Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Yanvar 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 149 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH – DOLZARB VAZIFA

×

 2018-12-14 10:57:54    120

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida “Farg‘ona viloyatida jinoyatchilikning oldini olishning dolzarb masalalari va kelgusidagi vazifalar” mavzusida amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosari F.Qosimov, O‘zbekiston YOshlar Ittifoqi viloyat bo‘limi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Viloyat sudi, SHarqiy Harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat Adliya boshqarmasi xodimlari hamda shahar-tumanlarning tegishli tashkilot rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Anjumanni YOshlar Ittifoqi viloyat bo‘limi raisi Ahadjon Akbarov olib bordi. U yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi dolzarb masalalar mavzusida so‘zladi.

Keyingi so‘z viloyat hokimining yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari F.Qosimovga berildi. U joriy yilning 11 oyi mobaynida  viloyatdagi vaziyatni chuqur tahlil qilar ekan, yo‘l qo‘ygan kamchiliklarimiz nimadan iborat ekanligi, vazifalarimizga yanada mas’uliyat bilan yondashishimiz zarurligini ta’kidladi. 4877 ta jinoyatning 122 nafari yoshlar tomonidan sodir etilgani o‘ta achinarli holatdir, dedi u. Mahallalarda “Jamoatchilik izzasi”dan foydalanish, jinoyat qilgan yoki huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan fuqaroni ko‘pchilik oldida, mahallada muhokama qilish, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, ma’naviy-ruhiy ta’sir o‘tkazish, boshqalarning ham bu yo‘llarga kirmasligini oldini olish kerakligi aytildi.

SHundan keyin viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi Azimjon Yo‘ldoshev ma’ruza qildi. U shahar-tumanlar kesimida aniq misollar, faktlar orqali vaziyatga baho berdi. Mas’ul shaxslarga qat’iy topshiriqlar yukladi. Ayniqsa, mahallalarda kuzatuv kameralarining o‘rnatilishi borasidagi ishlar sust ketayotganligini tanqid qildi. Jumladan, Farg‘ona tumanida bu masalaga befarqlik  bilan qaralayotgani, kamchiliklar aytildi.

Ma’ruzada ta’kidlanishicha, voyaga etmaganlar tomonidan 11 oy davomida 106 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, shuning eng ko‘p qismi Farg‘ona va Qo‘qon shaharlariga to‘g‘ri kelmoqda. Eng ko‘p jinoyatlar 18.00dan 24.00gacha, ya’ni tungi davrda sodir etilgan. Demak, tungi paytni nazoratga olishi kerak bo‘lgan mas’ullar ishida kamchilik bor, dedi A.Yo‘ldoshev.

Voyaga etmaganlar bilan ishlash komissiyasi, prokuratura xodimlari ham o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.

Quyi bo‘g‘inda, ya’ni mahallalarda yaxshiroq ishlash, xuddi shunday tartibda shahar-tumanlarda ishlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bulardan tashqari, anjumanda ijtimoiy soha ob’ektlarining qish mavsumiga jiddiy tayyorgarligi hamda harbiy-ma’muriy sektorning 15 dekabrdan 15 yanvargacha mo‘ljallangan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarining bajarilishi masalalari ham ko‘rildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

http//haqiqat.uz