Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Fargʻonada 2018 yil 24 ta tibbiyot muassasalarida 39,7 milliard soʻmlikdan ziyod qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi

×

 2019-02-05 10:03:47    351

PDF yuklash
Chop etish


Mahalliy byudjetdan 10,3 milliard soʻm ajratilib, 12 ta qishloq oilaviy poliklinikalari va tez tibbiy yordam shoxobchalari, “Obod qishloq” dasturi doirasida esa 20 ta muassasa koʻrkam qiyofa kasb etdi. Shuningdek, hududlarda tibbiy xizmat sifatining samaradorligiga muhim eʼtibor qaratilib, profilaktik tadbirlar amalga oshirilayotir. 

Xoʻsh, bugungi kunda tibbiyot sohasidagi islohotlar odamlar hayotida oʻzining samarasini bermoqdami? Viloyatda koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati va undan aholining roziligi qay darajada? 

Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Sogʻliqni saqlash vazirligi mutasaddilari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari mutaxassislaridan iborat tarkibda tuzilgan Respublika ishchi guruhining viloyatda oʻtkazgan oʻrganishlari yakunlari viloyatda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy-sanitariya yordami sifati va samaradorligini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ularning kadrlar taʼminotini yaxshilash, sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom ovqatlanish madaniyatini targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati oʻrganish yakunlari muhokama etildi. 

Viloyatda aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni kunlarda 19 ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, 26 ta oilaviy poliklinika, 89 ta qishloq oilaviy poliklinika, 62 ta qishloq vrachlik punkti, 60 ta shifoxona, 10 ta dispanser hamda 46 ta viloyat davolash-profilaktika muassasalari aholiga tibbiy xizmat koʻrsatmoqda. 

Muhokamalar jarayonida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda sohada qilinishi lozim boʻlgan qator vazifalar hamda oʻz yechimini kutayotgan ayrim muammolar va kamchiliklarga ham eʼtibor qaratildi. 

Xususan, viloyatda aksariyat xududlar uchun xos boʻlgan aholini patronaj xizmatlari bilan toʻliq qamrab olish boʻyicha ishlar talab darajasida tashkil etilmayotganligi, aksariyat hollarda patronaj xizmati faqatgina tegishli xonadon vakillari bilan suhbatlashishdan iborat boʻlib qolayotganligi va natijada ayrim tumanlarda kasallikka chalinish holatlari koʻpayganligi taʼkidlandi. 

Masalan, 2018 yilda viloyatda tugʻma nuqsonlar bilan tugʻilgan bolalar soni 263 nafarni tashkil etib, 2017 yilga nisbatan 46 nafarga yoki 16 foizga oshgan. Ayniqsa, viloyatdagi 10 ta tuman va 1 ta shaharda bu koʻrsatkich oshganligini koʻrish mumkin. Shu bilan birgalikda, sessiyada viloyatda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami hamda statsionar davolash muassasalarining oʻzaro integratsiyasi lozim darajada taʼminlanmayotganligi, yaʼni ayrim hududlarda tez yordam xizmatiga boʻlgan chaqiruvlar haqidagi maʼlumotlar tegishli oilaviy poliklinika yoki qishloq vrachlik punktlariga oʻz vaqtida yetkazilmayotganligi ham alohida taʼkidlab oʻtildi. 

Sessiyada Respublika ishchi guruhi vakili, Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari E.Basitxanovaning ishchi guruhi tomonidan viloyatda olib borilgan oʻrganishlar natijalari yuzasidan axboroti eshitildi. 

Ishchi guruhi aʼzolari tomonidan shahar va tumanlarda, qariyb 3 kun davomida barcha tibbiyot muassasalarining faoliyati bevosita tahlil etildi, shifokor va bemorlar bilan suhbatlashildi. Bundan tashqari, mahallalardagi 300 dan ortiq xonadonlarda boʻlishib, yotib qolgan bemorlar bilan bevosita muloqot qildilar, ularga tibbiy maslahatlar berildi va amaliy koʻmak koʻrsatildi. Respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining mutaxassislari ishtirokida tibbiy koʻriklar tashkil qilindi. Oʻndan ziyod bemorda jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.Umuman olganda, Respublika ishchi guruhi viloyatda tibbiyot sohada olib borilayotgan ishlarni tahlil etib, samaradorligini oshirishda amaliy koʻmak koʻrsatdi. 

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari Respublika ishchi guruhining oʻrganishlari davomida aniqlangan kamchiliklarning kelib chiqishiga sabab boʻlgan omillarni aniqlash hamda kelgusida ularga yoʻl qoʻyilmaslik choralarini koʻrish masalalarini muhokama qildi. 

Fargʻona viloyatida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy-sanitariya yordami sifat va samaradorligini oshirish, muassasalar moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, kadrlar taʼminoti va salohiyatini oshirish, sanitar-epidemiologik barqarorlikni taʼminlash hamda xususiy sektorni rivojlantirish choralarini belgilash masalalari yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi atroflicha muhokama etilib, tasdiqlandi. 

Sessiya yakunida xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarori qabul qilindi. 

Sessiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri N. Ismoilov, Fargʻona viloyati hokimi Sh. Gʻaniyev ishtirok etdi. 

M. Sulaymonov, OʻzA