Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Aprel 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

OʻzA: Sayyor qabulda koʻplab muammolar yechim topdi

×

 2019-02-12 16:02:17    134

PDF yuklash
Chop etish


Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev Fargʻona shahrida navbatdagi sayyor qabulni oʻtkazdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fargʻona viloyatidagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Quvasoy, Margʻilon va Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar turli masalalar boʻyicha murojaat qildi. 

Qabul chogʻida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida eʼtibor qaratildi. Toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi taʼminoti, uy-joy, kommunal masalalar, taʼlim va tibbiyot sohasidagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish, bank, soliq sohasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar yuzasidan fuqarolarning 68 ta murojaati atroflicha muhokama qilindi. Ularning aksariyati shu yerning oʻzida hal etilgan boʻlsa, muddat talab etiladigan masalalar qatʼiy nazoratga olindi.

Margʻilon shahrida yashovchi Nodiraxon Karimova uch yildan beri ish topa olmayotganligi sababli sayyor qabulda boʻldi. U huquqshunos-iqtisodchi yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus diplomiga ega. Nodiraxonning maktabgacha taʼlim muassasasiga ishga joylashish masalasi shu yerning oʻzida ijobiy hal etildi.

Nogironligi bor ikki nafar bolalarni voyaga yetkazayotgan Fargʻona istiqomat qiluvchi Xurshida Shokirovaning uy-joy ajratish toʻgʻrisidagi murojaati ham qanoatlantirildi.

Zamiraxon Hayitova esa onasi Janonxon Islomova bilan birga Fargʻona shahridagi “Fargʻona” koʻchasida istiqomat qiladi. Uning ham uy-joy ajratish va tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga doir murojaatiga qabul davomida yechim topib berildi.

- Viloyat hokimining oʻtgan galgi sayyor qabulida qilgan murojaatim ham qanoatlantirilgandi, - deydi Zamiraxon Hayitova.- Qaramogʻimda ruhiy xasta onam borligi va kam taʼminlangan oila sifatida roʻyxatda turishim sababli boshlangʻich toʻlovsiz Prezidentimiz tashabbusi bilan qurilayotgan uylardan birining ajratilishida amaliy yordam soʻragandim, birinchilar qatorida olishimni eshitib xursand boʻldim. Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyib, chevarxona ochmoqchiman. Sayyor qabul davomida aytgan shu masalam ham hal boʻldi.

Aholidan tushgan murojaatlarning ovoragarchiliklarsiz oʻz vaqtida oʻrganilishi, muammo-yu, turli masalalarga qonuniy yechim topilishi yurtdoshlarimizning davlat va uning idoralariga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Maʼsudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat)