
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
O‘zA: Toshloq tumanida sudlar tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

2019-02-24 20:28:43 52
Farg‘ona viloyat jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlari raislari ishtirokida Toshloq tumanida aholi bilan bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbirda sud-huquq tizimidagi islohotlar, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, inson huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar xususida so‘z yuritildi.
SHundan so‘ng sud raislari fuqarolarni sud ishlariga doir murojaatlari yuzasidan ular bilan suhbatlashib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning qonuniy hal qilish choralari ko‘rildi.
Sud-huquq sohasidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida jinoyat va qonunbuzilishlarning yuz bergan oqibatlari bilan kurashish emas, balki ularning tub sabablarini tizimli bartaraf etishga e’tibor qaratilmoqda, -deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi raisi Mahamatibrohim Tulanov. – O‘tgan yilda jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudlari tomonidan jinoyatlarni keltirib chiqargan shart-sharoitlarni oldini olish, bu kabi holatlarni qayta takrorlanmasligiga erishish maqsadida 2 ming 114 ta xususiy ajrimlar chiqarilgan. Sudlar tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 28 ta jinoyat ishi bo‘yicha 37 shaxs oqlangan (reabilitatsiya qilingan) bo‘lib, bu esa fuqarolarimizni odil sudlovga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlamoqda. Bugungi sayyor qabulda ham fuqarolarimizni murojaatlarini tinglab, muammolarning echimini qonun talablari doirasida ijobiy hal qilish nazoratga olindi.
SHu kabi sayyor qabul va uchrashuvlar barcha shahar va tumanlarda ham o‘tkazilmoqda.