
.
.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 117Saytni baholash



Matnda xatolik ko'rdingizmi?
Sichqoncha bilan belgilab
Farg’ona viloyati hokimi tadbirkorlar bilan uchrashdi

2018-12-27 14:59:31 144
20 dekabr kuni Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar markazi”da viloyat hokimi Shuhrat G’aniev 500 dan ortiq tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Mazkur seminar soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi mazmun-mohiyatini yana bir bor tadbirkorlarga etkazish, ular bilan fikr almashish maqsadida Farg’ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.
Tadbirni ochib bergan Shuhrat G’aniev 1990 yillardagi o’zining tadbirkorlik faoliyati bilan o’rtoqlashib, u paytlarlagi tadbirkorlik muhiti bilan bugungi kundagisini er-u, osmoncha farqi borligini, yangi loyihalar yaratayotganga darvozalar keng ochilayotganligini ta’kidladi. Shuningdek, viloyatda tadbirkorlarni gazeta va jurnallarga majburiy obuna qilinishiga yo’l qo’yilmayotganligini, agar u o’qimishli bosma nashr bo’lsa, gazetxon uni o’zi topib o’qishini alohida qayd etdi.
Bundan tashqari, ayni paytda tadbirkorlik bilan shug’ullanish, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish davr talabi ekanligi, viloyat hokimi hatto o’zi ham uzum eksporti bilan shug’ulanishini haqida o’rtoqlashdi. Shu bilan birga, viloyatda kuni kelib yillik tovar aylanmasi 20-30 million AQSh dollari bo’lgan tadbirkorlar soni ortishiga ishonchi komilligini ta’kidladi.
Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasiga asosan Farg’ona viloyatida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslar hayotida bir qator ijobiy o’zgarishlar bo’lishi kutilayotgani aytib o’tildi:
a) davlat maqsadli jamg’armalariga yuridik shaxslarning oboroti (tushumi)dan undiriladigan 3,2 foizli majburiy ajratmalarni bekor qilinishi natijasida viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning ixtiyorida qoladigan foyda 115,7 mlrd. so’mni tashkil etishi;
b) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkasi 14 foizdan 12 foizga (tijorat banklari uchun 22 fozidan dan 20 foizga) pasaytirilishi natijasida yuridik shaxslarining sof foydasi 4,0 mlrd. so’mga oshishi;
s) 8 foizli sug’urta badalining bekor qilinishi natijasi viloyat fuqarolarining ixtiyorida 371,6 mrld. so’m mablag’ qolishi;
e) dividendlar va foizlar ko’rinishidagi daromadlar bo’yicha to’lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig’i stavkasi 10 foizdan 5 foizga pasaytirilmoqda, natijada, tadbirkorlarning real daromadlari viloyat bo’yicha 7,7 mrld. so’mga oshishi kutilmoqda.
Farg’ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati