Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Fevral 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

«Daryo»: Farg‘ona shahri markazidagi uylar egalari ko‘chmay turib buzilayotgani rostmi?

×

 2019-01-24 15:20:27    91

PDF yuklash
Chop etish


«Daryo» internet-nashriga Farg‘ona shahri markazidagi eski uylar egalari ko‘chmay turib buzilayotgani yuzasidan murojaat keldi. «Daryo» muxbiri voqea joyida aholi vakillari va shahar hokimligi mutasaddilari bilan uchrashib, vaziyatga oydinlik kiritdi.

Farg‘ona shahri markazida, Alisher Navoiy, Sohibqiron Temur va Farobiy ko‘chalarida o‘ndan ortiq 2 qavatli turar joy binolari mavjud. Mazkur uylarning eng «yangisi» 1945 yilda foydalanishga topshirilgan. Bugungi kunda binolarning tom va pol qismlari chiriy boshlagan, devor, yo‘lak va eshik-romlari ta’mirtalab holatda. Umuman, turar joy binolari eskirgan, mukammal ta’mirga yoki qayta qurishga muhtoj.

2019 yilning 8 yanvar kuni Farg‘ona shahar hokimi Hamidjon Habibidinovning «Farg‘ona shahar Alisher Navoiy, Sohibqiron Temur va Farobiy ko‘chalar kesishmasida joylashgan 2 (ikki) qavatli ma’nan eskirgan ayrim turar hamda noturar bino va inshootlarni buzish, shuningdek buzilishdan bo‘shagan er maydonlarini shahar er zaxira fondiga qaytarish to‘g‘risida»gi 14-sonli qabul qarori qilingan.

Farg‘ona shahar hokimligining qurilish ishlariga mas’ul mutaxassisi bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu qaror asosida dastlab Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan 8 ta turar va 4 ta noturar joy binolarini buzish rejalashtirilgan. Bu borada xonadon egalari belgilangan tartibda ogohlantirilgan. Xonadon egalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni uy-joy bilan ta’minlash va yangi manzillariga ko‘chishlarida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida ishchi guruh tuzilgan.

SHu kungacha buzilishi rejalashtirilgan 8 ta uyda yashovchi 62 oilaning 46 tasi yangi uy bilan ta’minlandi. Ayni paytda xonadon egalari to‘liq ko‘chirib bo‘lingan 5 ta uy buzilmoqda.

Uyi buziladigan xonadon egalariga Farg‘ona shahar Registon ko‘chasidagi yangi qurilgan va to‘liq ta’mirdan chiqarilgan 3 va 4-uylardan zamonaviy xonadonlar taklif qilinyapti. Fuqarolarning roziligi bilan yangi xonadonlar ularga rasmiylashtirib berilmoqda.

- Alisher Navoiy ko‘chasidagi 38-uyda yashardim. Uyimiz buzilishi munosabati bilan bizga Registon ko‘chasidagi yangi qurilgan uylardan xonadon taklif qilishdi. 4-uydagi 19-xonadonga ko‘chib kirdim. 1 xonali uyi borlarga 2 xona, 2 xonali uyi borlarga 3 xona uy berilyapti. YAngi uylarda hamma sharoit bor, - deydi Natalya Asanova.

YAngi uylarga ko‘chib o‘tgan ba’zi fuqarolar turar joy binosi tashqi tomoni (fasadi)dagi ayrim kamchiliklarga e’tiroz bildirmoqda.

- Kundan kunga qurilishlar ko‘payib boryapti. Qurilish sohasida ham yangi texnologiyalar qo‘llanyapti. SHuning uchun ishimiz mavsum tanlamay qoldi. Kuz, qish oylarida ham binolar qurilyapti. Havo harorati past vaqtda qurilgan binoning ayrim joylarida sho‘rlashish va zax belgilarining paydo bo‘lishi tabiiy hol. Bunday kamchiliklarni binoning tashqi tomonini joriy ta’mirlaganda bartaraf etish mumkin. Qolaversa, Registon ko‘chasidagi kabi yo‘l bo‘yida joylashgan binolarning fasad qismi deyarli har yili hokimiyat ko‘magida ta’mirlanadi, - deydi qurilish korxonasi mutaxassisi Ikrom Sa’dullaev.

Ayrim internet-nashrlarida aholi yangi uylar atrofida maktab, bolalar bog‘chasi, savdo do‘konlari kabi infratuzilma ob’ektlari yo‘qligidan norozi bo‘layotgani haqida ma’lumot berildi. Aslida esa Registon ko‘chasidagi 3 va 4-uylarning birinchi qavati to‘liq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari uchun ajratilgan. Uylar yaqinida «Istiqlol» stadioni, futbol maktabi, «Parvoz» nomli aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab, viloyat Adliya boshqarmasi joylashgan.

Bundan tashqari, aholiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida bu hududda shahar hokimining tegishli qarori asosida 200 o‘rinli bolalar bog‘chasi, yopiq suzish havzasi va avtoturargoh qurilmoqda.