARI

yurtimiz mehmonlari va xorijlik sayyohlarni birdek maftun etib, barchaga olam-olam zavq ulashadi

 

Ayni paytda mamlakatimizda hunarmandchilikning o‘ttizdan ortiq yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, naqsh va bezaklari, tayyorlanishi va jilo berish usullari, asl durdonalar yaratish jarayonidagi o‘ziga xos yondashuvlar orqali har bir yo‘nalishda o‘ziga xos mahorat maktablari shakllangan.

Bugun viloyatimizda hunarmandchilikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha to‘rt ming nafarga yaqin hunarmandlar faoliyat olib bormoqda. O‘z maktabiga ega, turli xalqaro ko‘rgazmalar va festivallarda muvaffaqiyatli qatnashib kelayotgan, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan farg‘onalik ko‘plab mashhur hunarmandlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Xalqaro hunarmandlar festivali har ikki yilda bir marta Qo‘qon shahrida o‘tkazilishi, mazkur festival turizm kalendar rejasiga kiritilishi milliy hunarmandchilik sohasida tajriba almashish, do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashdek ezgu maqsadlar yo‘lida qutlug‘ qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Festival kunlari tarixiy ziyoratgohlar bo‘ylab uyushtiriladigan sayyohatlar, hunarmandchilik va milliy liboslar ko‘rgazmalari, badiiy va hujjatli filmlar tomoshalari, kitoblar, albom va fotosuratlar savdolari,  askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalari, polvonlar chiqishlari xalqimizning asrlar mobaynida sayqallanib kelayotgan qadriabad qadriyatlarini butun dunyoga ko‘z-ko‘z etadi.     

-  Hozirgi kunda Qo‘qon shahrida 62 madaniy meros ob’ektlari mavjud bo‘lib, Xudoyorxon o‘rdasi, Jome’ masjidi, Norbo‘tabiy va Sohibzoda Hazrat madrasalari, Modarixon dahmasi va Dahmai shohon kabi ziyoratgohlar hamisha sayyohlar e’tiborida bo‘lib kelmoqda,-deydi Farg‘ona va Namangan viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish davlat inspeksiyasi rahbari, ishchi guruhi a’zosi Saidumar Usmonov. – Festivalga tayyorgarlik ishlari jarayonida har bir madaniy meros ob’ekti bo‘yicha turli tillarda bukletlar tayyorlash, tashrif buyuruvchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

“Hunarmand” uyushmasi viloyat bo‘limi raisi, ishchi guruhi a’zosi Rasuljon Mirzaahmedovning e’tirof etishicha, bugungi kunda Qo‘qon shahrida 300 nafar uyushma a’zolari samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xalq amaliy san’ati va yog‘och o‘ymakorligi sohasida Qo‘qon maktabini yaratgan Qodirjon Haydarovning oltinchi avlodi bo‘lgan Mirzayunus Umarov sulola an’analarini faxr bilan davom ettirib kelayotgan mohir hunarmandlar sirasiga kiradi. Mamlakatimiz va xorijda mashhur yog‘och o‘ymakor ustasi bo‘lgan qahramonimiz festivalga tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi. Sulolaning ettinchi avlodi bo‘lgan farzandlari – Otabek, Jamshid va Jahongir hamda o‘nlab shogirdlarini yoniga olib, islimiy naqshlar bilan bezatiladigan ayvon va ustunlar, nozik did bilan ishlov beriladigan tarixiy buyumlar, esdalik sovg‘alari tayyorlamoqdalar. Rang-barang mahsulotlar festival kunlari ko‘rgazmaga qo‘yilib, dunyoning turli qit’alaridan tashrif buyuradigan mehmonlarning hayratiga sazovor bo‘lishiga aslo shubha yo‘q.

Bu hamyurtlarimiz va xorijlik sayyohlarni milliy hunarmandchiligimizga bo‘lgan mehr-e’tiborini kuchaytirib, noyob hunarlarimiz xalqaro miqyosda yuksak e’tirof etilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Keyinchalik an’anaviy tus olishi kutilayotgan festival jahon miqyosida turistlarni eng ko‘p jalb etadigan xalqaro anjumanlardan biriga aylanishini ta’minlaydi.

Botir MADIYOROV,

SHerzod QORABOEV (suratlar),

“Farg‘ona haqiqati” maxsus muxbirlari.