Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Ferganskaya pravda: Bir shaharda ikki xil havo bo‘ladimi?

×

 2019-01-24 14:53:41    760

PDF yuklash
Chop etish


Keyingi paytlarda davlatimiz rahbarining mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha qator qaror va farmonlari imzolandi. Ularning mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, renovatsiya jarayoni, yirik megapolislar yaratish, katta shaharlar qiyofasini zamonaviylashtirish masalalari bugungi kunning dolzarb masalalari hisoblanadi.

Shularga ko‘ra, Farg‘ona shahrida ham chet ellik hamkorlarimiz bilan birgalikda ish o‘rinlari yaratish, turizmni rivojlantirish, xorijiy sarmoyadan unumli foydalanish maqsadida bir necha loyihalar imzolanib, ular ustida ish boshlandi. Jumladan, Alisher Navoiy ko‘chasidagi o‘tgan asrning 1946-47 yillarida qurilgan, ma’naviy va moddiy jihatdan eskirgan uylar buzilib,  o‘rniga Janubiy Koreyalik hamkorlar bilan birgalikda yangi  ko‘pqavatli mehmonxona qurishga kelishildi. Bu eski uylarda yashayotgan aholiga esa Farg‘ona shahrida yangi qurilgan zamonaviy kvartiralar topshirilmoqda.

Ayni kunlarda yuqoridagi qarorlar asosida Farg‘ona shahrida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari jarayonlarini www.fergana.agency sayti, www.gazeta.uz sayti, “Ozodlik radiosi” “Sizdan telegram” loyihasi orqali noto‘g‘ri talqin qilayotgan maqolalarni o‘qimoqdamiz. www.fergana.agency Farg‘ona shahri, A.Navoiy ko‘chasidagi eski uylarning buzilishi mavzusida turkum maqolalar e’lon qilib kelmoqda.  Ularning fikricha, aholi yashab turgan uyidan majburan chiqarilib, sharoiti yo‘q joylarga ko‘chirilmoqda.

Bu sayt muxbiri Aziz YAkubovning 21.01.2019 kungi “Smert na ruinax” maqolasi esa hammasidan oshib tushdi. Bu materialda Gidroliz shaharchasi deb atalgan hudud — A.Navoiy ko‘chasidagi 32-uyda yashovchi Viktor Aristovning vafotini ko‘chish bilan bog‘lamoqchi bo‘ladilar. Umuman olganda, muallif butun jarayonni noxolislik bilan qora bo‘yoqlarga bo‘yab chiqadi. YAngi ko‘chirilayotgan uy joylashgan joy havosi yomon, uylar sifatsiz, sharoit yo‘q va hokazolar iddao qilinadi. Bu hammasi quloqma-quloq eshitib yozilgan yoki to‘qib chiqarilgan. CHunki unda ikkinchi tomon, mutasaddilar yoki yangi uydan rozi aholining ovozi eshitilmaydi. YOpiray, bitta shaharning havosi ham har xil bo‘larkanmi?

Bu mavzuda 21.01.2019 kuni  “Xalq so‘zi” saytida Elyor Ehsonovning “Haydab chiqarishyapti emas, yangi uylarga ko‘chirishyapti” maqolasi ham e’lon qilindi. Unda ta’kidlanishicha: “Farg‘ona shahri, Registon ko‘chasida yangi qurib bitkazilgan, to‘liq ta’mirlangan zamonaviy uylar taklif etilmoqda va rozilik arizalariga asosan fuqarolarga qonuniy tartibda ajratib berilmoqda”, “zamonaviy uylarning birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatishga moslashtirilgan. Ushbu hududda Farg‘ona markaziy “Istiqlol” o‘yingohi, unga tutash futbol maktabi, viloyat adliya boshqarmasi, avtomobil transporti viloyat boshqarmasi hamda aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan “Parvoz” o‘rta ta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatadi”.

Xo‘sh, kim haq? Kimga ishonish kerak?

Maqolada ko‘rsatilgan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida “Ferganskaya pravda” tahririyati ushbu buzilayotgan uylar va aholi ko‘chirilayotgan yangi uyda bo‘lib, jarayonni o‘rgandi.

Mahalla fuqarolar yig‘inida ma’lumot berilishicha, vafot etgan fuqaroning surunkali kasalliklari mavjud bo‘lib, uning o‘limi hech qanday ko‘chish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib chiqmadi. Qo‘limizda uning kasallik tarixi bilan bog‘liq hujjatlar va shahar prokuraturasi xulosasi  mavjud. Vafot etgan kishining ruhini bezovta qilib, janjalga noxolis aralashtirish insoniylikka zid bo‘lsa kerak…

A.Navoiy ko‘chasidagi buzilayotgan ikki qavatli eski uylar aholisining deyarli hammasi yangi uyga ko‘chib minnatdor holda yashamoqda, 3-4 ta xonadon egalarigina ko‘chmaymiz deb oyoq tirab turib olgan (jami 62 ta xonadon bo‘lib, bugungi kungacha 48 tasi ko‘chgan, 1 tasi ertaga ko‘chib o‘tadi, 12 tasi qolgan). Lekin er davlatniki ekan, davlat bosh reja asosida quriladigan inshoot uchun o‘z eridan foydalanishini hamma bilsa kerak. Albatta, uzoq yillar yashab o‘rganib qolgan joyidan ketish qiyin. Lekin bu xonadonlarga o‘rinma-o‘rin bu erdagi yashash joyidan uncha uzoq bo‘lmagan (3 km) zamonaviy tipdagi qulay uylar taklif qilingan. Bu holat “Mahallada duv-duv gap” filmidagi kadrlarni ko‘z oldimga keltiradi.

