Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“XAVFSIZ HUDUD” YARATISH – OLIY VAZIFAMIZ

×

 2018-11-21 16:29:37    116

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yilning 17 noyabr kuni viloyat g‘hokimligi katta majlislar zalida hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi Kurash Respublika komissiyasi va Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining raisi, Respublika komissiyasi raisi Ne’matullo Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi Kozimjon Komilov, Respublika komissiyasi a’zolari,  senat xodimlari ishtirok etdilar.

SHuningdek, Farg‘ona viloyatidan saylangan Oliy majlis Senati a’zolari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, viloyat prokurori, DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i, ularning o‘rinbosarlari, viloyat jinoyat sudi raisi, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi va boshqa viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Yig‘ilishni viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi SHuhrat G‘aniev olib bordi. Unda Ishchi guruh tomonidan Farg‘ona viloyatida joriy yilning o‘n oyida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalari tahlil qilindi.

Oliy majlis Senati va Respublika komissiyasi raisi N.Yo‘ldoshev so‘zga chiqib,  jinoyatchilikning odini olish, hududlarda huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasida Prezidentimizning tanqidiy mulohazalariga tayangan holda vaziyatni tahlil qildi. Bugungi kunda Davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri chet el investitsiyalarini jalb qilishdir. Bu jarayonda mamlakat tinchligi, xavfsizligi asosiy o‘rin tutadi. SHu nuqtai nazardan ham jinoyatchilikning oldini olish dolzarb masala sanaladi. Hozirgi vaqtda jinoyatchilikni respublika darajasiga, hududlarda kamaytirishga ham harakat qilyapmiz, ammo jinoyatning bittasi ham ko‘pdir.

Keyingi so‘z statistik ma’lumotlar asosida viloyatdagi jinoyatchilikning oldini olish holati bo‘yicha ma’ruza qilish uchun Respublika Oliy sudi raisi Kozimjon Komilovga berildi.

K.Komilov bu sohada barcha kuchimizni safarbar qila olmayotganimizni ta’kidlar ekan, jinoyat sodir etilishi holatlari va uning oldini olish bo‘yicha ma’lumotlarni shahar-tumanlar kesimida tahlil qildi.

Hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika komissiyasi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 1-mintaqaviy Ishchi guruhi hamda viloyatdagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘tgan davr mobaynida jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirilib,  Har bir mahalla, shahar, tumanlarga xos bo‘lgan jinoyatchilik holati tahlili qilinib, mutasaddi tashkilotlaridan olingan ma’lumotlar asosida “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilgan edi.

“Yo‘l xarita”larida asosiy e’tibor mahallalar va ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish, notinch oilalar, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan individual ishlash, ishsizlikni bartaraf etish, ayollar, voyaga etmaganlar, yoshlar va muqaddam sudlanganlarning jinoyat sodir etishlarini oldini olish, sayyor sud majlislarini joylardagi jinoyatchilik holatdan kelib chiqib samarali o‘tkazish, o‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olishga qaratildi.

Natijada, viloyat bo‘yicha umumiy sodir etilgan jinoyatlar 32,18 foizga, jinoyat-qidiruv yo‘nalishida 34,12 foizga, og‘ir turdagi jinoyatlar 11,55 foizga, o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar 41,6 foizga kamayishiga erishildi.

Biroq shunga qaramasdan, yuqoridagi ko‘rsatkichlar kriminogen vaziyat viloyatning barcha hududlarida barqaror ekanligini bildirmaydi. Ayrim hududlarimizda jinoyatchilik ortganligi achinarli holdir. Masalan, Qo‘qon shahrida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilgan. Firibgarlik jinoyati Farg‘ona, Bag‘dod, So‘x tumanlarida, o‘g‘rilik jinoyati Buvayda tumanida, bezorilik Furqat tumanida oshgan. Jinoyatchilik xavfini erta aniqlash va uning kelib chiqishini bartaraf etish, huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida sektorlar faoliyati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani oqibatida qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish, bezorilik kabi jinoyatlar ayrim hududlarda oshgani barchadan yanada mas’uliyatli bo‘lishni talab etmoqda.

Ta’lim muassasalari, voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar va boshqa mutasaddi idoralar faoliyati ham kutilgan natijalar bermayapti. Voyagaetmaganlartomonidan 92 ta, yoshlartomonidan 1 ming 540 ta jinoyatsodiretilganliginiqandayizohlashmumkin? Voyagaetmaganlartomonidansodiretilganjinoyatlarviloyatda 79 tagakamayishigaerishilganbo‘lsa-da, Uchko‘prik, So‘xvaFurqattumanlaridaoshgan.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining boshqa jamoatchilik tashkilotlari va ichki ishlar organlari bilan jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasidagi hamkorligi lozim darajada tashkil qilinmagan. Viloyatdagi 1 ming 31 ta mahallaning 830 tasida jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilib, ularning 218 tasida jinoyatlar soni oshgan.

Majlisda huquq-tartibot organlari rahbarlari va boshqa mutasaddilarning jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari eshitilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi.

"Xavfsiz hudud", "Xavfsiz shahar" konsepsiyalarini tatbiq etishga, shuningdek, “Oila- mahalla – maktab”konsepsiyasi ishlab chiqish ham zarurligigaalohida e’tibor qaratildi.

Viloyat hokimi yig‘ilish so‘ngida yakuniy nutq so‘zladi va eng katta masala  - bu befarqlik ekanini ta’kidladi.

Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati