Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Qo’qon shahrida soliq tizimiga kiritilayotgan o’zgarishlar muhokama etildi

×

 2018-12-27 15:09:42    512

PDF yuklash
Chop etish


 


Prezidentimizning 2018 yil 29 iyundagi “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi to’g’risida”gi farmoni soliq siyosatida yangi sahifa ochdi desak, adashmagan bo’lamiz. Mazkur kontseptsiya yuzasidan matbuot, televidenie, radio va ijtimoiy tarmoqlarda juda ko’p bahs-munozaralar bo’ldi, minglab taklif va tavsiyalar bildirildi.

  Ma’lumki har bir mamlakatda aholining turmush darajasini yaxshilash maqsadida byudjet daromadlarini imkon qadar ko’paytirish eng muhim masala hisoblanadi.

Ushbu farmonda aynan shu masalalar, ya’ni soliq yukini bosqichma-bosqich pasaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, soliq solish ba’zasini kengaytirish iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim shartlari belgilab berildi.

Kontseptsiya doirasida yuzaga kelayotgan yangiliklarni qonunan mustahkamlash maqsadida joriy yilning 24 dekabrida O’zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining ayrim moddalariga o’zgartirishlar kiritildi. Xususan, yagona ijtimoiy to’lov stavkalari 25 foizdan 12 foizgacha, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 5 foizdan 2 foizga pasaytirildi.


Shuningdek, 2019 yil 1 yanvardan boshlab o’tgan yil yakunlari bo’yicha yillik oboroti (tushumi) 1 milliard so’mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga etgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to’lashga o’tkaziladi hamda ular qo’shilgan qiymat solig’i to’laydilar.

Yangi qabul qilingan qonunda qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblab chiqarish va to’lashning soddalashtirilgan tartibi joriy etilib, qo’shilgan qiymat solig’ining farqlangan stavkalari belgilandi.

Unga ko’ra, qurilishi tashkilotlari 8 foiz; chakana, ulgurji, shuningdek, ulgurji-chakana savdoni amalga oshiradigan savdo korxonalari 6 foiz; umumiy ovqatlanish, mehmonxona korxonalari 10 foiz miqdorida qo’shilgan qiymat solig’i to’laydilar.

Kuni kecha Qo’qon shahrida tashkil etilgan seminarda viloyat prokuraturasi  xodimlari hamda soliq tizimi mutaxassislari tomonidan soddalashtirilgan tartibda soliq to’lash tartibiga amal qilib kelayotgan, yirik mablag’ aylanmasiga ega tadbirkorlarga soliq to’lovlarining yangi stavkalari, joriy etilgan o’zgarishlar xususida atroflicha ma’lumot berildi. 

Ushbu tadbirda soliqqa tortish tizimidan umumbelgilangan soliqqa tortish tizimiga o’tilishining me’zonlari va tartibi tadbirkorlik sub’ektlariga batafsil tushuntirildi. Xususan, umumbelgilangan soliqqa tortish tizimiga o’tadigan sub’ektlarni qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi sifatida ro’yxatdan o’tkazish, hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish, shuningdek, ish beruvchi tomonidan yollanma ishlovchilarga mehnat haqini hisoblash va jismoniy shaxslarning daromadidan soliqni hamda mehnat haqi fondiga nisbatan yagona ijtimoiy to’lovni hisoblash tartibiga alohida etibor qaratildi.

O’ylaymizki, mana shunday seminarlar soliq tizimiga kiritilayotgan o’zgarishlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, soliq yukining kamayishi, soliq stavkalarining pasayishi, ayrimlarining esa butunlay bekor qilinishi aholi real daromadlarining oshishiga, tadbirkorlar o’rtasida raqobatbardosh muhit yaralishiga, pirovardda esa xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi.




Qo’qon shaxar Davlat soliq inspektsiyasi

1-o’rinbosari                                                                  A.Xamraqulov


Qo’qon shaxar Prokurori o’rinbosari                        A.Nasriddinov


Qo’qon shaxar Xokimining 1-o’rinbosari                    O.Mamajonov