Шрифт ўлчами Ранг Расм

Telegramm Youtube

ВИРТУАЛ ҚАБУЛХОНА

ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР

НОРМАТИВ ХУЖЖАТЛАР

Бюджет бўйича очиқ маълумотлар

ОЧИҚ МАЪЛУМОТЛАР

АСОСИЙ СТАТИСТИК АХБОРОТЛАР

Фарғона вилояти ҳокими
Бозаров Хайрулло Хайитбаевич

Ижтимоий тармоқлар

Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш мақсадида ажратиладиган имтиёзли кредит ҳисобидан фуқароларга маҳсулот етказиб берувчи таъминотчи корхоналарнинг рўйхати
<< Iyul 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Фарғона вилояти инвестицион салоҳияти

Сайтни бахолаш




Янгиликларга обуна бўлиш

Ҳозир сайтда 170 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси
Ишонч телефонига берилган бахолар


Janubiy Koreya – O’zbekiston: HAMKORLIK TARAQQIYOT UCHUN XIZMAT QILADI

 2018-12-19 10:17:27    48

PDF юклаш
Чоп этиш


Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi hamkorligi keng ko’lam kasb etgan. Rasmiy Seulning O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb etgan investistiyalari hajmi 7 milliard dollardan oshdi.

Yurtimizda ushbu mamlakat kapitali ishtirokida 461 korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 386 tasi qo’shma korxona bo’lsa, 75 tasi koreys sarmoyasi evaziga tashkil qilingan. Mazkur korxonalar neft-gaz, neft-kimyo va kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika hamda to’qimachilik sohalarida, axborot-kommunikastiya texnologiyalari, transport va logistika, turizm yo’nalishlarida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.  O’zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan loyihalardan biri “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida tashkil etiladi.

Janubiy Koreya delegastiyasi viloyat hokimi qabulida bo’ldi  va  koreys ishbilarmonlari “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi bilan ham tanishdilar.

Mehmonlar “Farg`ona darvozasi” oldida tantanali ravishda kutib olindi. Sharqona milliy libosdagi o’zbek qizlari mehmonlarni koreys tilida viloyatimizga tashrifi bilan qutladilar.

Shundan so’ng viloyat hokimligida delegastiya a’zolarini viloyat rahbari  Shuhrat G`aniev qabul qildi.

Delegastiya a’zolari suhbat avvalida, viloyat hokimiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, o’zaro ishonch va do’stlik ramzi sifatida esdalik nishonini topshirdilar.

Ochiq va samimiy ruhda kechgan suhbatda Shuhrat G`aniev dastlab mehmonlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi qabul qilinganining 25 yilligi bilan qutladi va delegastiya tashrifining aynan ushbu sanaga to’g`ri kelgani ikki tomonlama hamkorlik poydevorining mustahkam, ishonchli hamda bardavom bo’lishiga umid bildirdi.

– O’zbekiston va Janubiy Koreya xalqlarini qadimiy do’stlik rishtalari bog`lab turadi, – dedi viloyat rahbari Shuhrat G`aniev. – Ikki xalqning madaniyati, mentaliteti o’xshash. Taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan koreyslar o’zbeklar bilan do’st-birodar bo’lib, jamiyatimizning faol a’zolariga aylangan. Koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Senatida, mahalliy Kengashlarda, boshqaruv organlarida, iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faoliyat yuritayotir. Davlatlarimiz o’rtasidagi do’stona munosabatlarni qo’llab-quvvatlash hamda xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishda ko’p sonli koreys diasporasi muhim rol o’ynaydi. Joriy yilda koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz O’zbekistonda yashayotganining 80 yilligi keng nishonlandi. 

Qabul marosimida ishbilarmon doira vakillari delegastiyasi rahbari Kim Chang Kyon qisqa davr ichida O’zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarga alohida urg`u berdi. Xususan, fuqarolarning to’kis va farovon turmush sharoitiga ega bo’lishlari, huquq va manfaatlarining qonunlar bilan yanada mustahkamlanishi, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni asrab-avaylash, turli millat vakillarining bir oiladek inoq va ahil yashashlarini ta’minlashdagi amaliy sa’y-harakatlar, ijtimoiy-iqtisodiy soxalardagi tub o’zgarishlar va buning natijasida erishilayotgan yutuq xamda marralarni yuqori baholadi. Mahalliy tadbirkorlar va xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilyotgan erkin sharoit xamda imtiyozlardan mamnun ekanligini ta’kidladi.

– O’zbekistonda faol biznes yuritish uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyormiz, – dedi delegastiya rahbari Kim Chang Kyon.

  Ma’lumki, “Evergreen motors” mas’uliyati cheklangan jamiyati avtomobillar ishlab chiqarish bo’yicha mamlakatda ikkinchi, jahonda 7-o’rinda turuvchi “KIA” avtosanoatchisining O’zbekistondagi rasmiy dileri hisoblanadi. Shuningdek, u xorij avtomobillari savdosi bilan ham shug`ullanadi. Delegastiya rahbari Kim Chang Kyon muloqot vaqtida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tashkil etilgan “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida korxona barpo etib, unda yuk ko’taruvchi texnikalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish istagi borligini bildirdi.

O’z navbatida viloyat rahbari ushbu loyiha ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni yanada yaqinlashtirish barobarida, halqlarimizning azaliy rishtalarini mustahkamlashga va bu kun O’zbekiston va Janubiy Koreya mamlakatlari tarixida yangi sahifa ochishiga ishonch bildirdi.

Samimiy ruhda o’tgan suhbat yakunida viloyat hokimi Janubiy Koreyalik mehmonlarga esdalik sovg`alarini topshirdi.

Kunning ikkinchi yarmida xorijlik mehmonlar “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi shtabida bo’lib, ushbu hudud imkoniyatlari, suv, elektr, kanalizastiya, muhandislik va kommunikastiya tarmoqlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Soliq imtiyozlari va preferenstiyalar, transport logistika xizmati, temir yo’l imkoniyatlari ham koreyalik ishbilarmonlar e’tiboridan chetda qolmadi.

Xorijlik tadbirkorlar korxona barpo qilish uchun ajratilgan er maydonini ko’zdan kechirish jarayonida bu erda yaratilajak qulayliklar haqida ham batafsil ma’lumotlar oldilar.  

 

Sohiba ABDURAHMONOVA.

“Farg`ona haqiqati” muxbiri.