
.
.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 117Saytni baholash



Matnda xatolik ko'rdingizmi?
Sichqoncha bilan belgilab
“Daryo”: Qo‘qon shahrida Prezident topshirig‘iga ko‘ra qurilgan basseyn foydalanishga topshirildi

2019-02-05 10:29:22 66
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 22—23-iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Qo‘qon shahrida yangi usti yopiq suv inshooti qurish taklifini bildirgan edi. Kuni kecha ushbu suv havzasining qurilish ishlari nihoyasiga yetkazildi.
Mazkur inshootni qurish uchun jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 4,5 milliard so‘m ajratildi. Obyektda 11x25 metr o‘lchamdagi suzish havzasi, murabbiylar, shug‘ullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari, suvning tarkibi, sifati nazorat qilinadigan laboratoriya hamda tomoshabinlar uchun o‘rindiqlar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi tegishli qarori asosida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan barpo etiladigan sport inshootlari manzilli dasturiga Farg‘ona viloyatidagi 10 ta obyekt kiritilgan.
Ushbu hujjat asosida Beshariq, Uchko‘prik, Rishton, Oltiariq, Farg‘ona, Quva, Toshloq tumanlaridagi BO‘SMlar maydoni va Marg‘ilon shahridagi “Atlaschi” stadioni rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, Qo‘qon shahridagi 2-BO‘SM suzish havzasi kapital ta’mirlandi.