Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Seminar-trening Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishda yangicha yondashuv

×

 2018-11-30 17:04:30    61

PDF yuklash
Chop etish



 

Farg‘ona shahridagi “777” mehmonxonasi zalida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi BMTning O‘quv va ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarish yuzasidan strategik yondashuvni qo‘llab-quvvatlash va global darajada kelishilgan kimyoviy moddalarni klassifikatsiya qilish va tamg‘alash tizimini O‘zbekistonga joriy qilish” xalqaro loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi vakili, “MDH ishtirokchisi – davlatlarning tartibga solish amaliyotini yaqinlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish axborot markazi” Xavfsizlik  departamentining Kimyoviy xavfsizlik yo‘nalishi rahbari Natalya Drujinina o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ishtirokchilar xavflilik to‘g‘risida ma’lumot berish, xavfsizlik pasporti va kimyoviy moddalarni tamg‘alashga doir bilimlarga ham ega bo‘ldilar.

Treningdan  ko‘zlangan maqsad viloyatimizda Global darajada kelishilgan kimyoviy moddalarni klassifikatsiya qilish va tamg‘alash(GKT)ni joriy etishga qaratilgan.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 

SHohsanam MIRZAOLIMOVA.