Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O‘zA: Namunali tayanch punkti aniqlandi

×

 2019-02-24 20:33:15    44

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘onada “Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punktlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning haq-huquqlarini ishonchli himoya qilish, jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlash borasidagi ishlar o‘zining amaliy samaralarini bermoqda. O‘tgan yili Farg‘ona viloyatida 325 ta mahallada birorta jinoyat sodir etilmagani ham buning yaqqol tasdig‘idir. Albatta, bu ishlarda ichki ishlar organlari profilaktika xizmatining alohida o‘rni bor.

Ayni paytda viloyatda ichki ishlar organlarining 1 ming 31 ta tayanch punkti faoliyat ko‘rsatmoqda. Tayanch punktlarida profilaktika inspektorlari tomonidan hududlarda osoyishtalikni ta’minlash, turli noxush holatlarning oldini olishda mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan hamkorlikda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tanlovda mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlab, odamlarning og‘irini engil qilayotgan, mavjud muammolarni bartaraf etayotgan, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotgan namunali ichki ishlar organlari tayanch punktlari faoliyati hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 19 ta tayanch punkti ishtirok etgan tanlovning viloyat bosqichida birinchi o‘rinni Qo‘qon shahridagi “Obod” mahalla fuqarolar yig‘ini tayanch punkti egalladi va tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

– Hududda osoyishtalik va ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik yaxshi samara bermoqda, – deydi ushbu mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi tayanch punkti profilaktika katta inspektori, mayor Azimjon Yo‘ldoshev. – Uch mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan mahallamizda yangi ish o‘rinlari yaratish, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doimiy e’tiborda bo‘lmoqda. Profilaktika tadbirlari samarasida hududda jinoyatchilik keskin kamaydi.

Tanlovda turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, taqdirlandi.