Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

BYUDJET TUSHUMLARINING BAJARILISHI TAHLIL QILINDI

×

 2018-11-21 16:20:04    87

PDF yuklash
Chop etish



Bugun 2018 yil, 21 noyabr kuni Farg‘ona viloyati hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari 39-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari viloyat kengashining 53 nafar deputatlari, viloyat sektor rahbarlari, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, guruh rahbarlari va kotibiyat mudirlari, viloyat Majburiy ijro byurosi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshliqlari, viloyat Moliya, Davlat moliyaviy nazorat, G‘aznachilik, Iqtisodiyot, Investitsiya, Raqobat, Bandlik, O‘zbekiston Avtomobil transporti agentligi, Er resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, shahar-tuman kengashlarining doimiy komissiya raislari, ommaviy axborot vakillari qatnashdilar.

SHuningdek, sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari O.YUsupov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari A.Mavlonov ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni viloyat hokimi, Oliy Majlis senati a’zosi SH.G‘aniev olib bordi.

Seesiya ishida “Farg‘ona viloyati mahalliy byudjeti prognoz ko‘rsatkichlarining ortig‘i bilan bajarilishi, byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash va ularning maqsadli sarflanishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar” to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari O.YUsupovga so‘z berildi. Ma’ruzachi asosan, ikki masala, ya’ni tadbirkorlarni soliqqa tortish va qo‘shimcha daromad masalalariga to‘xtalib o‘tar ekan, soliq tushumlarini o‘z vaqtida byudjetga tushirish, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlashning ahamiyati haqida so‘zladi. SHuningdek, 2019 yil, 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasida soliq sohasida bo‘ladigan katta o‘zgarishlar - tayinlanadigan yangi soliq stavkalari borasida axborot berdi.  SHu bilan birgalikda, Respublika bo‘yicha va Farg‘ona viloyati bo‘yicha kirim va xarajatlar tahlili berildi.

A.Mavlonov esa o‘z nutqida asosan uch masalaga e’tibor qaratdi. YA’ni soliq sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurash, soliq tushumlarini yashirishning oldini olish, norasmiy ishlayotgan fuqarolarni aniqlash haqida dolzarb fikrlarni bildirdi. O‘z navbatida viloyatning ayrim hududlari, jumladan, Qo‘qon, Farg‘ona shaharlari, Furqat, Beshariq, Dang‘ara, Bag‘dod tumanlarida bu sohalarda ko‘plab kamchiliklar mavjudligini aytib o‘tdi. Xususan, Qo‘qondagi “Istiqlol” savdo markazida,  Farg‘ona shahridagi ayrim tadbirkorlarning soliq tushumlarini yashirish holati borligi aytildi. 3502 nafar yuk transportlarning litsenziyasiz, 4047 tasining esa ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi. Bu borada Davlat soliq  inspeksiyasi, departament, MIB, prokuratura xodimlariga qat’iy topshiriqlar berildi.

Sessiyada viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi M.Mamatxonov Farg‘ona viloyat soliq idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot bilan qatnashdi. Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyat davlat byudjeti daromadlarining joriy yil uchun prognoz ko‘rsatkichlari 2018 yilning 10 oyi uchun 1768,8 mlrd so‘m belgilangan bo‘lib, 1 noyabr holatiga 2131,1 mlrd so‘m mablag‘ undirilgan va 120,5 foizga bajarilgan.

2018 yil uchun belgilangan 2299,2 mlrd so‘mlik reja topshiriqning 1 noyabr holatiga 2131,0 mlrd so‘mga yoki 92,7 foizga, qo‘shimcha 548,0 mlrd so‘mlik reja topshiriq esa 365,1 mlrd so‘mga yoki 66,6 foizga bajarilganligi hisobotda aytib o‘tildi. Qo‘shimcha reja topshiriqni yil yakuniga qadar ortig‘i bilan bajarishga kelishildi.

SHuningdek, viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i U.Mirzaevning hisoboti tinglandi.

Muzokaralarda so‘zga chiqqan Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, viloyat doimiy komissiyasi raisi R.Kamolov byudjet parametrlarini bajarish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni amalga oshirish, qonuniy faoliyat yuritishning ahamiyatini joylarda keng targ‘ib qilish siyosiy partiyalar oldida, jamoatchilik oldidagi muhim vazifa ekanligini ta’kidladi. “Soliq to‘lovchilarga shahar-tumanlar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishimiz kerak. Tadbirkorlar orasida soliqdan qochadiganlari kam, lekin tushunmovchilik ortidan ko‘p ishbilarmonlar, tadbirkorlarimiz noto‘g‘ri hisobotlar topshirish holati mavjud.  Hammamiz bir yoqadan bosh chiqarsak, byudjet tushumlarining o‘z vaqtida bajarilishiga hissa qo‘shamiz” – dedi u.

Yig‘ilish so‘ngida kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan qaror qabul qilindi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati