Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

YO‘QLOVDAN KO‘NGILLAR SHOD

×

 2018-11-14 11:05:39    93

PDF yuklash
Chop etish



SHu yilning 28 aprel kuni qabul qilingan “1941-1945 yillardagi urush faxriylarini, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga etmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan viloyatimiz bo‘ylab ezgu chora-tadbirlar tobora keng quloch yozmoqda.

Xususan, ikkinchi jahon urushi va mehnat faxriylari xonadoniga muruvvat tashriflarining amalga oshirilayotgani keksalarga g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Muhtaram YUrtboshimiz tomonidan urush faxriylari uchun tayyorlangan qimmatbaho tuhfa – qishki va yozgi kiyimlar jamlanmasini viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda o‘z egalariga topshirdilar.

Farg‘ona shahrining o‘zida 16 nafar keksalarimiz xonadoniga saxovatli tashrif amalga oshirildi.

– Dunyodagi eng baxtli xalqmiz. CHunki yurtimizda yosh avlod ham, keksalar ham doimo e’zoz va e’tiborda. Bugungi yo‘qlovdan boshim ko‘kka etdi. YUrtimiz yanada taraqqiy etsin, Prezidentimiz omon bo‘lsin, deya duoga qo‘l ochaman. Mana shunday baxtiyor kunlar nasib etganiga shukr, – deydi shaharning Soburbuloq mahallasida yashovchi urush faxriysi, 93 yoshli Mo‘minjon ota Anorboev.

– Mamlakatimizda inson aziz, – deydi Beruniy mahallasida yashovchi onaxon Pelageya Prosyanik. – Har bir nuroniy yildan yilga ko‘proq qadr va e’zoz topmoqda. Ularning salomatligi, madaniy dam olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Buning uchun hamisha biz qariyalar istiqlolimiz abadiy, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin.

Urush faxriylarining suronli janggohlarda ko‘rsatgan jasorati, Vatan himoyasi yo‘lidagi mardonavor kurashi bugungi avlod uchun ulug‘ ibrat va saboqdir. Nuroniylar huzurida bo‘lgan mutasaddilar ana shular haqida to‘xtalishdi. Yo‘qlovlardan faxriylarning oila a’olari ham cheksiz minnatdor bo‘lishdi.

Bu kabi tashriflar har bir tuman, shaharda amalga oshirilib, nuroniylarning xonadonida samimiy izhorlar bildirilmoqda.

Madaminjon SOLIJONOV.

SHerzod QORABOEV olgan surat.