Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Uxan va Pekin shaharlariga tashrifi

×

 2018-11-21 17:05:20    99

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 13 noyabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari M.Abduraxmonov, Farg‘ona shahar hokimi H.Habibiddinov va viloyat hokimligi mutaxassisi N.Tilavoldievlar “Umumxitoy xalqaro birodar shaharlar” konferensiyasida ishtirok etish uchun Uxan shahriga etib kelishdi. 

Ushbu tashrif davomida nafaqat konferensiyada ishtirok etish, balki viloyatimizga Uxan shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi Xitoy kompaniyalarini jalb etish hamda savdo aloqalarini rivojlantirish maqsadida bir nechta uchrashuvlar tashkil etildi.
Jumladan, 14 noyabr kuni Uxan shahri Savdo-sanoat palatasining binosida Uxan savdo-sanoat palatasi rahbarlari va o‘ndan ortiq kompaniya vakillari ishtirokida Farg‘ona viloyatining investitsion jozibadorligi mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminar davomida qatnashuvchilarga Farg‘ona viloyatining investitsion saloxiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi hamda qatnashuvchilarning savollariga javob berildi.
Qatnashuvchi kompaniyalar orasida mehmonxona va savdo markazlari qurishga ixtisoslashgan, turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi, avtomobil extiyot qismlari ishlab chiqaruvchi hamda eksport-importga ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan viloyatimizga alohida qiziqish bildirildi. Mehmonxona qurish faoliyatini amalga oshiruvchi “Dossen International Group Hubei branch” kompaniyasiga Farg‘ona shahar hokimi H.Habibiddinov tomonidan Farg‘ona shahar xududida mavjud bo‘sh er maydonlari hamda mehmonxona uchun mos kelishi mumkin bo‘lgan bo‘sh bino va inshootlar bo‘yicha ma’lumotlarni qisqa muddatda taqdim etish ma’lum qilindi. SHuningdek, mehmonxona qurilishi uchun beriladigan imtiyozlar va boshqa ma’lumotlarni ingliz tilida kompaniya rahbariyatiga taqdim etishga kelishib olindi.
Turizm kompaniyasi vakillarini avvalambor Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib, viloyatimiz turizm saloxiyatini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari taklif qilindi. Keyinchalik Uxandan Rossiyaning Moskva va Sank-Peterburg shaharlari uchun mavjud tur paketlarga Farg‘ona viloyatini qo‘shish imkoniyatini o‘rgnanib chiqish muxokama qilindi.
Avtomobil extiyot qismlar ishlab chiqaruvchi kompaniya Buxoro viloyatida elektromobil ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun hamkorlik taklifi bilan chiqqanligi, lekin bungi kunda ushbu yo‘nalishdagi ishlar juda xam sekin amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Kelgusida Uxan savdo-sanoat palatasi rahbari janob Kuang Peirun bilan yaqindan xamkorlik qilish ayniqsa kichik va o‘rta biznes vakillari o‘rtasida tajriba almashinuvini hamda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Uchrashuv so‘ngida barcha qatnashchilarga esdalik sovg‘alari va Farg‘ona viloyati to‘g‘risidagi tarqatma materiallar taqdim etildi.
15-16 kunlari delegatsiya a’zolari Uxanning Interkontinental mehmonxonasida o‘tkazilgan ikki kunlik konferensiyada ishtirok etishdi. Konferensiyada 130 dan ortiq davlatdan 700 dan ortiq turli shaharlar vakillari ishtirok etdi. Konferensiyada Xitoy shaharlari bilan hamkorlik va birodarlik aloqalari o‘rnatish barcha malakatlar uchun yangi imkoniyatlar yaratib berilishi, xalqlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini rivojlantirish va buning zamirida investitsiya, savdo, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish maydoni bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi. Konferensiyada XXR bosh sekretari o‘rinbosari, Uganda davlatining vitse-prezidenti, YAponiya sobiq bosh vaziri, bir nechta davlatlarning elchilari va boshqa nufuzli mehmonlar ishtirok etishdi. Konferensiyada qatnashuvchilarni O‘zbekiston bilan tanishtirish maqsadida “O‘zbekistonga xush kelibsiz!” nomli ingliz tilidagi videorolik namoyish etildi. SHundan so‘ng M.Abdurahmonov bugungi kunda Xitoy O‘zbekistoning strategik va ishonchli hamkori ekanligi hamda Farg‘ona viloyatining XXR bilan aloqalarining bugungi xolati va istiqbollari hamda Farg‘ona viloyatida mavjud investitsion imkoniyatlar bo‘yicha nutq so‘zladi.
15 kuni Interkontinental mehmonxonasida “Hubei Frukt” kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu kompaniya Xitoyda etishtiriladigan sitrus mevalarini Rossiya, Qozog‘iston mamlakatlariga katta miqdorda eksport qilmoqda. Uchrashuvda yangi yo‘nalishdagi Uxan-Qozog‘iston-Andijon temir yo‘li orqali O‘zbe

