Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Fevral 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“Xalq so‘zi”: “Haydab chiqarishyapti” emas, yangi uylarga ko‘chirishyapti

×

 2019-01-24 15:06:41    65

PDF yuklash
Chop etish


“Ozodlik” radiosining 2019 yil 11 yanvar kuni “Sizdan telegramm” loyihasida chop etilgan “Markazdagi uyimizni buzib shahar chetiga ko‘chirishmoqda” xabari hamda 15 yanvar kuni “Fergana news” saytida “Jiteli Gidroliznogo gorodka rasskazali Mirziyoevu o beschinstvax vlastey Ferganы” maqolasi e’lon qilindi.

Unda iddao qilinishicha, Farg‘ona shahri markazidagi eski uylar egalari ko‘chmay turib buzilishi boshlangan. Muammoga aniqlik kiritish maqsadida masala bilan qiziqdik.

Farg‘ona shahar hokimligi mutasaddilarining aytishicha, bu ma’lumotlar rasmiy tarzda o‘z tasdig‘ini topmagan.

Darhaqiqat ayni kunlarda Alisher Navoiy, Sohibqiron Temur hamda Farobiy ko‘chalarida ma’nan eskirgan 2 qavat turarjoy binolarini buzish ishlari boshlangan. Bu borada xonadon egalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularni mukammal tarzda uy bilan ta’minlashga alohida e’tibor bilan yondashilgan.

Farg‘ona shahar hokimi X. Xabibidinovning 2019 yil 15 yanvar kungi 92-01-22 sonli xatida keltirilishicha, turarjoy binolarining buzilishi munosabati bilan tegishli tartibda mazkur uylarda yashagan fuqarolarga Farg‘ona shahri, Registon ko‘chasida yangi qurib bitkazilgan, to‘liq ta’mirlangan zamonaviy uylar taklif etilmoqda va rozilik arizalariga asosan fuqarolarga qonuniy tartibda ajratib berilmoqda.

Surishtiruv jarayonida biz Registon ko‘chasida foydalanishga topshirilayotgan yangi 3 va 4 ko‘p qavatli uylarning sharoiti hamda infratuzilmasi bilan qiziqdik. Guvoh bo‘lishimizcha, zamonaviy uylarning birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatishga moslashtirilgan. Ushbu hududda Farg‘ona markaziy “Istiqlol” o‘yingohi, unga tutash futbol maktabi, viloyat adliya boshqarmasi, avtomobil transporti viloyat boshqarmasi hamda aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan “Parvoz” o‘rta ta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatadi.

— Registon ko‘chasida yangi va zamonaviy bunyod etilgan 4-uy, 2 xonali 19-xonadonga o‘z roziligim bilan ko‘chib o‘tdim, — deydi Alisher Navoiy ko‘chasi, 38-uyda yashagan K. Asanova. — Ushbu yangi xonadon avvalgi uyimizdan ijobiy ma’noda ko‘p jihatlari bilan farq qiladi. Masalan, keng va yorug‘, ishonchli, zamonaviy dizayn va seysmik jihatlar birinchi o‘ringa olib chiqilgan. Oshxona qismida, avvalo, ayollarning ehtiyojlari xisobga olingan.

Bundan tashqari, Farg‘ona shahri, Registon ko‘chasi 3 va 4-uylar kesishgan Sohibqiron Temur ko‘chasi hududida Farg‘ona shahar hokimining 2016 yil 14 iyundagi 745-sonli qaroriga asosan, savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi, 200 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, yopiq suzish havzasi, avtomobillar saqlash joyi, zamonaviy ko‘p qavatli uylar, 2 qavatli kottej jamlamasi qurish ishlari boshlangan.

Elyorjon EHSONOV