Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Dolzarb mavzu Kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa

×

 2018-11-30 17:07:14    52

PDF yuklash
Chop etish



 

Farg‘ona tuman tibbiyot kollejida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huqubuzarliklarning oldini olishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kollejning bitiruvchi o‘quvchilari, huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni tuman hokimi Ilhom Nosirov ochdi va olib bordi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, bugun Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilayotgan asosiy g‘oya kelajagimiz davomchilari bo‘lgan farzandlarimizni o‘z yurti va xalqi, kelajakda oila atalmish muqaddas dargohning munosib egasi bo‘lib kamolga etishi uchun astoydil harakat qilish, bel bog‘lab faoliyat olib borishga chorlamoqda. SHunday ekan farzandlarimizni jinoyat ko‘chasidan asrab qolishda barchamiz mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz darkor.

Voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning buzg‘unchi tahdidlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha yakdil harakatlarini kuchaytirish, ularni hamkorlikda va sifatli bartaraf etilishini ta’minlash muhim vazifadir. Yig‘ilishda bu boradagi chora-tadbirlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Kun tartibidagi mavzu yuzasidan tuman prokurori Q.Hasanov, tuman IIB boshlig‘i Q.O‘rinboevlar so‘zga chiqdi.

YOshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha ishlarni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha fikrlar o‘rtaga tashlandi. YOsh avlod ongida Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirish, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish va bunda hamkorlikni kuchaytirish ta’kidlandi.

Tumandagi boshqa kasb-hunar kollejlarida ham bitiruvchilar bilan shu mazmundagi uchrashuvlar tashkil etildi.

Madaminjon SOLIJONOV.

SHerzod QORABOEV olgan surat.