Biz aholi bilan suhbatlashdik. Xonadon egalari mustaqillikning dastlabki yillarida kvartiralarni privatizatsiya qilib olgan. Bir-ikki xonadon egalari esa keyingi yillarda ana shu uylardan kvartiralar sotib olgan. Aholining asosiy e’tirozi yangi berilayotgan uyning shahar markazidan, maktab, bog‘cha, ishga uzoqligi, markazda yashab o‘rganganmiz, piyoda borib kelganmiz degan fikrlari edi. Suhbat davomida ularning faqat markazdan uy olamiz degan talablari ma’lum bo‘ldi.

Aniqlashimizcha, bir xonali kvartiralar o‘rniga ikki, ikki xonalilari o‘rniga uch xonali kvartiralar o‘rinma-o‘rin berilmoqda. Bundan, albatta, aholi minnatdor. Lekin ayrim saytlar aholi vakillari bilan til biriktirib provokatorlik harakatlarini sodir etmoqda. Masalan, 32-uy, 4-a xonadon egasi Vyalshina Svetlana o‘g‘li va kelini bilan birga biz borgan paytda shahar hokimligi vakillari, ichki ishlar xodimlarini haqoratlab, atay janjal chiqargan. SHovqin-suronni eshitib jamoat tartibini saqlamoqchi bo‘lgan Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari SH.Hasanovga tashlanib, tosh otmoqchi bo‘ldi va uning yuzlarini tirnab oldi. SHu bilan birga, millatlar o‘rtasidagi do‘stlikka raxna soladigan milliy ayirmachilik kayfiyatini hamda O‘zbekistonda kechayotgan islohotlar va siyosatga qarshi kayfiyatini  namoyish qildi. SHuningdek, Fergana.ru muxolif sayti bilan doimiy axborot almashishini bildirdi.

SHu asnoda shahar hokimi o‘rinbosari SH.Niyazmetovdan bizga axborot berishini so‘radik:

— Bu erda yangi inshootlar barpo etish uchun shahar hokimining qarori bilan buzish ishlari boshlangan. Fuqarolar o‘z vaqtida ogohlantirilgan. Hatto ayrim uylar odamlarni bosib qolish darajasiga kelgan ekan. Odamlarni hozircha shahar hokimligining kafolat xati bilan yangi uy kvartiralariga chiqaryapmiz. SHu kvartiralarga egalik huquqini beruvchi kadastr hujjatlari ham tayyor bo‘lib qoldi. Kadastr hujjatlari bepul tayyorlab beriladi. YAngi uylarimizdagi kvartiralarda kommunal muammolar yo‘q, zamonaviy isitgichlar qo‘yilgan, yaxshi remont qilingan, barcha qulayliklarga ega, “Farg‘ona” Xalqaro aeroportiga yaqin. Uylarning 1-qavatida bog‘cha, poliklinika ishga tushadi. Hozir ham “Parvoz” o‘rta ta’lim maktabi qoshida bolalar bog‘chasi ishlayapti. Hozirda shahar transporti — avtobus va “Damas” marshrutli taksi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan, aholini yangi kvartiralar – yashash joyi bilan ta’minlayapmiz. Bu jarayon haqidagi maqolalarga kelsak, “Ozodlik” ham, fergana.agency ham bizga rasman murojaat qilib, ma’lumot so‘ragani yo‘q.

U bizga bergan hujjatlar ichida o‘tgan yilning avgust oyida berilgan ogohlantirish xati va kvartiralarga tarqatilgan pochta reestri nusxasi ham mavjud.

SHundan so‘ng uylarni buzayotgan ustalar yoniga yaqinlashdik. Ularga bu uylarni hali  mustahkam edi deyishadi deb aytdik.

— Yo‘q, — deydi ishchilardan biri, — yaxshiyam buzganimiz, ayrim uylar zo‘rg‘a turgan ekan. Ayniqsa, ichkarida uylar sho‘rlagan, birinchi qavatlar yomon ahvolda edi. Bu uylarda podval yo‘q, pollari chirib ketgan. Bir-biriga zax o‘tib yotibdi, yorilgan joylar bor. Odamlar hayoti uchun xavfli bo‘lib qolgan.

Albatta, boshqa davlatda o‘tirib yolg‘on to‘qishdan osoni bo‘lmasa kerak. Biz ta’mir ishlari oxiriga olib borilmagan, sharoiti yomon, havosi yomon deyishgani uchun yangi berilgan Registon ko‘chasidagi 4-uyga bordik. O‘z ko‘zimiz bilan ko‘rganimiz yaxshi bo‘ldi, bu er yangi “Istiqlol”stadionining ro‘parasida, judayam barhavo joy bo‘lib chiqdi.U erdagi uylarning birinchi qavatlari maishiy xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, shahar markazidan 3 km masofada joylashgan. Biz yuqorida keltirgan E.Ehsonov maqolasidagi faktlar tasdig‘ini topdi. Bu erda harbiylar uchun ham uy qurilgan bo‘lib, ular biror-bir shikoyatsiz bir yildan beri yashab kelishmoqda.

4-uyning 5-xonadoni eshigini taqillatamiz. Bizga Evgeniy Denisov eshikni ochdi. Biz unga gazetadan kelganimizni, sharoit bilan tanishmoqchi ekanimizni aytganimizda: “SHikoyatim yo‘q. Oldingi uyimiz eski edi, allaqachon buziladigan bo‘lgandi. Hozirgi berilgan uy esa yangi, yaxshi. Gaz, suv, elektr muammosi yo‘q”, deya minnatdor ekanini bildirdi. Uylarining ichki devorlarini urib, taqillatib ko‘raman, V.Denisov hayron bo‘ladi. Biz devorlar gipsokarton bilan ajratilgan deyishgandi, shunga tekshirib ko‘ryapman, dedim. U kulib, hammasi g‘ishtdan, dedi. SHuningdek, 28-xonadon egasi Viktor CHrevatыyni ko‘chada uchratganimizda u ham “Bu er chiroyli, menga yoqdi. Xonalar issiq, suv, gaz, elektrdan muammo yo‘q, yaxshi” dedi.

Quyida yana bir necha yangi xonadon sohiblarining fikrlarini keltiramiz.

Natalya Asanova, yangi uyning 19-xonadoni egasi:

-Men Prezidentimizga, hokimlikka g‘amxo‘rlik uchun katta rahmat aytmoqchiman. Uylar yaxshi, g‘ishtli, suv, elektr o‘chmaydi. Gaz bor, isitish tizimi yaxshi ishlaydi, uy yaxshi ta’mirlangan. Xullas, men roziman, xursandman. Hech qanday shikoyatim yo‘q. 54 yoshdaman, bu yil pensiyaga chiqaman, bu xonadon esa juda yaxshi sovg‘a bo‘ldi.

Qosimova Gulnoraxon, pensioner:

-Hayotimizga yangiliklar kirib kelyapti. Yilning boshidan Prezidentimiz qulayliklar yaratib beryaptilar, eski uylarni yangisiga almashtirib berishyapti. YAngi uyda hamma qulayliklar bor, keng, yorug‘. Boshida o‘rgangan joyimiz, shahar markazidan ketamizmi, deb xafa bo‘lgandek edik, borganimizdan so‘ng issiqqina, kenggina ekan deb xursand bo‘ldik. Tinchgina, yaxshi joy. Endi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilyapti. SHahar hokimligi yuklarimizni o‘zlari mashinalar ajratib, olib borib qo‘yishdi, yordam berishdi. Nimaga odamlar norozi bo‘lishadi? Oldin norozi bo‘lganlar ham borgandan keyin sharoitni ko‘rib xursand. Prezidentimizga, viloyat va shahar hokimligiga ming rahmat!

Odamlarning rozi ekanligidan-ku xursandmiz. Endi yana ig‘vo tarqatgan saytlar masalasiga qaytsak. Ko‘rsatilgan muammolar tasdig‘ini topmadi. Buning ustiga sayt taqdim etgan rasmlar ham qalbaki bo‘lib chiqdi. Rasmdagi daraxtlardanoq farqini sezishingiz mumkin. YAngi uy oldida archalar ekilgan, yashnab turibdi, ular ko‘rsatgan rasmda esa qurigan daraxtlar. Ta’mirtalab bino rasmi bilan yangi bitgan uy rasmining farqini hamma ajrata olsa kerak. Ularning boshqa-boshqa ekanligini o‘zingiz solishtirib ko‘rishingiz mumkin. fergana.agency sayti shov-shuv uchun allaqaydan topgan rasmlarini yolg‘ondan shu uy deb e’lon qilibdi.

Axir yolg‘on, asoslanmagan ma’lumotlar tarqatish, aholi o‘rtasida atay norozilik kayfiyatini paydo qilish, milliy nizolarga yo‘l ochish, bu bilan asta-sekin davlat qo‘poruvchiligiga harakat qilish emasmi?

O‘quvchilarimizga so‘zlarimiz quruq bo‘lmasligi uchun quyida rasmlar va videointervyularni joyladik. Ko‘ring, o‘zingiz xulosa qiling. SHunda ayrim saytlarning manfur basharasini ko‘rib olasiz.

“It hurar – karvon o‘tar” deydilar. SHahrimiz qiyofasi go‘zallashib boraveradi, aholi turmushi yaxshilanaveradi, shahar havosini buzmoqchi bo‘lganlar, ikki xil havo paydo qilmoqchi bo‘lganlar esa unutiladi.

Gulbahor Saidg‘anieva