kistonga xaridorlarga hamyonbop narxlarda sitrus mevalari (banandan tashqari) etkazib berish imkoniyati borligi ma’lum qilindi. SHu maqsadda ushbu kompaniya bilan hamkorlik qilishga qiziqqan kompaniyalar va savdo majmualari bilan muzokara olib borishga tayyorligini bildirdi. O‘z navbatida ushbu kompaniyaga olib kelingan bodom, o‘rik, mayiz, yong‘oq kabi mahsulotlar taqdim etildi. Farg‘ona viloyatidan quruq mevalar hamda gilos, anor, qovun va boshqa turdagi poliz va meva maxsulotlarini etkazib berish imkoniyati mavjudligi aytib o‘tildi.
16 noyabr kuni Uxan shahar hokimining o‘rinbosari va Uxan kompartiyasi rahbari janob Xu bilan ham rasmiy uchrashuvlar o‘tkazildi va kelajakda ham xar tomonlama hamkorlikni dam ettirishga kelishib olindi.
17 noyabr kuni O‘zbekistonning XXRdagi elchixonasi hamkorligida Farg‘ona viloyatining investitsion salohiyati mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda N.Tilavoldiev Farg‘ona viloyatining investitsion salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. M.Abduraxmonov va X.Habibiddinovlar qatnashuvchilarga ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berishdi. Uchrashuvda ishtirok etgan Xitoy mebel ishlab chiqaruvchilar uyushmasi, genetika va diagnostika sohasida faoliyat yurituvchi BGI kompaniyasi gipsokarton ishlab chiqaruvchi B.N.B.M. kompaniyasi vakillari Farg‘ona viloyati bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurish istagini bildirishdi.
Jumladan, SHangdong provinsiyasining O‘zbek Xitoy savdo uyushmasi raisi SHi Zyong noyabr oyining 25 sanasida bir nechta tadbirkorlar bilan Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurishga amaliy yordam berishni iltimos qildi. Mazkur tashrif davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishni tashkil etish maqsadida viloyatda etishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan yaqindan tanishishi hamda viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash imkoniyatlarini o‘rganishini ma’lum qildi.
18 kuni “Shengand” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur kompaniya Farg‘ona viloyatida terini ikkilamchi xom ashyosidan mebel va poyabzal sanoatida foydalaniladigan jelatin mahsulotini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Dastlabki bosqichda korxona suv, gaz, suvoqava tizimi mavjud bo‘lgan bino-inshootni ijaraga olib faoliyatini boshlamoqchi. Kelgusi bocqichda bir million dollardan ortiq investitsiya kiritib o‘z faoliyatini kengaytirmoqchi. Farg‘ona shahar hokimi X.Habibiddinov shahar hududining chekka qismida bo‘sh bino yoki xudud topishga amaliy yordam berishni va barcha masalalarda qo‘llab quvvatlashini ma’lum qildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati